Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
“Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uylariO‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz keksalar hamda 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari (vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi. “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylariO‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari (vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi. “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylariO‘zbekiston Respub- likasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogiron bolalar uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi. Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylarini (dam oluvchilar) sog‘lomlash- tirish va ularning dam olishi uchun mo‘ljallangan davlat davolash-profilaktika muassasalari hisoblanadi. Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruh nogironlari hisoblangan hamda O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlar yoki boshqa shaxslarga ega bo‘lmagan yolg‘iz urush va 368 mehnat faxriylari (vasiylikka olinganlar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha turdagi ijtimoiy muassasalar faoliyati davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajat- lar smetasi asosida moliyalashtiriladi. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.Muassasalarning shtatlar jadvallari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi. Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy ta’minot xarajatlari tarki- biga yuqorida ko‘rib o‘tilgan xarajatlar va muassasalar bilan birgalikda, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham kiradi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda xizmat ko‘rsatish “Yolg‘iz qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati” tomonidan tashkil qilinadi. Ushbu xizmat tuman va shahar Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim- lardan tashkil topadi. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari bilan birgalikda uyida o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‘iz fuqaro- larni aniqlash va hisobini yuritish; - yolg‘iz fuqarolarga homiylik yordamlarini ko‘rsatish maqsadida ularning ilgari ishlagan mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan aloqalarini olib borish; - yolg‘iz fuqarolarni internat-uylariga joylashtirish uchun ko‘maklashish. 369 Tuman yoki shahar bo‘yicha uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatida qayd etilgan yolg‘iz fuqarolarga ushbu bo‘linmaning ijtimoiy xodimlari tomonidan bevosita quyidagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi: - zarur oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib berish; - uy-joy ashyolari va kiyim-kechaklarni yuvish, kimyoviy tozalashga topshirish, ta’mirlash va ularni yetkazib berish; - zarur tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarida, uy-joyni tozalashda, xonadon ichidagi santexnik jihozlarni ta’mirlashda ko‘maklashish; - qarindosh va do‘stlar bilan yozishmalar olib borish bilan bog‘liq iltimoslar va boshqa turdagi bir martalik topshiriqlarni bajarish. Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari o‘zlarida ro‘yxatda turuvchi yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari bo‘yicha har haftalik monitoring olib boradi va ijtimoiy xodimlarning xizmat ko‘rsatish faoliyatiga baho beradi. Shuningdek, Markazlar yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha har chorak yakunida tegishliligiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, ular esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ma’lumot taqdim etib boradi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish haqidagi Nizom 180 bilan Ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan yolg‘iz fuqarolar toifalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, yolg‘iz fuqarolarning quyidagi toifalari uyda xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilinadi: - sog‘lig‘iga ko‘ra o‘zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari (jumladan farzandlikka olingan bolalar) va yaqin qarindoshlari bilan birga yashamaydigan 180 O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011 yil 1 iyuldagi 38-B-son buyrug‘iga ilova 370 pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaxslar, I va IIguruh nogironlari, keksa yoki I va IIguruh nogironi bo‘lgan er-xotinlar; - o‘zgalar parvarishiga muhtoj, voyaga etmagan yoxud I va IIguruh nogiron farzandlari bilan birga yashaydigan pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaxslar, I va IIguruh nogironlari, keksa yoki I va IIguruh nogironi bo‘lgan er-xotinlar; - o‘zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari jazo muddatini o‘tayotgan yoki uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan (ruhiy, sil va boshqa kasalliklar) davri mobaynida pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaxslar, I va IIguruh nogironlari, keksa yoki I va IIguruh nogironi bo‘lgan er-xotinlar; - farzandlari (jumladan farzandlikka olingan bolalar) va yaqin qarindoshlari hamda homiylari yoki vasiylari bo‘lmagan va qonunchilikka asosan bepul eng zarur mollarni olish imtiyozidan foydalanayotgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashti- rilgan shaxslar, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, front ortida xizmat qilgan shaxslar uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga birinchi navbatda qabul qilinadi. Yuqumli hamda ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilinmaydi. Yolg‘iz fuqarolarning shaxsiy ro‘yxatlari tuman (shahar) Bandlikka ko‘mak- lashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ishtirokida aniqlanib, ro‘yxatga olinadi va tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati ijtimoiy xodimlari lavozimi ushbu bo‘linmaning shtat jadvalida: - qishloq joylarida - 6-8 nafar yolg‘iz fuqaroga 1 ta lavozim; 371 - shahar joylarida - 8-10 nafar yolg‘iz fuqaroga 1 ta lavozim hisobida belgilanadi. Ijtimoiy xodimlarning shtatdagi soni ushbu me’yorlarga muvofiq tuman(shahar)da ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati tomonidan ro‘yxatga olingan va xizmat ko‘rsatiladigan yolg‘iz fuqarolar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ijtimoiy xodimlar maxsus xo‘jalik sumkalari (bir yilga bitta sumka), xalat (bir yilga bitta xalat) hamda xonalarni tozalash uchun inventar bilan ta’minlanadi. Ijtimoiy xodimlarning lavozim-maoshlari ijtimoiy ta’minot xodimlari uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash tarif setkasiga muvofiq bel- gilanadi.Ijtimoiy xodimlarga yo‘l haqi uchun kompensatsiya to‘lovlari qonunchi- likda belgilangan miqdorlarda joriy qilinadi. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatining ta’minot xarajatlari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ijtimoiy ta’minotga ajratilgan mablag‘- lar doirasida amalga oshiriladi.Smeta xarajatlarida ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati faoliyatini amalga oshirish uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kantselyariya jihozlari va boshqa inventarlarga bo‘lgan ish beruvchilar- ning ajratmalari hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda eng zarur mollarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutiladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling