Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Byudjetning taqsimlash funksiyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Byudjetning taqsimlash funksiyasi – mamlakatda yaratilgan yalpi ichki 
mahsulot va milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi; 
Byudjetning xarajatlar bo‘yicha ijro etilishi – byudjetning yagona 
hisobraqamida haqiqatda mavjud bo‘lgan byudjet mablag‘lari doirasida byudjetdan 
mablag‘ oluv-chilarning xarajatlarini to‘lab berish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon; 
Daromadlar va xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari byudjetdan 
tashqari jamg‘armalarining tegishli yil choragi yoki moliya yili uchun kutilayotgan 
tushumlari va xarajatlari aks ettiriladigan hujjat; 
Dastlabki byudjet nazorati – turli darajadagi byudjetlar loyhalarini tuzish, 
ko‘rib chiqish, tasdiqlash; daromad va xarajatlar smetasi, byudjet bilan bog‘liq 
qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan 
nazorat shakli; 
Davlat byudjeti daromadlaridavlat bilan korxonalar, tashkilotlar, 
muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat byudjetining shakllanishi jarayonida yuzaga 
keladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi; 
Davlat byudjeti xarajatlari – yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi 
natijasida davlat byudjetida jamlangan pul mablag‘larining maqsadga muvofiq 
qayta taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq byudjet qonunchiligi bilan tartibga 
solinadigan pul munosabatlari yig‘indisi; 
Davlat byudjetining funksiyalari – davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya 
sifatida obyektiv tarzda bajaradigan funksiyalari
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi – davlat byudjetining barcha 
daromadlarini yagona g‘azna hisobraqamiga to‘plash va uning barcha xarajatlarini 
shu yagona hisobraqamdan amalga oshirish; 
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari – davlat byudjetining soliq 
xarakteriga ega bo‘lmagan majburiy va ixtiyoriy shakllarda tushuvchi daromadlari 


413 
va tushumlari (yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlat-lardan 
kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga va chet 
davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar, 
davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga 
berilishi va sotilishidan olingan daromadlar va sh.k.); 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling