Toshkent moliya instituti "audit" kafedrasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Asosiy vositalar auditi pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu: Asosiy vositalar auditi Bajardi
- RO‘YXATGA OLINDI “____” _______2023y. __________________ Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” _______2023 y.
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “AUDIT” KAFEDRASI “AUDIT” fanidan KURS ISHI Mavzu: Asosiy vositalar auditi Bajardi: 4-kurs XBA-51 akademguruh talabasi Mamadiyev To’lqin Tuychi o‘g‘li Ilmiy rahbar: dots. Hojiyev M.S. TOSHKENT – 2023 RO‘YXATGA OLINDI “____” _______2023y. __________________ RO‘YXATGA OLINDI “____” _______2023y. __________________ Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “____” _______2023 y. Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “____” _______2023 y. Kurs ishi himoya qilingan sana “____” _______2023 y. Baho“_____” ________ ___________ (imzo) ____________ (imzo) ___________ (imzo) Komissiya a’zolari: __________________ __________________ __________________ 2 MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………... 3 1 Asosiy vositalar auditi maqsadi, vazifalari va axbarot manbalari…… 6 2 Asosiy vositalar auditini rejalashtirish.……………………………… 12 3 Asosiy vositalarni hisobi bilan bog’liq operatsiyalar auditining xususiyatlari …………. 21 4 Xalqaro audit standartlari asosida asosiy vositalar auditini takomillashtirish.................. 39 Xulosa……………………………………………………………………. 65 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………. 67 3 KIRISH Zamonaviy jamiyatda mulkchilikning turli shakllariga ega bo'lgan tashkilotlar o'zlari ishlab chiqarishni shakllantirish, har qanday turdagi mahsulotni mustaqil ravishda sotish, buxgalteriya hisobi va soliq hisobi usullarini tanlash, ushbu korxonaga mos keladigan ish haqi tizimidan foydalanish va boshqa ko'p imkoniyatlarga ega. Bunda shuni ham unutmaslik kerakki, bu korxonalarning barchasi davlat tomonidan nazorat qilinadi va bu vaziyatda moliyaviy-iqtisodiy nazorat ham, majburiy audit ham muhim rol o'ynaydi. Iqtisodiyotda auditning ahamiyati juda yuqori, u siz kompaniyaga hozirgi va kelajakda ham biznesni samarali olib borishga imkon beradigan bunday qaror qabul qilish deyarli mumkin emas. Shuni aytishimiz mumkinki, o'z vaqtida o'tkazilgan audit tashkilot faoliyatini obyektiv baholash va uni yanada rivojlantirish uchun zarur harakatlar rejasini tanlash imkonini beradi. Mamlakatimizda moliyaviy va jamoatchilik institutlarini tizimli ravishda shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi, ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalari samarali rivojlanishi uchun xo’jalik subyektlari hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarur hisoblanadi. Audit – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatini tekshirib borish, ular hisobotini ekspertizadan oʻtkazishdir. Audit (ing. audit – u eshitadi) – muayyan vakolatlar berilgan shaxslar – auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xoʻjalik yuritayotgan subyektlarning moliyaviy hisobotlari toʻgʻriligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xoʻjalik operatsiyalarining mamlakat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida oʻtkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlilidir. 4 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-sonli Qarori bilan mamlakatimizda auditning normativ- huquqiy va uslubiy bazasini shakllantirish, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimini joriy etish kabi vazifalar belgilab berilgan bo’lib, bu bilan auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta‘minlashga erishish lozimligi ta‘kidlab o’tilgan. Shuningdek, qarorda 2020-yil 1-yanvardan boshlab auditning xalqaro standartlari asosida auditorlik tekshiruvlarining tashkil etilishi belgilab berilishi bilan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni, jumladan, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mamlakatlarda investitsiya muhitini yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilishi nazarda tutilgan 1 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosi doirasida “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 4-maqsadida ichki audit xizmati xodimlarini malakasini oshirish va sertifikatlash tizimini yaratish ustuvor yo’nalish sifatida keltirib o’tilgan 2 . Yurtimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-sonli Qarori, 2018 yil 19 sebtyabr 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni , 2022 yil 28 yanvar 5 hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli Qarori qabul qilindi 3 . Mamlakatimizda moliyaviy va jamoatchilik institutlarini tizimli ravishda shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi, ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi. Auditorlik faoliyati xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ochiqligini ta’minlashda muhim instrumentlardan biri hisoblanadi. Auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida auditorlik tashkilotlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligiga baho beradi. Xususan, moliyaviy hisobotning to‘g‘riligini tasdiqlaydi yoki ushbu moliyaviy hisobotga ishonib bo‘lmasligi haqida o‘zining asoslangan fikrini bayon qiladi. O‘z navbatida o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi barcha darajadagi korxona va tashkilotlarning faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Kuchayib borayotgan raqobat sharoitida mulkdorlar tomonidan ham, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ham holis хoʻjalik nazoratining roli oshmoqda. Ishonchli moliyaviy hisobot oqilona iqtisodiy qarorlar qabul qilish imkonini beradi, хavfi yuqori boʻlgan operatsiyalarga qoʻl urishdan saqlaydi. Auditorning fikri kompaniyaning moliyaviy faoliyatiga boʻlgan ishonchni oshiradi hamda manfaatdor shaхslar – mulkdorlar, investorlar, boʻlgʻusi mijozlar, yetkazib beruvchilar, hokimiyat organlarining biznesga boʻlgan munosabatini yaхshilaydi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling