G‘aznachilikning yagona hisobraqami – G‘aznachilik tomonidan
boshqariladigan, davlat byudjeti mablag‘lari hamda byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari mablag‘lari kiritiladigan, davlat byudjetida mablag‘lari nazarda
tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari, shuningdek, davlat maqsadli
jamg‘armalarining xarajatlari amalga oshiriladigan maxsus bank hisobraqami;
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – markaziy va tegishli mahalliy
hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish,
taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko‘zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik
hujjat;
Ijtimoiy sug‘urta – fuqarolarning qarilik, kasallik, onalik, mehnat
qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi, boquvchisini yo‘qotish, ishsizlik
kabi holatlarda moddiy ta’minot olishning moliyaviy asosini yaratish bilan bogliq
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi;
Ijtimoiy ta’minot – davlat ijtimoiy siyosatining namoyon bo‘lish shakli
bo‘lib, aholining alohida toifalarini moddiy ta’minlashga qaratilgan, rivojlanish-
ning muayyan bosqichida davlat tomonidan ijtimoiy ahamiyatli deb topilgan
holatlarda ularning ijtimoiy holatini jamiyatning boshqa a’zolariga nisbatan
tenglashtirishga yo‘naltirilgan, davlat byudjeti va boshqa maxsus maqsadli
jamg‘armalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi;
Ijtimoiy ta’minotning moliyaviy manbalari – ijtimoiy ta’minot
maqsadlaridagi xizmatlar va to‘lovlar uchun mo‘ljal-langan moliyaviy
resurslarning manbalari;
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti
– davlat bilan yuridik va
jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotni, uning
faol qismi bo‘lgan milliy daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash
yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi;
415
Do'stlaringiz bilan baham: |