Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-BOB.“DAVLAT MOLIYASI” FANIGA KIRISH
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
1-BOB.“DAVLAT MOLIYASI” FANIGA KIRISH 1.1. “Davlat moliyasi” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va vazifalari O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi mamlakat moliya tizimida alohida o‘rin egallaydi. Davlat moliyasi orqali davlatning qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va boshqa funksiyalarini amalga oshirishning moddiy-moliyaviy asosi yaratiladi, davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat moliyasining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasi tizimida faoliyat yurituvchichi mutaxassislardan davlat moliyaviy munosabatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta bilish va amaliyotda qo‘llay olish talab etiladi. Shu sababli bakalavriatning bir qator ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga “Davlat moliyasi” nomli fan kiritilgan bo‘lib, ushbu fan dasturida davlat moliyasining mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy aiyosatni amalga oshirishdagi ahamiyati, davlat moliyasining tarkibi, davlat moliyasining tashkiliy-huquqiy asoslarini, davlat moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat moliyasini boshqarishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari, byudjetdan tashqari jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish mexanizmlari, davlat krediti va davlat qarzlarini boshqarish masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar taraqqiyotida davlat moliyasining ahamiyatini oshirish kabi masalalar qamrab olingan. 6 Davlat moliyasining mazmuni bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tadbirlarini, ijtimoiy soha va tarmoqlarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda davlat moliyaviy resurslari asosiy moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi. Davlat moliyasini boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy dastaklari qatori, davlat moliyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat moliyasi amal qilishining tegishli mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bilan ta’minlanadi. “Davlat moliyasi” fanini o‘zlashtirish uchun o‘qitishning ilg‘or va zamona- viy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keyslardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning interaktiv usullari(vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klasster, “Venn diagrammasi” va boshqalar)dan foydalaniladi. Fan o‘qituvchisi tomonidan peda- gogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida “Davlat moliyasi” fani o‘quv mashg‘ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda muammoni jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs, muzoka- ralar, pinbord texnikasi, keys-stadi (muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o‘rganish) kabi usullar qo‘llaniladi. Shuningdek, fanning amaliy mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan (Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, UzASBO), slaydlardan, multimedia ta’lim vositalaridan, Internet sahifalari va tizimlaridan hamda davlat moliyasini boshqarish tizimida qo‘llaniladigan dasturiy mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu fanni o‘zlashtirishda talabalarga mavjud o‘quv adabiyotlaridan, elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish ham tavsiya etiladi. 7 “Davlat moliyasi” fanining predmetini davlatning markazlashgan pul fondlari va boshqa markazlashgan moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi. Fanni o‘qitishdan maqsad– kelgusida yuqori malakali iqtisodchi- mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalarda davlat moliya tizimining tuzilishi va faoliyati yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: − davlat moliyasining mohiyati, uning zarurligi, davlat moliyasi tizimi, davlat moliyasi nazariyalari, davlat moliya siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, davlat moliyasi tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish, ular mablag‘laridan foydalanishni tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; − davlat moliyasi rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat moliyasi holatini baholash va tahlil qilishni, davlat moliyasi rivojlanishi istiqbolini belgilash asoslarini, O‘zbekiston Respublikasining moliya qonunchiligi asoslarini, davlat moliyasining asosini tashkil etuvchi barcha darajadagi byudjetlar ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, davlat moliyasini tashkil etish tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi; − davlat moliyasi ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini tuzish, ularni tahlil etish, davlat moliyaviy nazorati, davlat kreditini boshqarish, mahalliy moliyani tashkil etish, byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, 8 ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni davlat tomonidan moliyalashtirish va ijro ko‘rsatkichlarini tahlil etish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; − davlat moliyasi tizimidagi hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro natijalarini hisob-kitob qilish, davlat moliyasi tizimida axborot tizimlaridan foydalanish, davlat moliyasi amaliyotiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlardan maqsadga muvofiq foydalanish, davlat moliyasining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi kerak. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling