O‘zbekiston soliq tizimida soliq bazasini aniqlash usullari va uning ahamiyati annotatsiya tayyorladi: smmt 94/21 guruhi talabasi Kabulov A
Soliq turi Soliq bazasini aniqlash xususiyati
Download 308 Kb.
|
SMMT 9421 Kabulov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq bazasini aniqlash usuli[13]
- Soliq turi Soliq bazasini aniqlash xususiyati 1.
Soliq to‘lovchining tadbirkorlik maqsadida foydalangan resurslari asosida soliq bazasini aniqlash esa yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar soliq solish bazasini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqda soliq bazasi yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishta har bir qazib olingan foydali qazilmaga, shu jumladan asosiy foydali qazilmani qazib olishda birga chiqadigan foydali kompanentlarga nisbatan aniqlanadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. 4-jadval Soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq bazasini aniqlash usuli[13]
Soliq to‘lovchining unga tegishli bo‘lgan mulki asosida soliq bazasini aniqlash usuli vositasida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, avtotransport yig‘imlari soliq solish bazasini aniqlashda foydalaniladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 412-moddasiga asosan aniqlanadi. Mazkur moddaga asosan soliq solinadigan baza mavjud ko‘chmas mulk ob’yektlarining o‘rtacha yillik qolidiq qiymati(o‘rtacha yillik qiymati) doirasida belgilanadi. Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang‘ich qiymati bilan soliq to‘ovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalangan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdorio‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bunda to‘liq amortizatsiya qilingan bino bo‘yicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan qiymati soliq bazasidir. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati me’yorida belgilanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazasi O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 427-moddasi asosida aniqlanadi. Mazkur moddaga asosan soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari jami yer maydonidan chegirib tashlanadi. Ayirish natijasi soliq bazasi deb ataladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun ajratilgan, shuningdek, yakka tartibdagi garajlar egallagan yer maydonlari uchun soliqqa tortish bazasi esa – yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari asosida aniqlanadi[14]. 5-jadval Download 308 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling