Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Byudjet tizimini boshqarish obyektlari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Byudjet tizimini boshqarish obyektlari – byudjet munosabatlari, 
byudjetning daromadlar bo‘yicha shakllanishi va xarajatlar bo‘yicha ijro etilishi, 
byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari; 
Byudjet tizimini boshqarish subyektlaribyudjet munosabatlarini 
boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi 
muayyan vakolatlarga ega bo‘lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – 
boshqaruv organlari; 
Byudjet transferti – byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita 
yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari; 
Byudjet xarajatlari tasnifi – davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa 
byudjetdan tashqari jamg‘armalar xarajatlarining mablag‘larning manbasi va 
byudjetlar darajasiga, hududiga, bajaradigan vazifasiga, xarajatlarning iqtisodiy 
mazmuniga va tashkiliy tegishliligiga ko‘ra guruh-lanishi; 
Byudjetdan mablag‘ ajratish – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag‘lari 
oluvchilarga pul mablag‘larini ajratish; 
Byudjetlararo munosabatlar – davlat byudjetida jamlangan pul 
mablag‘larining mamlakat ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‘rtasida 
qayta taqsimlanishini o‘z ichiga oluvchi munosabatlar yig‘indisi; 
Byudjetlararo munosabatlar shakllari davlat byudjeti mablag‘larini turli 
darajadagi byudjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash shakllari; 


411 
Byudjetning daromadlar bo‘yicha ijro etilishidaromadlarni davlat 
byudjetining yagona hisobraqamiga o‘tkazish va yozish, tasdiqlangan byudjetga 
muvofiq ravishda tartibga soluvchi daromadlarni taqsimlash, byudjetga ortiqcha 
to‘langan daromadlar summasini qaytarish, byudjet daromadlari hisobini yuritish 
va daromadlar to‘g‘risida hisobotni tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling