Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza– muayyan shaxs organizmining barcha tizimlarini 
kompleks tekshirish asosida uning sog‘lig‘ini yo‘qotganlik darajasini, organizmi 
funksiyalari turg‘un buzilishi oqibatida turmush faoliyatining cheklanganlik 
darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning yuz berganligi sabablari hamda 
vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra amalga 
oshirishi mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari, 
o‘zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga 
hamda ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari haqida tavsiyalar tayyorlash; 
Vaqtinchalikkassauzilishi – joriy moliya yilining muayyan davrida byudjet 
tizimi byudjetlarining xarajatlari daromadlaridan vaqtinchalik oshib ketishi; 
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotining yoki byudjet 
mablag‘lari oluvchining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan 
o‘tkazilguniga qadar amal qiladigan moliyaviy reja, yuridik hujjat; 


419 
Xarajatlar smetasi – byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag‘lari oluvchi 
tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda 
tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlar moddalari bo‘yicha aks 
ettiriladigan hujjat; 
Xususiy tibbiy sug‘urta – sug‘urtalanuvchi shaxs ixtisoslashgan xususiy 
sug‘urta tashkiloti bilan kelishilgan ma’lum haq (sug‘urta mukofoti) evaziga tibbiy 
xizmatdan foydalanish bo‘yicha xarajatlarning yuzaga kelish xavfini yumshatish 
maqsadida tashkilot bilan kelishilgan miqdordagi sug‘urta badallarini sug‘urta 
tashkilotiga o‘tkazib boradigan tizim; 
Yuridik majburiyatlar – byudjet tashkilotlari va byudjet-dan mablag‘ 
oluvchilar bilan ularga mol (tovar, xizmat, ish) yetkazib beruvchilar o‘rtasida 
tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarining qarorlari asosida byudjet tashkilotlarida va byudjetdan mablag‘ 
oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling