Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti
Download 0.5 Mb.
|
Maqola Primova Mo\'tabar.. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Primova Mo’tabar Guruh: Bank ishi va auditi 71-guruh Qabul qildi: Xudayarova X TOSHKENT- 2023
- Kalit so’zlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BANK ISHI FAKULTETI “BANK ISHI “ KAFEDRASI “TADQIQOT METODOLOGIYASI” FANIDAN TAYYORLAGAN MAQOLA MAVZU: 2020-2025-YILLARGA MO’LJALLANGAN BANK TIZIMINI ISLOH QILISH STRATEGIYASI Bajardi: Primova Mo’tabar Guruh: Bank ishi va auditi 71-guruh Qabul qildi: Xudayarova X TOSHKENT- 2023 2020-2025-YILLARGA MO’LJALLANGAN BANK TIZIMINI ISLOH QILISH STRATEGIYASI Primova Mo’tabar Abdusalom qizi Toshkent Moliya instituti talabasi Annotatsiya Ushbu maqolada 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish jarayonidagi Jahon banki bilan hamkorlik, xususan, islohotlar jarayonidagi asosiy tavakkalchiliklar va ularni minimallashtirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish maqsadida boshqa davlatlarda amalga oshirilgan bank tizimidagi islohotlarning ijobiy va salbiy tomonlari keng o’rganildi va natijada muhim xulosalar shakllantirildi. Kalit so’zlar: Bank sektori, transformatsiya, moliyaviy barqarorlik, kredit portfeli, investitsiyalar, korporativ boshqaruv, aktivlar va passivlar Kirish Bugungi kunda davlatimiz tomonidan bank tizimini isloh qilish borasida juda ko’p sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Ta’kidlash lozimki, respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotni kreditlash ko‘lamini kengaytirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari spektorlarini ko‘paytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirish imkonini beradi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonga muvofiq bank sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilmoqda. Mazkur hujjat bilan 5 yilga mo‘ljallangan strategiya va yo‘l xaritasi tasdiqlanmoqda. Ushbu strategiyada belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko'rsatkichlarining barqaror o'sishini ta'minlagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish va liberallashtirishda muhim omil bo'ldi. Bu va boshqa normativ hujjatlarda bank sohasidagi islohotlar, ya’ni, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va kengaytirish – bunda asosiy eʼtibor mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar, kreditlash mexanizmlari va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilmoqda. Bu esa o’z navbatida banklarni o‘zgartirish va xususiylashtirish, kadrlar malakasini oshirishga, hamda bu asosda yangi tushunchalar va yondashuvlarni shakllantirishga zarurat tug’diradi. Shuningdek, ushbu strategiya asosida bank nazorati bo‘yicha qonunchilik bazasini takomillashtirish – bunda Bazel qo‘mitasi standartlari, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va boshqalarni joriy etish ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashishini taqiqlash bank tizimining islohotga erishishida muhim rol o’ynaydi. Shu jihatdan olib qaraganda biz tadqiq etayotgan “Bank tizimini isloh qilish strategiyasi ” mavzusi o’ta dolzarb ilmiy masala hisoblanadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling