O‘zbekiston soliq tizimida soliq bazasini aniqlash usullari va uning ahamiyati annotatsiya tayyorladi: smmt 94/21 guruhi talabasi Kabulov A


Download 308 Kb.
bet2/7
Sana17.09.2023
Hajmi308 Kb.
#1680164
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SMMT 9421 Kabulov A

Mavzuning o‘rganilgan darajasi
Soliq tizimi haqida so‘z yuritar ekanmiz mavjud soliq va yig‘imlarning amal qilish mexanizimi, davlat byudjetiga tushish miqdorini uning elementlariga bevosita bog‘liqligining guvohi bo‘lamiz, Chunonchi, soliq bazasi bu elementlar ichida eng muhim ahamiyatli tarkibiy jihatidir. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi soliq kodeksining 69-moddasida soliqlarning elementlari, ularning tarkibi, mazmuni va mohiyati batafsil yoritilgan. Qolaversa, Soliq kodeksining qolan moddalarida ham mavjud har bir soliq turi bo‘yicha soliq solish bazasini aniqlash tartibi aniq va izchil yoritib berilgan.

Soliqqa tortiladigan baza va uning elementlariga ta’sir etuvchi omillar haqida A. Jo‘rayev va S. Shirinov “Soliq statistikasi va soliq pragnozi” nomli o‘quv qo‘llanmada[3], Vahobov A.V va Malikov T.S “Moliya” darsliklarida ham yetarlicha fikir mulohazalar bildirib o‘tishgan[4].

Qolaversa, Peronko I.A, GorelkoA.I kabi iqtisodchi olimlar ham “Проблемы формирования налоговой базы на региональном и местном уровнях” nomli maqolalarida, ham soliq bazasi bo‘yicha tegishlicha fikir mulohazalar bildirib o‘tishgan[5].

Tadqiqot metadologiyasi
Tadqiqot metadalogiyasi sifatida butun iqtisodiy hamjamiyat doirasida hamda respublikamiz soliq tizimida olib borilayotgan soliq islohotlari, malakatimiz prezidenti qaror va farmonlarini chuqur o‘rganish davomida analiz, sintez va iqtisodiy matematik usullar, qiyosiy tahlil hamda prognozlash orqali nazariy tahlil usullaridan keng foydalanilgan.


Tahlil va natijalar
Soliq elimentlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari, soliq elimentlaridan soliq munosabatlarini tartibga soluvchi soliq qonunchiligini ishlab chiqishda foydalaniladi. Shu sababli ham yangi tahirdagi soliq kodeksining 6-bobi “Soliqlarning elementlari” deb nomlandi va bu bobning 69-moddasiga binoan “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.
Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
1) soliq solish obyekti;
2) soliq bazasi;
3) soliq stavkasi;
4) soliq davri;
5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
7) soliqni to‘lash tartibi.
Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin” deya soliq elementlari haqida belgilab qo‘yilgan[6].
Soliq elementlaring eng muhim tarkiy qismlaridan biri esa soliq bazasidir. Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi. Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi ushbu Kodeks bilan belgilanadi deya tavsif berilgan[7].
Demak, soliq solinadigan bazani aniqlash tartibi soliq solish obyektining turiga va tavsifiga bog‘liq.
Bundan tashqari soliq bazasi xususida ilmiy adabiyotlarda “Soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) – unga nisbatan soliq stavkasi qo‘llaniladigan daromad. Soliq to‘lovchning yalpi daromadidan amaldagi qonunchilik bo‘yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi” degan hulosalar ham mavjud[8].
Soliq bazasini aniqlashning mavjud soliq va yig‘imlar xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir davlatda yurgizilayotgan soliq siyosati va o‘z qonunlariga tayanib aniqlash usul metadalogiyasi mavjud. Bu usul metadalogik xususiyatlari har bir davlat iqtisodiy siyosati, soliq siyosati, moliya siyosati, rivojlanganlik darajasi, davlatning joylashuv o‘rni, mentaliteti hamda turli ichki omillar ta’siridan kelib chiqqan xolda shakklantiriladi.
O‘zbekiston soliq tizimida soliq obyektining tavsifiga qarab soliq bazasini aniqlash usullarini quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin[9].

1-chizma




1-chizmadan ko‘rishimiz mumkunki, O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq solish bazasini aniqlash usullari beshta yo‘nalishda amalga oshiriladi. Keling, biz hozirda soliq tizimimizda mavjud bo‘lgan soliqlar va yig‘imlar haqida bilib olsakda, so‘ngra soliq bazasini aniqlash usullariga guruhlar asosida taqsimlab ularni jadvallar yordamida tahlil qilsak. Shunday ekan soliq kodeksining yangi tahririning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Soli kodeksining 18-moddasi esa “Maxsus soliq rejimlari” deya atalib, bu moddaga kora, soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.
1-jadval


Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling