Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Mamlakatda investitsion muhitni shakllantirish mexanizmlari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
14.4. Mamlakatda investitsion muhitni shakllantirish mexanizmlari 
 
Ma’lumki, 2019-yil mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy 
rivojlanish yili” deb e’lon qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 
mamlakatning rivojlanishini yanada barqarorlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari 
raqobatbardoshligini ta’minlashdan iborat. Iqtisodiyotni innovatsion faoliyatni 
amalga oshirish orqali rivojlantirishning zaruriyati nafaqat mazkur yil dasturi 
doirasida, balki jahon mamlakatlari miqyosida shakllantiriladigan innovatsion 
indeksda munosib o‘rin olish bilan ham belgilanadi, desak xato bo‘lmaydi.
Mamlakatlarning innovatsion rivojlanishi ko‘p jihatdan inson kapitali bilan 
bog‘liq bo‘lib, mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi. 
Jumladan, 
eksport 
mahsulotlarining 
tarkibi, 
sanoat 
mahsulotlarining 
raqobatbardoshligi kabi omillar muhim hisoblanadi.
O‘zbekistonning savdo balansiga e’tibor qaratsak eksport va import miqdori 
mos ravishda 5,4 mlrd va 8,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Buning natijasida 
savdo balansining salbiy farqi 2,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi
143
.Mazkur 
holatning shakllanishi sharoitida mamlakatimizdan chetga valyuta oqimining 
kuchayib borayotganligini ko‘rsatib turibdi.
Mazkur holat milliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirish orqali ijobiy 
farqqa erishish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Buning uchun albatta, ilmiy 
 
143
O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi 2018, I yarim yillik. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2018. 


320 
sig‘imkorlikka asoslangan raqobatbardoshlikni ta’minlab beruvchi mahsulotlar 
ishlab chiqarishni talab etadi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
21-sentyabrdagi “2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion 
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli farmonining 
qabul qilinishi mavjud muammolarning bartaraf etishga qaratildi. Mazkur 
farmonda bir qator muhim yo‘nalishlar belgilab berildi. Iinovatsiyalarni 
moliyalashtirish mexanizmi va hajmini optimallashtirish, inson kapitalini 
rivojlantirish kabilar shular jumlasidandir.
2021-yilga 
qadar 
tadqiqotlarni 
davlat 
mablag‘lari 
hisobidan 
moliyalashtirishda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,8 foizga etkazish belgilangan. 
Hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkichning 0,3 foiz ekanligini inobatga olsak, uning 0,5 
foiz punktga oshirilishiga keyingi ikki yil davomida erishilishi sohada keskin 
moliyaviy o‘zgarishlar bo‘lishiga ishora bo‘lmoqda.
Innovatsion indeksda etakchi mamlakatlar qatorida bo‘lgan davlatlarda 1,5-2 
foiz, ba’zilarida 3-3,5 foiz atrofida ekanligini kuzatish mumkin. Shu nuqtai 
nazardan, bu sohada nafaqat byudjet mablag‘lariga tayanish, balki byudjetdan 
tashqari mablag‘lar jalb etishda xususiy biznes vakillari manfaatdorligini oshirish 
o‘zining samarasini beradi, deb hisoblaymiz.
Innovatsiyalarning yuzaga kelishi bilimlar hamda ularni amaliyotga qo‘llash 
bilan bevosita bog‘liq ekanligi markaziy o‘rinni egallaydi. Bizningcha, yangi 
g‘oyalarni innovatsiyalar sifatida qabul qilish uchun innovatsiyaning o‘lchov 
mezonini aniqlash va uni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega, deb 
hisoblaymiz. Bu albatta innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish uchun iqtisodiy 
baholashga shart-sharoit yaratadi.
Innovatsion faoliyatga asoslangan o‘zgarishlar asosida iqtisodiy o‘sish va 
rivojlanishni farqli jihatlarga ega ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Jumladan, iqtisodiy 
o‘sish – ma’lum davr mobaynida ishlab chiqarish va iste’molning ko‘payishi 
o‘zaro uyg‘unlikda yuz berishini qayd etadi. Iqtisodiy rivojlanishni esa, ma’lum bir 
innovatsiya asosida iqtisodiy o‘zgarishning yuzaga kelishi bilan izohlab beradi. 


321 
Shuningdek, innovatsiyalar orqali ishlab chiqaruvchilar samarali raqobat 
ustunligiga ega bo‘lishi mumkinligini alohida qayd etib o‘tadi.
Innovatsiyalarga iqtisodiy rivojlanishga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shish 
bilan birga, birinchidan, innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larning asl nusxalari 
yaratuvchida qolib, iste’molchiga uning nusxasi sotiladi. Ikkinchidan, cheklangan 
resurslar sharoitida cheklanmagan inson salohiyati resursidan foydalanish imkoni 
shart-sharoit yaratiladi. Natijada, innovatsion faoliyatning rentabellik darajasi 
sezilarli darajada ortib, ilmiy sig‘imkorlik oshib borgan sari tannarxning kamayib 
borish tendentsiyasi yuzaga kelishiga imkoniyat yaratiladi.
Umuman olganda, innovatsiyalar degan savol o‘rtaga qo‘yilganida ko‘p 
sonli mutaxassislar uni yangilik bilan bir xil ekanligini qayd etishadi.
Innovatsiyalar bilan yangilik o‘rtasida sezilarli darajada farqlar mavjud. 
Jumladan, innovatsiya degan maqomga ega bo‘lishi uchun, avvalo, yangi g‘oya 
quyidagi talablarning ko‘p qismiga javob berishi shart, deb hisoblaymiz
144
:
− 
vaqtning tejalishi;
− 
xarajatlarning kamaytirilishi (resurslarni tejashi);
− 
ekologik holatga salbiy ta’sir etmasligi.
2017-yilda e’lon qilingan Xalqaro innovatsion indeksning umumiy 
reytingida O‘zbekiston qayd etilmagan bo‘lmasa-da, subko‘rsatkichlardan birida 
ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, oliy ta’limda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ta’lim 
oluvchi talabalarning ulushi bo‘yicha dastlabki beshta iqtisodiyotning ikkinchisi 
sifatida qayd etib o‘tildi. Umuman olganda, 2017-yilda mazkur indeks oziq-ovqat 
xavfsizligi nuqtainazaridan ishlab chiqildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlarga qilingan xarajatlarga e’tibor 
qaratsak eng ko‘p mablag‘ sarflash bo‘yicha Hindiston 3,857, Koreya Respublikasi 
1,521, Xitoy 1,149, Niderlandiya 1,145 va Avstraliya 0,842 ming. AQSh dollari 
miqdorida mablag‘larni yo‘naltirmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligining 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling