Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Davlat moliyasi barqarorligini oshirish masalalari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
17.2. Davlat moliyasi barqarorligini oshirish masalalari 
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish jarayonida islohotlarning davlat iqtisodiy 
siyosatiga ta’siri nafaqat iqtisodiy siyosatni erkinlashtirishda, balki moliya tizimini 
institutsional o‘zgartirish uchun globallashuv oqibatlarini hisobga olishda ham 
namoyon bo‘ladi. Moliyaviy oqimlarning aniqligini ta’minlovchi moliyaviy 
tizimning institutsional tarkibini yaratish davlat siyosatining muhim unsuri 
hisoblanadi.


383 
Bunda davlat moliyasini isloh etish, bu moliyani tartibga solish va nazorat 
qilish organlari tomonidan belgilanadigan muayyan axborotdan foydalanishni 
nazarda tutuvchi erkin moliya bozori faoliyat ko‘rsatishi muhim shart hisoblanadi.
Iqtisodiyotning 
o‘sish sur’atlarini ta’minlagan hamda moliyaviy 
barqarorlikka erishgan islohotlar hozirgi davrda davlat moliyasi va ayniqsa, 
byudjet tizimi barqarorligini mustahkamlashda muhim strategik vazifalar qatorida 
namoyon bo‘lmoqda/ Davlat moliyasi rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki 
mahsulotining katta qismini qayta taqsimlash vositasi hisoblanadi: Yaponiyada – 
1/3, Frantsiya, Niderlandiya, Norvegiyada – 1/2, Shvetsiyada – 2/3, Rossiyada – 
1/32, O‘zbekistonda ham davlat moliyasining asosiy daromadlari va shunga mos 
ravishdagi xarajatlari aynan Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Qolgan qismi 
esa byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari hissasiga to‘g‘ri keladi3. Shuning 
uchun ham Davlat moliyasi tizimida Davlat byudjeti uning markaziy va asosiy 
bo‘g‘ini hisoblanadi
181

Iqtisodiyotning ulushi bozor orqali, shu jumladan talab va taklifni hisobga 
olgan holda moliyaviy bozor orqali shakllanadigan bozor xo‘jaligi sharoitida 
byudjet siyosati moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash iqtisodiy vositasi sifatida 
o‘z ta’siri sohasini qisqartirishiga qaramasdan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning asosiy vositalaridan 
biri bo‘lib qoladi. 
Davlat moliyasi tizimida yagona yondashuv, byudjet islohotlarining asosiy 
yo’nalishlarini ishlab chiqishdagi moliyaviy strategiyani shakllantirish va milliy 
byudjet-soliq siyosatini amalga oshirishda uzoq muddatli strategiyani ishlab 
chiqish taqozo qilinadi. Bunda davlat moliya tizimining istiqbolli maqsadlari uning 
joriy byudjet ehtiyojlari, barcha bo’g’indagi hokimiyatning byudjet vakolatlari va 
javobgarlik darajasi bilan bog’lanish va mamlakat milliy byudjet mulkini 
boshqarish, foydalanish va taqsimlash g’aznachilik tizimi orqali amalga oshirish 
imkonini beradi. Davlatning moliyaviy-iqtisodiy tuzilmalarini isloh qilish 
 
181
T.SH. Eshnazarov “Davlat moliyasi tizimini takomillashtirish va uni rivojlantirish omillari” “Iqtisod va 
moliya” jurnali №2 2012 yil 51-b. 


384 
jarayonida axborotning ahamiyati doimiy o’sib boradi va tashkil qilinayotgan 
yagona telekommunikatsion tarmoqlar davlat boshqaruv organlari, viloyat, shahar 
va tumanlarni yaxlit majmuaga bog’laydi. Bu, davlat byudjet tizimini kompleks 
monitoring va iqtisodiy tashxislash imkonini berib, davlat g’aznachiligining 
bo’limlari oldida turgan vazifalarni samarali hal qilishga xizmat qiladi. O’z 
navbatida, davlat moliyaviy jarayonlariga yagona axborot makonini joriy etish, 
undan samarali foydalanish uning, huquqiy himoyalash ob’ektlarini belgilab 
beruvchi, kontseptual asoslarni ishlab chiqishni taqozo etadi
182
.
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish 
va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish 
hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim 
shartlari hisoblanadi. 
Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda 
iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom 
raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan 
bir qator tizimli muammolarni ko‘rsatdi
183
, xususan: 
birinchidan, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki 
darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va 
umumbelgilangan tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi; 
ikkinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz tizimi, soliq 
to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol 
mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda 
yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik 
qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling