Toshkent moliya instituti audit kafedrasi


Download 261 Kb.
bet10/14
Sana16.06.2023
Hajmi261 Kb.
#1510617
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mirqobilov A Audit kurs ishi

Aksiz solig’ining auditi. Auditor aksiz solig’ini tekshirish uchun avvalo, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aksiz solig’i belgilangan tovarlar ro’yxati va aksiz solig’ining stavkalari bilan tanishishi lozim. So’ngra audit o’tkazilayotgan korxonada aksiz to’lanadigan tovarlar aniqlanib, ular bo’yicha soliq ob’ekti to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi.
Auditor aksiz solig’ini tekshirishda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aksiz solig’i belgilangan tovarlar ro’yxati va aksiz solig’ining stavkalari bilan tanishishi lozim. So’ngra audit o’tkazilayotgan korxonada aksiz to’lanadigan to­varlar aniqlanib, ular bo’yicha soliq ob’ekti to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi. Soliq Kodeksiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, ak­siz solig’i to’lanadigan tovarlar uchun ularning qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmaydigan (aksiz solig’i summasini o’z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq ob’ekti hisoblanishini nazarda tutish kerak. Agar to­var ishlab chiqaruvchi aksiz to’lanadigan tovarni natural haq yoki sovg’a sifatida bersa, soliq to’lovchida tovarni topshi-rish paytida vujudga kelgan, lekin qilingan haqiqiy xarajatlardan kam bo’lmagan, narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish ob’ekti hisoblanadi. SHu bilan birga auditor buyurtmachilarning xom ashyolaridan ish­lab chiqarilgan tovarlar bo’yicha ham aksiz solig’i hisob­lanishini tekshirishi zarur.
Shundan so’ng auditor hisoblangan aksiz solig’ining to’lash muddatlariga rioya qilinishini tekshiradi. Bunda Soliq Kodeksining 84-moddasiga muvofiq aksiz solig’i byudjetga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, oyning aksiz to’lanadigan tovar realizatsiya qilingan o’n kunligi tugaganidan so’ng uch kundan kechiktirmay o’tkazilganligi tekshiriladi. shuningdek soliq to’lovchi aksiz solig’i bo’yicha hisob-kitoblarni soliq inspeksiyasiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20- kunidan kechik­tirmay taqdim etib kelayotganligini aniqlashi lozim.
Aksiz solig’i to’langan xom-ashyodan aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xom-ashyo uchun to’­langan aksiz solig’ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aksiz solig’i kamaytirilishini nazarda tutmoq kerak. Auditor aksiz solig’i to’lanadigan import qilinadigan to­varlar bo’yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati soliq solish ob’ekti ekanligiga amal qiladi. shuningdek aksiz to’lanadigan import tovarlar uchun aksiz solig’i o’z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qadar yoki rasmiylashtirilishi paytida to’langanligini ham aniqlashi zarur.
Agar aksiz to’lanadigan tovarlarini realizatsiya qilish bo’yicha operatsiyalar soliqdan ozod qilingan bo’lsa, hisob-kitob hujjatlari, dastlabki hujjatlar va schyot-fakturalar tegishli aksiz summasini ajratib ko’rsatmasdan yoziladi. Bunda hujjatlarga «aksiz» degan shtamp qo’yiladi.
Analitik va sintetik hisob registrlari ma’lumotlariga asosan auditor quyidagilarni aniqlaydi:

  • qo’llaniladigan to’lov shakllari (naqd pulsiz, naqd pullik, o’zaro qarz surishish yo’li bilan, bevosita tovar yoki mahsulot almashish yo’li bilan);

  • analitik hisobni yuritish tartibi (hisob-kitob turlari, ishtirokchilari, vujudga kelish muddatlari va shunga o’xshash);

  • noaniq buxgalteriya yozuvlari.

Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarda aksiz to’lanadigan tovarlar xarid qilinganda ular byudjetga bo’nak to’lovlari bo’yicha hisoblashishlarni 4421-«Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga aksiz solig’i bo’yicha byudjetga bo’nak to’lovi schyoti» va 4422 - «Import qilingan mahsulotlarga aksiz solig’i bo’yicha bo’nak to’lovi schyot»larida to’g’ri olib borilishi auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi.
shuningdek, aksiz solig’i to’lanishini Soliq kodeksining 240-moddasiga asosan nazorati ta’minlanadi.
Aksiz solig’i to’langan xom-ashyodan aksiz to’lanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xom-ashyo uchun to’langan aksiz solig’ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aksiz solig’i kamaytirilishi nazarda tutiladi. Auditor import qilinadigan aksiz to’lanadigan to­varlar bo’yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq, aniqlanadigan bojxona qiy­mati soliq solish ob’ekti ekanligiga amal qiladi. shuningdek, import qilinayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar uchun aksiz solig’i o’z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qadar yoki rasmiylashtirilishi paytida to’langanligini ham aniqlashi zarur. Bular haqida O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksining 104-moddasida quyidagicha izohlangan: Bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i solinadi.
Тovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to’langan boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i summalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aksiz solig’ini to’lash boshqa bojxona to’lovlarini to’lashdan oldin yoki u bilan bir vaqtda amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan. Тo’ldirilgan «Bojxona yuk deklaratsiyasi» bilan birga taqdim etilgan, to’lashga qabul qilinganligi to’g’risida bank belgisi bo’lgan to’lov topshiriqnomasi to’lovchi tomonidan aksiz solig’i to’langanini tasdiqlaydi.
Auditor bojxonada to’lanishi lozim bo’lgan aksiz solig’i summasini tekshirganda quyidagi buxgalteriya yozuvlarini ko’rib chiqishi lozim:

Download 261 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling