Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Byudjetning ijtimoiy funksiyasi – davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirish, 
davlatning ijtimoiy kafolatlari doirasidagi xizmatlarni mablag‘ bilan ta’minlash, 
aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy 
siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridagi davlat tadbirlarini mablag‘ bilan 
ta’minlashda namoyon bo‘ladi; 
Byudjetning ijtimoiy xarajatlari – davlat byudjetining ijtimoiy-madaniy 
sohalarni moliyalashtirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 
Byudjetning iqtisodiy funksiyasi – byudjetning iqtisodiy funksiyasi orqali 
davlat byudjeti soliqlar va byudjet xarajatlari orqali iqtisodiyotni tartibga solish, 
investitsiyalarni rag‘bat-lantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hal 
qiluvchi va muhim quroli bo‘lib xizmat qiladi; 
Byudjetning iqtisodiy xarajatlari – byudjetdan iqtisodiyot tarmoqlarini 
qo‘llab-quvvatlashga va markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga 
ajratiladigan mablag‘lar; 
Byudjetning joriy xarajatlari – davlat hokimiyati organlarining, mahalliy 
o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini 
ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi byudjetlar va iqtisodiyotning 
ayrim tarmoqlariga mablag‘ ajratish, dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar 
shaklida yordam ko‘rsatish uchun ajratilagan mablag‘lar; 
Byudjetning kapital xarajatlari – davlat investitsiya dasturiga muvofiq
ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalarga innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlashga mo‘ljal-langan 
byudjet xarajatlari; 
Byudjetning nazorat funksiyasi – byudjetning nazorat funksiyasi orqali 
byudjet daromadlarining shakllanishi, byudjet mablag‘larining oqilona va 


412 
maqsadga muvofiq ishlatilishi, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning moliya-xo‘jalik 
faoliyati, ular tomonidan byudjet qonunchiligiga rioya qilish holati, yalpi ichki 
mahsulot va milliy daromadning taqsimlanish va qayta taqsimlanish nisbatlari 
nazorat qilinadi; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling