Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Davlat sog‘liqni saqlash tizimi – davlat mulki bo‘lgan va davlat sog‘liqni 
saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va 
ilmiy-tadqiqot muassa-salari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan 
hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan o‘quv yurtlari, farmatsevtika 
korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy 
ekspertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab 
chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan 
bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar
Davlat xaridlari – byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan 
amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari
Defitsitning hajmi – byudjet defitsitining milliy valyutada absolyut 
summada, YAIM hajmiga nisbatan foizda, byudjet daromadlari va xarajatlariga 
nisbatan foizlarda aniqlanadigan kattalik; 
Direktor jamg‘armasi – umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va 
akademik litseylarning o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida 
davlat byudjeti hisobidan tuziladigan jamg‘arma; 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi – posyolka, qishloq va ovul, 
shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar yig‘ini; 
G‘aznachilik memorial orderi – mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna 
hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun 
foydalaniladigan to‘lov hujjati;
G‘aznachilik organlari – yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, Moliya 
vazirligi tarkibidagi davlat organi; 


414 
G‘aznachilikning axborot tizimi – byudjet operatsiyalari bo‘yicha 
kodlashtirilgan va tasniflangan ma’lumotlar avtomatik ravishda yuklanadigan 
davlat mablag‘larini boshqarishning axborot tizimi; 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling