Toshkent moliya instituti audit kafedrasi
Bevosita va bilvosita soliqlar auditi
Download 261 Kb.
|
Mirqobilov A Audit kurs ishi
2.Bevosita va bilvosita soliqlar auditi.
Bevosita soliqlar auditi Yuridik shaxslardan olinadigan foyda hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini tekshirish. Foyda solig’i huquqiy shaxslar daromadining (foydasining) bir qismini davlat tomonidan olish yo’li bilan byudjetga tushiriladigan mablag’lar manbalaridan biridir. Foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini auditorlik teshiruvidan o’tkazish, qoidaga ko’ra, quyidagilarni o’z ichiga oladi: choraklik uchun soliq hisob-kitobi asosida har chorakda hisoblangan va to’langan bo’nak to’lovlarni tahlil qilish; hisobot davri uchun foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini hisob-kitobini tekshirish; foyda (daromad) solig’i bo’yicha qarzlarni hisobot davridagi moliya-xo’jalik faoliyati natijalari asosida tahlil qilish. Korxona hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan foyda va soliq stavkasidan kelib chiqib aniqlanadigan, foyda solig’ining bo’nak badallarini choraklik davomida byudjetga to’langanligini tekshiradi. Foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini audit o’tkazishdan maqsad belgilangan tartibda qonun xujjatlariga muvofiq tekshirilishi. Foyda hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini solig’ini auditida belgilangan vazifalar: Soliq hisobotlari bo’yicha sintetik va analitik schetlarning holati Soliq bazasini shakllantirish Daromad xarajatlarini aniqlash va hisobga olinmagansoliq bazasini aniqlashi; Joriy soliq majburiyatlarini oldidagi qarzni buxgalteriya va soliq hisobotlarida aniqlash; Yig’ilgan soliqlarning summasini buxgalteriya hisobotlaridan aniqlash. Moliyaviy hisobot shakllarini klasifikatsiya qilib olish; Тo’liq o’z vaqtida foyda solig’ini to’lanishini ta’minlash; Download 261 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling