Toshkent Moliya instituti Bank ishi fakulteti Mustaqil ish Mavzu
Download 20.68 Kb.
|
1 2
Bog'liqToshkent Moliya instituti
18-modda. Boshqaruvning majlislari
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkazib turiladi. Boshqaruv majlislarini Markaziy bank Raisi chaqiradi. Majlislar, shuningdek Boshqaruvning kamida uchta a’zosining talabnomasi bo‘yicha chaqirilishi mumkin. Boshqaruv majlislariga Markaziy bank Raisi, u bo‘lmagan paytlarda esa, o‘rinbosarlaridan biri raislik qiladi. Boshqaruv a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan Boshqaruv majlisi haqiqiy hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelgan taqdirda Markaziy bank Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Boshqaruv majlislari, qoida tariqasida, yopiq tarzda o‘tadi. Markaziy bankning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning funksiyalarini belgilash mumkin. Bunday fuknsiyalar jumlasiga: Baholar va to‘lov tizimining barqarorligi va himoya qilinishi maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda yagona davlat pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; Naqd pul emissiyasini monopol tarzda amalga oshirish va uning muomalasini tashkil etish; Qayta moliyalashtirish tizimlarini tashkil qilish va amalga oshirish; Bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini, tijorat banklarida hisob-kitob va hisobot ishlari tartiblarini belgilash; Kredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatiga olish, ularga litsenziya berish va litsenziyani qaytarib olish; Kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; Valyutani tartibga solish, valyuta nazoratini amalga oshirish; CHet davlatlari bilan hisob-kitob tartiblarini o‘rnatish; O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi istiqbollarini aniqlash, to‘lov balansini tuzish. Markaziy bank yuridik shaxs sifatida o‘z tashkiliy tuzilishiga va vakolatli boshqaruv organlariga ega. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘ylama (vertikal) boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan markazlashgan yagona tizimni tashkil etadi. Bunga Markaziy Mahkama (Respublika Markaziy banki), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi bosh boshqarmalar (yuridik shaxs maqomisiz), boshqa xududiy muassasalar, hisob-kitob markazlari, hisoblash markazi va boshqalar kiradi. Markaziy bankning hududiy muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘la olmaydilar, normativ-xuquqiy xujjatlar qabul qilish vakolatiga ega emaslar. Markaziy bank xududiy muassasalarining vazifa va vakolatlari MB boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan xududiy muassasalar to‘g‘risidagi Nizomga asosan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oliy organi MB boshqaruvi sanaladi. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv o‘n bir kishidan iborat bo‘lib, uning tarkibiga MB raisi, uning o‘rinbosarlari, shuningdek, uning asosiy bo‘limlarining boshliqlari kiradi. Boshqaruv a’zolarini MB Raisi taqdimnomasiga muvofiq, Oliy Majlis kengashi tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi vakolatlarga ega monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko‘lami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari me’yorini belgilaydi; Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi; banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek, pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi; banklar uchun iqtisodiy me’yorlarni tasdiqlaydi va ularga rioya etilishini kuzatib boradi; bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berish va ularni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qiladi; Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi; Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi; Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib chiqadi; Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi; Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi; Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo‘shatish, ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek, ularning kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishini tartibini qonun xujjatlariga muvofiq belgilaydi; Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi. Markaziy bank Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.Markaziy bank raisi: Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi; Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, Ushbu qonunga binoan Boshqaruv vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno; Boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi; Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqarish bo‘yicha harakatlarni amalga oshiradi; Oliy Majlis, hukumat, vazirliklar, idoralar, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish ko‘radi; ayrim masalalarni hal qilishni o‘zining o‘rinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining hamda xududiy muassasalarining rahbarlariga topshiradi. Markaziy bank Raisining vakolat muddati – besh yil. Markaziy bank Raisi quyidagi hollarda o‘z egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin: vakolat muddati tamom bo‘lganida; sabablarini ko‘rsatgan holdagi shaxsiy arizasiga ko‘ra; jinoyat sodir qilishda belgilangan tartibda aybdor deb topilganida; o‘z xizmat vazifasini salomatligi xolatiga ko‘ra bajara olmasligini asoslovchi davlat tibbiy komissiyasining xulosasi mavjud bo‘lganida; egallab turgan lavozimiga nomunosib hatti-harakatlar qilgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining “ Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunni qo‘pol tarzda buzgan, bank manfaatlariga jiddiy zarar etkazgani hollarda; qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra. Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Rais tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan vazifasiga tayinlanadi yoki ozod qilinadi. Markaziy bankning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning funksiyalarini belgilash mumkin. Bunday fuknsiyalar jumlasiga: 1) Baholar va to‘lov tizimining barqarorligi va himoya qilinishi maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda yagona davlat pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 2) Naqd pul emissiyasini monopol tarzda amalga oshirish va uning muomalasini tashkil etish; 3) Qayta moliyalashtirish tizimlarini tashkil qilish va amalga oshirish; 4) Bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini, tijorat banklarida hisob kitob va hisobot ishlari tartiblarini belgilash; 5) Kredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatiga olish, ularga litsenziya berish va litsenziyani qaytarib olish; 6) Kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; 7) Valyutani tartibga solish, valyuta nazoratini amalga oshirish; 8) CHet davlatlari bilan hisob-kitob tartiblarini o‘rnatish; 9) O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi istiqbollarini aniqlash, to‘lov balansini tuzish. Markaziy bank o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarish chog‘ida preventiv (oldini olishga qaratilgan), himoyaviy hamda ta’minlovchi chora-tadbirlarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tashkiliy funksiyasi barcha moliya hamda pul-kredit tizimlarini tashkil qilish, ular faoliyatini lozim darajada ushlab turishga qaratilgan. Markaziy bank kredit tizimiga mansub tashkilotlar oldiga pul barqarorligini ta’minlash, hisob-kitoblar samaradorligiga erishish vazifalarini qo‘yish bilan birga ushbu vazifalarni bajarilishida pul kredit siyosatini shakllantirish hamda ro‘yobga chiqarish orqali bevosita ishtirok etadi. Mamlakatda amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatining tarkibiy qismlari foizlar siyosatini, eng kam majburiy rezervlar siyosatini, ochiq bozor siyosatini, qayta moliyalashtirish, valyutani tartibga solish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri miqdoriy cheklovlar qo‘llash siyosatini o‘z ichiga oladi. Ushbu sohalarda Markaziy bank amalga oshiradigan siyosat aslida iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish vositalaridan bo‘lib sanaladi va tijorat banklari to‘lov qobiliyatini muayyan darajada saqlab turishga qaratilgan. Naqd pul muomalasini yo‘lga qo‘yish ham Markaziy bankning tashkiliy funksiyalaridan bo‘lib, naqd pullar va tanga-chaqalar emissiyasini amalga oshirish, pul birliklarini muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, rezerv banknotlar saqlanishi, tashilishi, ishlab chiqarilishini o‘z ichiga oladi. Naqd pulsiz hisob-kitob ishlarini tashkil qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy funksiyalardan sanaladi va bu funksiya kredit tashkilotlari korrespondentlik hisobvarag‘lari orqali banklararo hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yish, kredit tashkilotlariga bu sohada uslubiy yordam ko‘rsatish, naqd pulsiz hisob-kitob qoidalarini ishlab chiqish, qabul qilish va joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки – банк тизимини бошқарув сохасидаги давлат ижроя органи. Юридик шахс сифатида қонун хужжатларида к¤рсатилган доирада банк хизматлари к¤рсатади, молия бозорида иштирок этади Банк тизимини ва бошқа кредит ташкилотлари фаолиятини бошқаради, пул-кредит сиёсатини шакллантиради ва рўёбга чиқаради Ўз таркибидаги хизмат кўрсатувчи корхоналарни бошқаради, ўқув юртлари фаолиятига раҳбарлик қилади Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар, Тошкент шаҳридаги худудий бошқармаларга эга ва уларнинг хуқуқий мақомини белгилайди Fuqarolar xuquqlarini himoya qilish va bank-kredit tizimlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash Markaziy bank funksiyalari orasida alohida o‘rin tutadi. «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga asosan Markaziy bank: 1) tijorat bankini davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida qonuniylik va maqsadga muvofiqlijihatdantekshiradi; 2) iqtisodiy-majburiy rezervlarni belgilaydi; 3) banklarning faoliyati ustidan bevosita kundalik nazoratni olib boradi. Markaziy bank tomonidan qabul qilinadigan normativ xujjatlar kredit tizimini va pul-kredit munosabatlarini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning zarur xuquqiy mexanizmlarini belgilaydi va ushbu mexanizmlarni samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan yuridik shart-sharoitlar va kafolatlarni ta’minlaydi. Download 20.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling