Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siretuvchi me’yorlarga ega bo‘lgan, zamonaviy 
texnologiyalardan foydalangan holda pensiyalarni hisoblashning sodda va shaffof 
mexanizmlarini hamda rag‘batlantiruvchi xarakterdagi aniq, shu jumladan 
jamg‘arib boriladigan mexanizmlarni joriy etish, asossiz imtiyozlar, qo‘shimchalar 
va ustamalar berish amaliyotidan voz kechilgan normalarni nazarda tutgan 
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash; 
b) pensiya ta’minoti tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish sohasida: 
pensiya 
ta’minoti 
sohasiga 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
faol 
tatbiq 
etish, 
“Pensiya” 
dasturiy 
majmuini 
modernizatsiyalash, navbatni yuzaga keltiradigan, buning natijasida korruptsiya va 
qog‘ozbozlik holatlarini keltirib chiqaradigan qog‘oz hujjat aylanishini bartaraf 
etish. Pensiyalarni hisoblashda asos sifatida 2015-yildan tashkil etilgan 
fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib borilgan sug‘urta badallarining 
markazlashtirilgan Reestri ma’lumotlarini inobatga olishni joriy etish; 


398 
c) pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy adolat va samaradorligini oshirish 
sohasida: 
− barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarini to‘liq miqdorda olish 
huquqini berish; 
− qariyalar va nogironlar internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi 
yolg‘iz pensionerlarga to‘lanadigan pensiya miqdorini oshirish; 
− III guruh nogironligi bor shaxslarga qat’iy belgilangan miqdorlarda 
nafaqalarni joriy etish; 
d) rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish, pensiya miqdori va 
xodimning mehnat xissasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni oshirish sohasida: 
− fuqarolarning 35 yildan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun 
pensiyalarning tayanch miqdorini hisoblab chiqarilgan o‘rtacha ish haqining 2 foizi 
miqdoriga oshirishni nazarda tutish; 
− 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan, biroq pensiyani 
umumiy belgilangan yoshdan kechroq rasmiylashtirgan ayollarning pensiyalariga 
ustamalar belgilash; 
− pensiya hisoblab chiqarish uchun hisobga olinadigan o‘rtacha ish haqini 
pensiya tayinlanish kunidagi belgilangan eng kam ish haqining 8 barobaridan 12 
barobarigacha oshirish (ushbu yo‘nalish fuqarolarning mehnat faoliyatining 
davomiyligini va yuqoriroq miqdorda ish haqi oluvchilarni rag‘batlantirishga 
qaratilgan. Bunday mexanizmlar Yevropa davlatlari, AQSh, Belorus, Ukraina, 
Moldova va boshqa bir qator davlatlar qonunchiligida nazarda tutilgan); 
d) 
ijtimoiy 
sug‘urta 
tizimida 
fuqarolarning 
ixtiyoriy 
ishtirokini 
rag‘batlantirish choralarini qo‘llash sohasida: 
− pensiya yoshiga yetgan, ammo zarur ish stajiga ega bo‘lmagan 
fuqarolarga, davlat pensiyalarini hisoblashda yetishmayotgan stajning xar bir oyi 
uchun Pensiya jamg‘armasiga bir martalik sug‘urta badallarini to‘lash huquqini 
taklif etish (01.01.2019 yil holatiga yangi tayinlangan pensiyalarning 55 foiz 
ulushini to‘liqsiz ish staji bilan tayinlangan pensiyalar tashkil etadi); 


399 
− ishlovchi er(xotin)ning mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlari 
hisobidan ishlamayotgan turmush o‘rtog‘i uchun ixtiyoriy ravishda Pensiya 
jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash huquqini taklif etish. Er(xotin) 
ishlamayotgan turmush o‘rtog‘i uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy sug‘urta 
badallari to‘lash tizimi dunyoning ko‘plab davlatlarida mavjud. Misol uchun
Yaponiyada bu tizim majburiy xarakterga ega, bunday tizim Shvetsiya va Buyuk 
Britaniyada ham mavjud. 
e) avlodlarning moliyaviy ishtiroki ekvivalentligini ta’minlash sohasida: 
− yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan minimal staj 
davomiyligini (7 yil) oshirish (“Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari 
to‘g‘risida”gi 102-sonli Konventsiyasida yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab 
etilgan eng kam staj 15 yil qilib belgilangan. Dunyoning ko‘plab davlatlari, 
jumladan MDH davlatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10 – 15 yilga 
etkazilgan);
− pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirib, dunyo bo‘yicha belgilangan 
o‘rtacha pensiya yoshiga etkazish. 
Demografik bashoratlarga ko‘ra, 2018-2025-yillarda pensiya yoshidagi 
aholining ulushi (1,2 million kishiga) oshishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, 
Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining mutanosib ravishda oshishiga olib keladi. 
Fuqarolar pensiya ta’minoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri pensiya 
yoshi hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyoda o‘rtacha pensiya yoshi 
erkaklar va ayollar uchun 62 yosh bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 57,5 
yoshni tashkil etadi (ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh). 
Fuqarolarning ijtimoiy sug‘urta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli 
ishtirokini rag‘batlantirish mexanizmi murakkab va shaffof bo‘lmasdan qolmoqda. 
Mehnatga layoqatli aholi 60 foiz (qariyb 17 million kishi)ni tashkil etsa, taxminan 
10,2 million kishi davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab olinmagan. Ya’ni, ular 
byudjetdan tashqari Ppensiya jamg‘armasiga ijtimoiy ajratmalarni amalga 
oshirmayapti. 


400 
Xalqaro mehnat tashkiloti talablariga muvofiq, fuqarolarning pensiya 
ta’minoti tizimi barqaror rivojlanishi uchun badal to‘lovchilar sonining pensiya 
oluvchilarga o‘zaro nisbati 1:4 darajada bo‘lishi kerak. Biroq bugungi kunda 
O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1:1,5 ga teng. 
Ta’kidlash joizki, pensionerlar sonining ishlovchi aholiga nisbati 2009-
yildagi 61 foizdan 2017-yilda 66 foizga o‘sgan. 
Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining sezilarli qismi imtiyozli pensiyalarni 
moliyalashtirishga sarflanadi. Imtiyozli shartlarda tayinlangan pensiyalar ulushi 
592,4 ming kishini yoki jami tayinlangan pensiyalarning 19,5 foizini tashkil etib, 
shundan yoshga doir pensiyalar 23,7 foizni tashkil etadi. Yiliga o‘rta hisobda 39,8 
mingta imtiyozli pensiya tayinlanmoqda. 
Shuningdek, pensiya miqdori va mehnat davomiyligi ulushi o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlik ham sezilarsiz. Amaldagi pensiya ta’minoti tizimi 7 yildan kam 
bo‘lmagan stajga ega bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda tutadi. 
Ushbu huquq faqatgina 7 yil ishlab, o‘zining butun mehnatga layoqatlilik davri 
uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishda eng kam hissa qo‘shgan 
shaxslarga pensiya olish imkonini beradi. 
Xalqaro mehnat tashkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari 
to‘g‘risida”gi konvensiyasida yoshga doir pensiyani tayinlash uchun talab 
etiladigan eng kam ish staji 15 yil qilib belgilangan. Ko‘plab davlatlar, shu 
jumladan, MDH mamlakatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10-15 yil darajasiga 
yetkazilgan. 
Ish stajiga nisbatan 7 yil davomiylikdagi minimal talab mavjudligi 
fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasidagi ishtirokiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. 
Masalan, hozir 30 yil ish stajiga (talab etilgan – 25 yil) ega bo‘lgan erkak kishining 
pensiya miqdori bilan 10 yillik ish stajiga ega bo‘lgan (minimal talab etilgan – 7 
yil) erkak kishining pensiya miqdori o‘rtasidagi farq taxminan 200 ming so‘mni 
tashkil etadi. 


401 
Ishlovchilarning ijtimoiy sug‘urtadagi uzoq muddat va uzluksiz ishtirokini 
rag‘batlantirishdagi zaif mexanizmlar ularni sug‘urta badallarini to‘lamaslikning 
yangi usullarini qidirishga majbur etadi. 
Pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishning bosh maqsadi 
pensionerga munosib turmush farovonligi va hayot darajasini ta’minlab berishdan 
iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun: pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-
me’yoriy asoslarini takomillashtirish, yangi tahrirdagi “Pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish; ilg‘or xorij tajribalari asosida 
“Nodavlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish, 
xususiy pensiya fondlarining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi, ular faoliyatini 
tartibga solishning samarali tizimini yaratish maqsadga muvofiq. 
2018-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini 
rivojlantirishning Davlat dasturi ishlab chiqilishi zarur. Dasturning tarkibiy 
qismlari quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq:
1. Pensiya ta’minoti tizimining joriy holati va omillari (ijtimoiy, iqtisodiy, 
huquqiy va demografik).
2. Pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishning maqsadi va 
yo‘nalishlari (pensionerga munosib turmush farovonligi va hayot darajasini 
ta’minlab berishi nuqtai nazaridan). 
3. Pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish 
(1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 
8-sentyabrdagi qarori asosida tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va 
to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, ularni yangi 
tahrirda qabul qilish).
4. Nodavlat pensiya ta’minoti tizimini tashkil etish va ular faoliyatini 
tartibga solishning samarali tizimini yaratish.
5. Ijtimoiy sug‘urta tizimida ishtirok etishning rag‘batlantiruvchi omillari. 
6. Pensiya ta’minoti tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy qilishni faollashtirish. 


402 
7. Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini yanada risojlantirish. 
Har bir bo‘limda Davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari, shakllari, 
bajarish muddatlari va mas’ul bajaruvchilar belgilab olinishi kerak. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmatchilarning pensiya 
ta’minoti 1990-yilda tasdiqlangan “О государственном пенсионном 
обеспечении военнослужащих” nomli qonun asosida tartibga solinadi. Bu qonun 
sobiq Ittifoq davrida qabul qilinib O‘zbekiston mustaqilligi davrida ham amalda 
bo‘lgan qonunlar qatoriga kiradi. Lekin ushbu qonunning bir qator me’yorlari 
bugungi kun talablariga javob bermaydi. Harbiy xizmatchilarga pensiya hisoblash, 
tayinlash va to‘lash, ularga ustamalar belgilash, imtiyozlar berish, harbiy 
xizmatchilarning oila a’zolarini ijtimoiy ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni 
tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjatning mavjud bo‘lmaganligini inobatga olib, 
“Harbiy hizmatchilarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi yangi Qonunni 
ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Respublikamizning bank-moliya tizimida, iqtisodiyotning real sektorida, 
sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlarida, masalan, og‘ir sanoat, neft-gaz, 
energetika, 
oziq-ovqat, 
engil 
sanoat 
sohalarida 
ko‘plab 
aktsiyadorlik 
kompaniyalarining 
mavjudligi 
va 
ularning 
muvaffaqiyatli 
faoliyat 
ko‘rsatayotganligini hisobga olib hamda xorij tajribalarini chuqur o‘rgangan holda, 
“Korporativ pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqish va amaliyotga 
joriy qilish, shu asosda mamlakatimizda davlat tomonidan kafolatlangan pensiya 
ta’minotiga muqobil bo‘lgan korporativ pensiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish 
maqsadga muvofiq, bu esa fuqarolarning ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash 
imkonini beradi. ‘ 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida 
xalq farovonligi, milliy iqtisodiyotning barqarorligi va vatan ravnaqini ta’minlash 
kabi maqsadlar jamlangan. Shuningdek, davlat pensiya ta’minoti tizimini ham 
isloh qilish muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. To‘g‘ri, oddiy fuqaro 
sifatida ko‘pchilik aholi pensiya miqdorining oshirilishidan manfaatdor, lekin 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bu miqdorni oshirish uchun 


403 
yetarlicha mablag‘i bormikan, degan savolga avvalo javob topishimiz kerak. 
Fikrimizcha, mamlakatimizda samarali bandlikni tashkil etsak, shunda o‘z-o‘zidan 
sug‘urta badallarini to‘lovchilar soni ham ma’lum miqdorda oshgan bo‘lardi. Bu 
esa albatta byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlarining 
oshishiga olib kelardi.
Mutaxassislarning fikricha, uzoq umr ko‘radigan odamlarning ortib borishi 
kafolatli pensiya ta’minotini yaratish, tibbiy va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada 
yaxshilash bo‘yicha davlatlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklamoqda. 
Umuman olganda, aholini ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan 
tadqiqotlarda surunkali kasalliklar, tabiiy va texnogen ofatlarning ko‘payishi, 
kambag‘allik kabi turli omillar ta’sirida so‘nggi yillarda yer yuzida ijtimoiy 
muhofazaga muhtoj kishilar soni sezilarli darajada o‘sib borayotgani, bunday 
kishilarning qonuniy huquqlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar 
ko‘rilmayotgani qayd etilmoqda. 
Xalqaro ekspertlar dunyoning ayrim davlatlarida yaqqol sezilib qolayotgan 
bu holat ijtimoiy barqarorlikka, jamiyatdagi umuminsoniy munosabatlarga, 
taraqqiyot 
muvozanatiga 
putur 
etkazayotganligini 
tobora 
ko‘proq 
ta’kidlamoqdalar. Munosib hayot kechirish, ilm olish, davolanish kabi insonning 
eng oliy huquqlari kafolati xavf ostida qolayotir. Shuning uchun ham jahon 
mamlakatlarida ijtimoiy himoya bilan bog‘liq fakt va raqamlar tahlil qilinib, bu 
boradagi kafolatlarni, qonunchilikni mustahkamlab borishga doimiy e’tibor 
qaratilmoqda. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg‘armasining 
tashabbusi, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish 
vazirligi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasi-
ning tashkiliy hamda moliyaviy ko‘magi, shuningdek “Mobil Tel Inform” 
MCHJning tashkiliy-texnik ko‘magi asosida 2017-yil 1-fevraldan Pensiya 
jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslarga “SMS-Pensiya” 
interaktiv xizmati taqdim etila boshlandi. 


404 
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o‘z vaqtida va to‘liq 
to‘lanishida qonunchilik normalariga amal qilinishi O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Shuningdek, pensiya va 
nafaqalarni tayinlash va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan 
nazoratni kuchaytirish maqsadida (1140 qisqa raqamli) “ishonch telefonii” joriy 
qilingan. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakat strategiyasining asosini ham, avvalambor, inson manfaatlarini 
ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar tashkil qiladi. Harakatlar strategiyasida “Ijtimoiy 
sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 
“fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, aholining 
muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish”
184
chora-
tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida ish haqi, pensiya-
larni bosqichma-bosqich ko‘tarish rejalashtirilmoqda, 2017-yilda ularning 
miqdorini kamida 10 foizga oshirish, 2018-yilda ham shu tendensiyani saqlab 
qolish ko‘zda tutilgan.
Yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, izzat-ikrom ko‘rsatish xalqimizga xos 
yuksak fazilatlardan biridir. Bu ezgu an’ana mustaqillik tufayli yangicha ma’no-
mazmun bilan boyidi. Prezidentimiz SH. Mirziyoyev rahnamoligida hayotga tatbiq 
qilinayotgan qator qonunlar, dasturlar va boshqa huquqiy hujjatlar asosida 
nuroniylarga munosib turmush sharoitini yaratish, ijtimoiy va pensiya ta’minoti 
hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish sa’y-harakatlari keng 
ko‘lam kasb etmoqda. Bu esa keksalarga ma’naviy-ruhiy madad bo‘lib, ular 
qalbidagi shukronalik va minnatdorlik tuyg‘ularini kuchaytirayotir.

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling