Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
184
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda. 


405 
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 13-martdagi “Pensiya va nafaqalarni 
to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
2826-son qaroriga muvofiq, endilikda Xalq banki butun respublika bo‘yicha 
pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli bankka aylandi. 
2017-yil iyulgacha pensiya, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa 
to‘lovlarni naqd pulda to‘lash ‘O‘zbekiston pochtasi’ Aksiyadorlik jamiyatidan 
Xalq banki bo‘limlariga o‘tkazildi.
Hududiy ijroiya organlari bankni pensiya va nafaqalarni naqd pullarda 
beruvchi maxsus kassalarning ishini tashkillashtirish uchun fuqarolar yig‘ini 
binolarida va pensionerlar tomonidan pensiyalarni olish uchun qulay bo‘lgan 
boshqa ma’muriy binolarda alohida xonalar bilan bepul asosda ta’minlashlari 
belgilab qo‘yildi. Pensiya yoki nafaqani olish uchun maxsus kassalarga mustaqil 
bora olmaydiganlarga pensiyalar ularning yashash joylari bo‘yicha Xalq banki 
tomondan etkazila boshladi.
Markaziy bank esa pensiya va nafaqalar har oyning 27-sanasigacha to‘lab 
bo‘linishini hisobga olgan holda Xalq banki arizalariga muvofiq, pensiya va 
nafaqalarni uzluksiz berishi uchun uni zarur bo‘lgan naqd pul bilan ta’minlaydi. 
Xalq banki buni amalga oshirish uchun kassirlar va nazoratchilar sonini oshiradi
markaziy apparat va filiallarni zaruriy sondagi mutaxassislar bilan butlaydi hamda 
kerakli jihozlar va kompyuter texnikasini xarid qiladi. Naqd pullarni maxsus 
kassalargacha yetkazish uchun 590 ta inkassatorlik “Damas” avtomobillari xarid 
qilinadi. Markaziy bank ko‘magida Xalq bankida o‘z inkassatsiya xizmati tashkil 
etiladi. 
Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki mablag‘ 
oluvchilarni SMS-xabardor qilish texnologiyasini joriy qilish bilan onlayn rejimda 
aholiga pensiya va nafaqalarni berish va uni nazorat qilishni avtomatlashtirish 
maqsadida tegishli ma’lumotlar bazalarining integratsiyasini ta’minlaydi. 


406 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling