Toshkent Moliya Instituti bank huquqi fanidan mustaqil ish mavzu
O'zbekiston Respublikasidagi nobank tashkilotlari
Download 80.85 Kb.
|
Abdullayev S bank huquqi mus
O'zbekiston Respublikasidagi nobank tashkilotlari.
Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida nobank tashkilotlari soni kupayib borayotganligi sababli ularni yanada rivojlantirish va tartibga solish maqsadida ularga qulayliklar yaratilmoqda. Xususan O'zbekiston Respubllikasi Prezidentining mikromoliya va mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentining 2019-yil 23 iyuldagi "Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" PQ-4400 sonli qarori qabul qilindi. Unga kura nobank kredit tashkilotlari ko'rsatadigan xizmatlar doirasi kengaytirildi va mikromoliyaviy xizmatlar hajmi oshirildi. Bugungi kunda respublikada 63 mikromoliya tashkiloti va 64 Lombad faoliyat ko'rsatmoqda. Joriy yilning 1-yanvar holatiga kura 1010 mlrd. so'mi tashkil etdi va bu kursatgich utgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga o'sishi taminlandi. shu davrda kredit portfili 23.7 foizga o'sib 935 mlrd. so'mga yetdi. Nobank kredit tashkilotlari sohasini yanada izchil isloh qilish, faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni tizimlashtirish va unifikatsiyalash maqsadida "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash to'g'risida"gi qonun loihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha Prezidentning 2020 yil 12 maydagi "2020-2025 yillarga muljallangan O'zbekiston Respubllikasining Bank tizimini isloh qilish stratigiyasi to'g'risida"gi PF-5992 sonli farmoni ijrosi doirasida tayyorlandi. Bulardan tashqari O'zbekiston Respubllikasi Markaziy bankining vakolat doirasi yanada kengaytirildi, yani Lombardlar o'z faoliyatini boshlashi to'g'risida markaziy bankga xabarnoma junatganidan so'nggina o'z faoliyatini boshlashi, nobank tashkilotlarining ustidan to'la nazorat olib borish va boshqalar. Hozirda O'zbekiston Respubllikasi hududida faoliyat olib borayotga bazi mikromoliya tashkilotlar. "Kapital plyus mikrokredit tashkiloti". "Kafolatli sarmoya mikrokredit tashkiloti". "Oltin yulduz plyus mikrokredit tashkiloti". "GRAND-INVEST mikrokredit tashkiloti". "Yengil kredit mikrokredit tashkiloti". "Vodiy taraqqiyot kredit mikrokredit tashkiloti". "INVEST HAMKOR PLYUS mikrokredit tashkiloti" va shu kabi boshqa kuplab mikrokredit tashkilotlari hozirda O'zbekiston Respubllikasi hududida faoliyat yuritmoqda. Hozirda O'zbekiston Respubllikasi hududida faoliyat olib borayotga bazi Lombard tashkilotlar. "Lombard sharq kredit" MCHJ. "Lombard hamkor-kredit" MCHJ. "To'y-tepa kredit lombard" MCHJ. "Yangi yo'l ishonch kredit lombard" MCHJ. "Daromad invest lombard" MCHJ. "Lombard Sergeli kredit" MCHJ. "Ixlos invest" MCHJ. "Lotos kredit" MCHJ. "GOLDEN-KREDIT" MCHJ. "ASAKA LOMBARD" MCHJ. va shu kabi boshqa ko'plab Lombard tashkilotlari hozirda O'zbekiston Respubllikasi hududida faoliyat yuritmoqda. Foydalanilga adabiyotlar. 1.Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. - T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007 yil, 348 bet.. 2.A.A.Omonov, T.M.Qoraliev. “Pul, kredit va banklar”. Darslik. TMI..Toshkent – 2012.489 bet. 3. www.cbu.uz 4. www.cer.uz Download 80.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling