Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
12.9. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari: 
manbalari va ishlatish yo‘nalishlari 
Byudjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1999-yil 3-sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli Qaror
122
bilan belgilab berilgan 
byudjetdan tashqari mablag‘larga ham ega bo‘lishi mumkin. Ushbu qarorga 
asosan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan byudjet tashkilotlari quyidagi 
byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish va o‘zining daromadlarini kengaytirish 
huquqiga ega: 
− faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va 
sotishdan olingan daromadlar; 
− byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolar va 
davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan tushumlar; 
− yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga homiylik 
(beg‘araz) yordami berilishidan olinadigan qo‘shimcha daromadlar.
Ushbu manbalardan qo‘shimcha daromad olayotgan byudjet tashkilotlari 
2000-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvargacha
123
davlat byudjetiga 
undiriladigan soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va davlat maqsadli 
jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilingan (bu davr ichida ko‘rsatilgan 
muddat hukumatning tegishli qarorlari bilan bir necha marotaba uzaytirilgan), 
bo‘shab qolgan mablag‘lar byudjet tashkilotining moddiy-texnika va ijtimoiy 
bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi. 
 
122
Қonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018 y., 09/18/384/1266-son 
123
Vazirlar Mahkamasining 414-sonli qarorining (03.09.1999) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018 y., 
09/18/384/1266-son. 


283 
Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Byudjet 
tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantiradilar. Ushbu jamg‘arma 
quyidagi daromadlar va tushumlardan shakllantiriladi:
− hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha 
tejalgan mablag‘lar(kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan 
mablag‘lar bundan mustasno);
− faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya 
qilishdan olingan daromadlar;
− byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan 
mablag‘larning bir qismi;
− belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan 
mablag‘lar;
− homiylikdan olingan mablag‘lar. 
O‘z navbatida, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari 
quyidagi yo‘nalishlarda ishlatilishi mumkin: 
− avvalovaqtinchamehnatgalayoqatsizlikbo‘yichanafaqalarnivamavjudkredit
orlikqarzlarnito‘lashga; 
− byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
tadbirlariga; 
− ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga. 
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan 
nafaqalar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan kreditor qarzdorlik mavjud bo‘lsa, 
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tejab qolin-
gan byudjet mablag‘lari doirasida ushbu qarzlarni to‘lashga (ishlar, xizmatlar, 
tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni qoplangandan 
so‘ng) sarflanadi. Agar kreditor qarzdorlik byudjet tashkilotining xarajatlari 
vaqtincha yetarli miqdorda mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan 
paydo bo‘lgan taqdirda, kreditor qarzdorlikning Byudjet tashkilotini rivojlantirish 
jamg‘armasi hisobiga to‘langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar 


284 
limiti doirasida byudjetdan qoplanadi. 
Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan 
nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‘lmasa yoxud ushbu qarzlar to‘langan 
taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami 
xarajatlarning o‘rni to‘ldirilgandan keyin Byudjet tashkilotini rivojlantirish 
jamg‘armasining qolgan mablag‘lari (homiylik yordami, beg‘araz yordam miqdori 
bundan mustasno): 
− tushgan barcha mablag‘larning kamida 75 foizi moddiy-texnika bazani 
mustahkamlashga;
− ko‘pi bilan 25 foizi byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya 
qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotiga ko‘rsatilgan 
homiylik mablag‘larining barcha summasi, agar homiy bilan maxsus holda 
kelishilmagan bo‘lsa, byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkam-
lashga sarflanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1275-
sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010-yildan boshlab vazirlik va idoralar-
ning, byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘-
larini davlat byudjetining g‘azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olish amalga 
oshiriladi. Bunda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yi-
cha bank hisobvaraqlari yopilib, G‘aznachilikda tegishli shaxsiy hisobvaraqlar 
ochiladi. 
Byudjet tashkilotlarining davlat byudjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab olin-
gan byudjetdan tashqari mablag‘lari quyidagilardan iborat: 
− Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi; 
− O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari; 
− Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘ar-
masi; 
− o‘tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi; 


285 
− maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan 
tushumlar; 
− maktabdan tashqari muassasalarda(musiqa va san’at maktablari)bolalar 
ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar; 
− xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-
kitoblardan tushadigan tushumlar; 
− maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalar-
dan tushumlar; 
− ta’lim muassasalarida o‘qishdan tushadigan mablag‘lar; 
− vazirlik va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan byudjetdan 
tashqari jamg‘armalari; 
− umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovidan tushgan byudjet-
dan tashqari mablag‘lar; 
− kapital qo‘yilma mablag‘lari bo‘yicha depozitlar
− turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlar-
dan ovqatlanish uchun undiriladigan to‘lovlar. 
Xulosa qilib aytganda, byudjet tashkilotlarining qonunchilik bilan belgilab 
qo‘yilgan rasmiy manbalardan oladigan daromadlari va tushumlari hamda ular 
bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish davlat byudjeti g‘azna ijrosi mexanizmlari 
bilan qamrab olingan bo‘lib, byudjet tashkilotiga tegishli mablag‘larning 
(byudjetva nobyudjet) samarali, maqsadga muvofiq va oqilona ishlatilishini 
ta’minlash uchun xizmat qiladi, bu mablag‘larning shakllanishi va ishlatilishining 
dastlabki va joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling