Toshkent moliya instituti andijon fakulteti
Yurtimiz rivojlanishida raqamli iqtisodiyotning o‘rni
Download 0.63 Mb.
|
UMAROVA NILUFAR WORD
Yurtimiz rivojlanishida raqamli iqtisodiyotning o‘rniFoto: «discover24.ru» Globallashuv jarayonida mamlakatlar raqobatbardoshligini belgilashda iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotning o‘rni bekiyosdir. Iqtisodiyotning qaysi bir tarmoq yoki sohasiga nazar tashlamaylik, barchasida raqamli texnologiyalarning o‘rnini ko‘ramiz. Mamlakat bank tizimidagi xizmatlardan tortib, davlat xizmatlari darajasida ham innovatsion raqamli texnologiyalarning ulushini ko‘rishimiz mumkin. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi bo‘lib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan esa, raqamli iqtisodiyot – bu o‘ziga xos tushuncha bo‘lib, uning o‘rganish ob’yekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Yangilanayotgan O‘zbekiston bugun o‘z oldiga shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan o‘rin olishni maqsad qilib qo‘ygan. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligini fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o‘sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ta’minlaydi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 409-son qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida «Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi» davlat muassasasi tashkil etildi. Markazning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash hamda kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatida raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimlari bo‘yicha har tomonlama asoslangan takliflar tayyorlash; ekspertlar hamjamiyati bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohalaridagi yangi yo‘nalish va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlar va iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash; «aqlli» va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek iqtisodiyotning turli sohalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilishning konseptual va uslubiy asoslarini shakllantirish; raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik va tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga asoslangan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini ishlab chiqish. Umuman olganda, Raqamli iqtisodiyot – raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi, deb o‘ylashi mumkin. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan. shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi. Mamlakatimizda mavjud vazirlik va idoralarda rahbarning aynan raqamlashtirish yo‘nalishidagi o‘rinbosarlari lavozimlari joriy qilinganligi ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishining bir omilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra 2023-yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 hamda ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish nazarda tutilgan. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat qilishi qatorida odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini barcha soha vakillari yaxshi tushunib yetmoqda. Raqamli iqtisodiyot quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: mehnat unumdorligini oshiradi; korxonalar raqobatbardoshliligini oshiradi; ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi; yangi sohalarda yangi ish joylari yaratiladi; Yangi biznes turlari paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-6079-sonli qarori doirasida 2020-2022-yillarda hududlarni raqamlashtirish dasturlari tasdiqlandi. «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining barqarorligini ta’minlash, jahon tajribasiga tayangan holda milliy iqtisodiyotni jadal sur’atlarda raqamlashtirish uchun quyidagi ishlarni bajarish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan: raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish; milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini modernizatsiyalashda imkon qadar eng so‘nggi raqamli texnologiyalarni joriy etish; eng so‘nggi raqamli texnologiyalarga asoslangan kommunikatsion vositalar, mashina va uskunalarni sotib olish, o‘rnatish va mahalliy kadrlarning ularda ishlash malakalarini oshirish; maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, to oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimigacha raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan kadrlar siyosatini ishlab chiqish va yuritish. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga oid milliy ko‘rsatkichlar tizimi tarkibiga istiqbolda ko‘shimcha quyidagi xalqaro institut va tashkilotlarning indekslarini kiritish ham uning yanada nufuzli bo‘lishini ta’minlaydi, ham qamrov chegarasini kengaytirishga xizmat qiladi: telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi (Telecommunication Infrastructure Index – TII); internet tarmoq tayyorligi indeksi (Networked Readiness Index (NRI) – The World Economic Forum); bilimlar iqtisodiyoti indeksi (Knowledge Economy Index, KEI – European Bank for Reconstruction and Development, EBRD); global o‘zaro aloqa tarmoq indeksi. Huawei yoki global ulanish indeksi (Global Connectivity Index – GCI); iqtisodiyotni raqamlashtirish indeksi (Boston Consulting Group (eIntensity)); raqamli evolyusiya indeksi (Digital Evolution Index – DEI -Mastercard va Taftsa universitetining Fletcher nomidagi huquq va diplomatiya maktabi); raqamlashtirish imkoniyatlari indeksi (Digital opportunity index, DOI), xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) va boshqa indikatorlar. Ushbu xalqro institutlar va tashkilotlarning indekslari «Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi» davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda hamda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlanmoqda. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling