Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy vositalar auditi pdf
65 XULOSA Globallashuv sharoitida O'zbekiston iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va liberallashtirish, jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvini tezlashtirish va kapital bozorini hamda raqamli iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish, zamonaviy korporativ boshqaruv printsiplarini joriy etish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruvni yanada yaxshilash uchun auditorlik xizmatlari sifatini oshirish lozim Yaqin paytga qadar amalda bo'lgan “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun 2000 yilda qabul qilingan. So'nggi 20 yil ichida bu bozorda katta o'zgarishlar ro'y bergani va qator islohotlar amalga oshirilgani tufayli u bugungi kun talabiga to'liq javob bermasligi ayon bo'lib qolgan edi.Zamonaviy talablar va xalqaro amaliyot printsiplariga asoslangan auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish, qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish maqsadida 2021-yil 25-fevralda yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun qabul qilindi.Qonun bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan auditorlik xizmatini tashkil etishga, ushbu kasbning nufuzini va ular ishining sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, pirovard natijada jamiyat manfaatlarini qondirishga va investorlar himoyasini kuchaytirishga yo'naltirilgan. Xulosa qilib aytganda, asosiy vositalarni malakali auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, sifatli auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzish uchun ushbu hisob obyektini har tomonlama sinchiklab tekshirish, ma’lumotlarni tahlil qilish, Shuningdek, bu ishga kirishishdan oldin asosiy vositalar hisobiga doir barcha me’yoriy hujjatlar hamda boshqa zarur manbalardan iborat ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish zarur. Shundagina auditor malakali tekshiruv o‘tkazib, korxonaga (mijozga) sifatli xizmat ko‘rsatishi va qimmatli maslahatlar berishga erishishi mumkin. U xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish tartibi bilan tanishib chiqishi kerak. Dastlabki hujjatlar (materiallarni olish uchun talabnoma va boshqalar)da xarajatlarning 66 yo‘nalishi, ya’ni ta’mirlash ishlari ko‘rsatilishi lozim. Auditor korxona ma’muriyatiga nuqson (defekt)lar vedomostiga asosan tuziladigan, choraklarga bo‘lingan, ta’mirlash ishlarini o‘tkazishning 1 yillik rejasini tuzishni tavsiya qilishi mumkin. Bu tadbirlar o‘z navbatida korxonalarga ta’mirlash maqsadida mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga imkon yaratadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling