Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti bia-85 guruh talabasi saidnazarov alijonning buxgalteriya hisobi fanidan 1-joriy nazorat uchun tayyorlagan mustaqil ishi
Download 1 Mb.
|
buxg.
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BANK ISHI FAKULTETI BIA-85 GURUH TALABASI SAIDNAZAROV ALIJONNING BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN 1-JORIY NAZORAT UCHUN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning vazifalari REJA: 1.Asosiy vositalar 2.Asosiy vositalarni turkumlash va baholash 3.Asosiy vositalar amortizatsiyalash (eskirish) hisobi Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik jarayoni nafaqat material, mehnat va moliyaviy resurslaridan foydalanish hisobiga balki asosiy vositalardan foydalanish hisobiga ham ta’minlanadi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni tadbirkorlik qobiliyati asosida mehnat, mehnat vositalari va mehnat buyumlarini birlashtirilishidan iborat. Raqobatlashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida, undagi mehnat vositalarining takomillashishiga, rivojlanish va ulardan samarali foydalanish darajasiga bevosita bog‘liqdir. Barcha ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishda mehnat vositalari asosiy rolni o‘ynaydi. Buxgalteriya hisobida mehnat vositalarini asosiy vositalar deb yuritiladi. Asosiy vositalar - xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uzoq (bir yildan ortiq) muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlardir . Asosiy vositalar - kompaniyaning uzoq muddatli mol-mulki bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish maqsadida foydalanadigan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar ko‘p hollarda korxona aktivlarini asosiy qismini tashkil qiladi va shuning uchun moliyaviy hisobotda uning moliyaviy holatini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar korxonaga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo‘lsa va aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa, asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi. Аsosiy vositalar uzoq muddat oʼzining tabiiy koʼrinishini saqlab turadigan, eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga oʼz qiymatini asta-sekin oʼtkazadigan mehnat vositalari boʼlib, u uzoq (bir yildan koʼp) davr ichida moddiy ishlab chiqarish sohasida, nomoddiy ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, ijaraga berishda foydalaniladigan moddiy aktivlardir. Oʼzbekiston Respublikasining «Аsosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga koʼra ular tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: - xizmat muddati bir yildan ortiq; - bir birlik uchun qiymati (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq boʼlgan buyumlar. Oʼzbekiston Respublikasida asosiy vositalar hisobini yuritish-da xoʼjalik subʼektlari rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini mustaqil ravishda nisbatan kamroq miqdorda belgilashga haqlidir. Shu bilan birga, xizmat muddati va qiymatidan qatʼiy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: -maxsus asboblar va moslamalar; -maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar; -koʼrpa-toʼshak anjomlari; -yozuv-chizuv anjomlari (kalьkulyatorlar, stol ustiga qoʼyiladigan asboblar va boshqalar); -oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona uchun dasturxon-sochiq-lar; -hizmat muddati bir yildan kam boʼlgan almashtiriladigan usku-nalar; -ov qurollari (trallar, toʼrlar, qarmoqlar va boshqalar). Аsosiy vositalarni hisobga olishda ular maʼlum guruhlarga boʼlinishi ham mumkin. Chunki asosiy vositalarni hisobini toʼgʼri va toʼlaqonli tashkil etishning muhim sharti, ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi. Аsosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga koʼra ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar va ishlab chiqarishga taalluqli boʼlmagan asosiy vositalarga boʼlinadi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vosita-lari ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar deb ataladi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishdagi roli tur-licha koʼrinishga ega. Baʼzilari, masalan, mashinalar, uskunalar, as-bob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat qurollari sifatida qatnashadi, shuningdek, boshqalari esa ishlab chiqarish jarayonining toʼxtovsiz ishlab turishini taʼminlaydi (bunday asosiy vositalarga bino va inshootlarni kiritish mumkin) va ishlab chiqarish uchun zarur boʼlgan shart-sharoitlarni yaratib beradi (masalan: ishlab chiqarish binolari, umumiy foydalanishdagi yoʼllar). Ishlab chiqa-rish jarayonida toʼgʼridan-toʼgʼri qatnashmaydigan asosiy vositalarga uy-joy kommunal xoʼjaligi vositalari, sogʼliqni saqlash muassasa-larining asosiy vositalari (poliklinikalar, ambulatoriyalar va shunga oʼxshashash obʼektlar), maorif va xalq taʼlimiga qarashli obʼektlar (teatrlar, klublar, kutubxonalar, bolalar bogʼchalari, yozgi oromgohlar) kiradi. Аsosiy vositalar iqtisodiyot tarmoqlarining turkumlanishiga mos holda tarmoqlardagi turlarga boʼlinadi: sanoatdagi asosiy vositalar, qishloq xoʼjaligidagi asosiy vositalar, transportdagi asosiy vositalar, aloqa sohasidagi asosiy vositalar, qurilishdagi asosiy vositalar, savdo sohasidagi asosiy vositalar va h.k. 1-rasm Asosiy vositalarni baholash 2-rasm Boshlang‘ich qiymat - tolangan va qoplanmaydigan soliqlami (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogliq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati. Boshlang‘ich qiyrnat asosiy vositani olinishi yoki yaratilishi uchun sarflangan mablag‘lar miqdoridir. Aktivning boshlang‘ich qiymati aktivni yetkazib beruvchiga to‘lovlarni, uni tashish va o‘rnatish uchun mablagdarni, sug‘urta va soliqlarni o‘z ichiga oladi. Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bolgan summa. Qoldiq qiymut- amortizatsiya summasini chegirilgan holda asosiy vositalarning boshlangich qiymati. Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarnjatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. Qoida bo‘yicha ushbu qiymatga ehtiyot qismlari, temir-tersak, chiqindi va boshqalaming qiyymati kiritiladi. Tiklash qiymati - asosiy vositalarni qayta baholash bilan bog‘liq bolgan qiymati. Asosiy vositalarning tiklash qiymati asosiy fondlami qayta hosil qdish qiymati bilan, ya’ni ulaming qurilishi yoki ularni muayyan muddatda joriy bozor narxida sotib olish bilan bog‘liq. 16-son BHXSga muvofiq, asosiy vositalar obyektining tannarxi sotib olish narxini, shu jumladan import boji va sotib olish bilan bog‘liq qaytarilmaydigan soliqlar, shuningdek tegishli joyda foydalanish maqsadida aktivni ish holatiga keltirish bilan bog‘liq har qanday xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy vositalarni uzoq vaqt davomida natural shaklini saqlagan va qiymatini bir vaqtda o‘zgartirishi bilan ishlashi bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari amortizatsiya miqdorini aniqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu miqdor asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ularning eskirishi yoki boshlang‘ich qiymatini kamayishi miqdorini ko‘rsatadi. Asosiy vositalarning eskirishi jismoniy va ma’naviy bo‘lishi mumkin. Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning boshlang‘ich iste’mol qiymatini faqatgina foydalanish jarayonida yo‘qotishi emas, balki ishlatilmay turganda ham (tashqi ta’sirlar, atmosfera ta’siri, zanglash natijasida) o‘z qiymatini asta-sekin yo‘qotib borishi tushuniladi. Ma 'naviy eskirish - mashina va uskunalarning joriy davrdagi bozor qiymatining ular sotib olingan davrga nisbatan pasayishidir (yoki yangi, yanada taraqqiy topgan va iqtisodiy samarali mashina va uskunalarning joriy etilishi natijasida ular qiymatining pasayishi). Boshqacha aytganda, ma’naviy eskirish natijasida asosiy vositalar o‘zining texnik xususiyati va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha eskiradi. Amortizatsiya - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishidagi eskirishning qiymat ifodasidir. Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi: 1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar); 2) mahsuldor chorva mollari; 3) kutubxona fondi; 4) muzey qimmatliklari (muzey ashyolari); 5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar; 6) arxitektura yodgorliklari; 7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari; 8) qiymati ilgari toliq chegirilgan mol-mulk; 9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling