1995 yil 21 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, 1996 yil 25 aprelda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi bank tizimining qonunchilik bazasini shakllantirish yo‘lidagi jiddiy qadam bo‘ldi. Pul-kredit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijasi o‘laroq, inflyasiya darajasini keskin pasaytirishga muvaffaq bo‘lindi. 1994 yilda inflyasiyaning yillik darajasi 1132 foiz bo‘lgan bo‘lsa (haqiqiy giperinflyasiya), 1997 yilda ushbu ko‘rsatkich 27,6 foizni tashkil etdi. 1. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori hal qiluvchi rol' o‘ynadi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi ikki pog‘onali bo‘lib, birinchi pog‘onada Markaziy bank turadi, ikkinchi pog‘onada tijorat banklari turadi. 2022 yilning 1 yanvar' holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi kredit tizimida 165 ta kredit tashkiloti mavjud. Shundan: * tijorat banklari – 32 ta *lombardlar – 66 ta *mikrokredit tashkilotlari – 67 ta O‘zbekiston tijorat banklarining aktivlari miqdoriga ko‘ra tarkibi, 2021 yil 1 yanvar holatiga
Aktivlar miqdori
|
Tijorat banklari soni
|
3 trln. so‘mgacha
|
13
|
3 trln. – 10 trln. so‘m
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |