Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Fanning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
1.2. Fanning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar
Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faoliyat yuriyuvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o‘z fuqarolari- ning yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda, davlatning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat (1.1-rasm): 1.1-rasm. Davlatning asosiy funksiyalari Davlat yuqorida bayon qilingan o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi shuningdek, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida dolzarb bo‘lgan strategik 9 maqsad va vazifalarni amalga oshirishi uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i obyektiv zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo‘lishi davlat moliyasining mavjud bo‘lishini va amal qilishini taqozo etadi. 1.3. “Davlat moliyasi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi “Davlat moliyasi” fani asosiy ixtisoslik fani bo‘lib hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar va ixtisoslik fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi. Davlat moliyasining asosiy bosqichi bo‘lgan byudjet ijrosida va pul mablag‘laridan samaral ifoydalanishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Davlatning funktsiya va vazifalari ijrosini mablag‘ bilan ta’minlashda davlat moliyasi tarkibiga kiruvchi byudjetlar daromadlar qismini to‘liq va o‘z vaqtida shakllantirish, shakllantirilgan pul fondidan samarali foydalanishga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun davlat moliyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida davlat moliya tizimidagi islohotlar, ya’ni davlat byudjeti g‘azna ijrosining joriy etilishi byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Talabalarning “Davlat moliyasi” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishdadarslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg‘ulot darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Shuningdek, fanni o‘zlashtirish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalangan holda byudjet ijrosining amalga oshirilishi jarayoni bilan bog‘liq kompyuter 10 dasturlari bilan tanishadilar. Fanning ba’zi mavzularini yoritishda audio va videotexnikadan foydalaniladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling