Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili


Download 0.5 Mb.
bet2/5
Sana16.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1094892
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maqola Primova Mo\'tabar.. (1)

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Bank (italyancha: banco — stol) — kredit-moliya muassasasi, asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. Bozor iqtisodi sharoitida banklarining roli, ularning iqtisodga ta’siri o'sib bormoqda. Manbalarda keltirilishicha, Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi. Tijorat banklari tomonidan olib borilayotgan bank faoliyatiga bugungi kunda «Trast» xizmatlari ham kirib kelmoqda. Trast xizmatlari Respublika banklari uchun yangi hisoblansada uni o'zlashtirish sohasida ko'plab ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Jahon banklari ish faoliyatida axborotlami sotish va moliyaviy maslahatlar kabi xizmatlar ham keng o'rin olgan.
Tadqiqot Metodologiyasi
O‘zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir eta oluvchi qudratli tizimga aylangunga qadar uzoq evolyutsion rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘lda qator qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Mamlakatimizda so’nggi yillar davomida bank tizimini isloh qilish strategiyalaridagi asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatildi. Bank tizimini isloh qilish faoliyati yaqindan o’rganildi va ma’lumotlar bazasi yig’ildi. To’plangan ma’lumotlar asosida kuzatish va iqtisodiy tahlilni qiyoslash, tizimli yondashuv kabi uslublardan keng foydalanildi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling