O‘zbekiston soliq tizimida soliq bazasini aniqlash usullari va uning ahamiyati annotatsiya tayyorladi: smmt 94/21 guruhi talabasi Kabulov A
Download 308 Kb.
|
SMMT 9421 Kabulov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMIDA SOLIQ BAZASINI ANIQLASH USULLARI VA UNING AHAMIYATI ANNOTATSIYA ANNOTATSIYA
- Kalit so‘zlar
O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMIDA SOLIQ BAZASINI ANIQLASH USULLARI VA UNING AHAMIYATI ANNOTATSIYA Tayyorladi: SMMT 94/21 guruhi talabasi Kabulov A Toshkent-2023 O‘zbekiston soliq tizimida soliq bazasini aniqlash usullari va uning ahamiyati O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMIDA SOLIQ BAZASINI ANIQLASH USULLARI VA UNING AHAMIYATI ANNOTATSIYA ANNOTATSIYA Maqolada soliqlarning davlat byudjet daromadlarining shakkilantirishdagi asosiy manbaasi sifatida e’tirof etilishiga, mamlakatimizda olib borilayotgan soliq tizimidagi ilg‘or soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va soliq bazasi haqida hamda amaldagi mavjud soliq va yig‘imlarning soliq solish bazasini aniqlash usullari va uning xususiyatlari xususida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: soliqlar, iqtisodiyot, soliq siyosati, harakatlar strategiyasi, soliq elementlari, daromad, soliq bazasi, soliq kodeksi. Kirish Soliqlar har bir davlat mavjud bolishining va rivojlanishing asosiy sharti sanaladi. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarda soliqlar juda muhum ahamiyat kasb etadi, ya’ni davlat sektorining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashdagi asosiy dastak hamda davlatning samarali faoliyatini amalga oshirishi uchun byudjet daromadlarini yetarli va uzluksizligini ta’minlashning qudratli omilihamdir. O‘zbekiston Respblikasining jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi mamlakatlarda soliqlar va soliqqa tortish bilan bog‘liq munosabatlarni jahon amaliyotida qabul qilingan uslubiy tamoyillar bilan birxilligini ta’minlash, milliy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ilg‘or rivojlangan davlatlarning tajribalari va ko‘rsatkichlari bilan taqqoslay olishini talab etadi. Bugungi kunda olib borilayotgan katta doiradagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlar va ularning amal qilish mexanizimini soddalashtirib borish, soliq yuki darajasini kamaytirish hamda shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq solish tizimini yanada osonlashtirish va soliq ma’muriyatchiligini bundanda optimallashtirish, qolaversa, tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishdagi nomutanosibliklarni qisqartirish bo‘yicha keng qamrovli davlat siyosati yuritib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 29 iyunda qabul qilingan PF-5468 sonli “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmoni fikrimizga yana bir bor tasdig‘ bo‘la oladi[1]. Farmonda mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi[2]: iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish; soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish; makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash; soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish; soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash; xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash; soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish. Yuqoridagi farmon ijrosini taminlash va izchil soliq siyosatini amalga oshirishda yurtimizda 2020 yil 1 yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirdi. Aytib o‘tish joizki, mazkur hujjat soliq qonunchiligini maksimal darajada soddalashtirishga yo‘naltirilgan konseptual o‘zgartirishlardan tarkib topgan va uning asosiy maqsadi – insofli soliq to‘lovchilar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Ushbu hujjatga asosan, davlat soliq xizmati organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlar shakllari hamda mexanizmlarini takomillashtirish, soliq tizimini bundanda samarali tashkil etish orqali ba’zi soliqlarning soliq solish bazasini kengaytirish masalalari ko‘zda tutilgan. Download 308 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling