Toshkent moliya instituti “Bank ishi” kafedrasi “Pul va banklar” fani Ma'ruza rejasi - O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi.
- O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining zamonaviy holati.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining dastlabki yillarida mamlakat bank tizimi mavjud emas edi. Chunki, mamlakatda atigi SSSR Davlat bankining O‘zbekiston Respublikasi boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat bankining filiali, Qurilish bankining filiali va Davlat mehnat omonat jamg‘arma kassalarining viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlarigina faoliyat ko‘rsatar edi. 1. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi 1991 yil 7 sentyabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi. Mamlakat hududida xalqaro hisob-kitoblar ilk bora ana shu bank orqali amalga oshirila boshlandi, respublikaning valyuta mablag‘larini jamlash va ulardan aniq maqsadni ko‘zlab foydalanish imkoniyati vujudga keldi. 1. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi 1994-1995 yillarda avtomobil' sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Asakabank”, g‘alla yetishtirishni moliyalashtirishni ta'minlash uchun “G‘allabank”, agrar soha korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Paxtabank”, kichik va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy ta'minlashni takomillashtirish maqsadida “Tadbirkorbank” tashkil etildi. Keyinchalik ushbu banklarning resurs va mijoz bazasi kengayib, ular universal tijorat banklariga aylantirildi. 1. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi 362-sonli “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 1995 yil 9 noyabrdagi “O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, tijorat banklarini 1994 yildan 1997 yilning 31 dekabriga qadar soliq to‘lovlaridan ozod qilinishi ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan ta'minlash imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |