Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Byudjet nazorati – barchadarajadagi byudjetlarning, davlat maqsadli 
jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlarining shakllanishi va ishlatilishi, davlat 
moliyaviy resurslarining qonuniy va maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan 
nazorat; 
Byudjet nazoratining shakllari – dastlabki, joriy va so‘nggi byudjet 
nazorati; 
Byudjet profitsiti – muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet 
xarajatlaridan ortishi; 
Byudjet 
qonunchiligi 
– byudjet munosabatlari va byudjetlararo 
munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiluvchi qonuniy-huquqiy hujjatlar 
yig‘indisi; 
Byudjet siyosati – davlat moliya siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, 
umumdavlat moliyaviy resurslarini (manbalarini) shakllantirish va jalb etish


409 
taqsimlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanishga qaratilgan davlatning chora-
tadbirlari va asosiy yo‘nalishlari yig‘indisi; 
Byudjet siyosati strategiyasi – uzoqmuddatli maqsadlarni tanlash va 
maqsadli dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, ularni iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlariga safarbar qilishni nazarda tutuvchi 
strategiya; 
Byudjet siyosati taktikasi – byudjet strategiyasi belgilab bergan vazifalarni 
jamiyat rivojlanishining aniq bosqichida va sharoitlarida moliya-byudjet 
munosabatlarini tashkil etish usullari va vositalari yig‘indisi; 
Byudjet so‘rovibyudjettasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish va 
byudjetdan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi so‘rov; 
Byudjet ssudasi – yuqoribyudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika 
byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan 
ajratiladigan mablag‘; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling