Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti bank ishi va audit bia-91K 2/22


Download 1.36 Mb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi1.36 Mb.
#1061804
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 Mavzu Bank siri va bank axborotining maxfiyligiga rioya qilish

4-modda. Uchinchi shaxslar

  • 4-modda. Uchinchi shaxslar
  • Bank, uning mijozi (vakili) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi.
  • 5-modda. Bank sirining oshkor qilinishi
  • Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish, og‘zaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yo‘sinda tarqatish yoki ma’lum qilish, uchinchi shaxslar e’tiboriga yetkazish, bunday ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoxud ma’lum bo‘lib qolgan yoki ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bunday ma’lumotlarni saqlash tartibining buzilishi oqibatida imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi.
  • Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yo‘sinidagi xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga ma’lum qilinishi yoki taqdim etilishi qonunda nazarda tutilgan hollarda taqdim etiladigan bo‘lsa u holda bank siri oshkor etilmagan hisoblanishi mumkin.
  • Banklar faoliyatida bank sirining oshkor qilinishini taqiqlanadi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan yoki qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bu ma’lumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanilishi taqiqlanadi va bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi

Banklar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar bo‘lgan:

  • Banklar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar bo‘lgan:
  • banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
  • qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari;
  • birja a’zolari;
  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari;
  • lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
  • pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
  • lombardlar;
  • lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi tashkilotlar;
  • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;
  • ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarda xizmatlar ko‘rsatuvchi va ishtirok etuvchi shaxslar;
  • mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda notarial idoralar (notariuslar), advokatlik tuzilmalari (advokatlar) hamda auditorlik tashkilotlari, boshqa jismoniy va yuridik shaxslar pul mablag‘lari, o‘tkazmalari va boshqa moliyaviy munosabatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sirini saqlashi lozim.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling