Toshkent moliya instituti banklarda buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi banklarda buxgalteriya hisobi fanidan
Download 89 Kb.
|
BI-60 Nishonov Ibrohim Kurs ishi(1)
Egalik qiluvchining so‘mdagi maxsus kart hisobvarag‘ini naqd pul bilan to‘ldirilishi Ipoteka bank filialining kassasi orqali amalga oshiriladi. Bunda egalik qiluvchi naqd pul topshirish to‘g‘risidagi blankani to‘ldirishi lozim. Sundan so‘ng mas’ul shaxslar imzolari bilan pul kassaga topshiriladi. egalik qiluvchiga bir nusxa kvitansiya, operatsionistga esa order beriladi, kassirda bildirishnoma qoladi. Kassani naqd pul bilan to‘ldirish va naqd pul qoldiqlarini topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir» Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Ya’ni: a) kassir pulni qabul qilib olib orderni imzolaydi va uni plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi nazoratchisiga beradi; b) bundan so‘ng egalik qiluvchi bankomat orqali yoki rider orqali plastik kartni mablag‘lari bilan to‘ldirilishini amalga oshirishi mumkin. Bunda plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimida so‘mdagi maxsus kart hisobvarag‘ini naqd pul bilan to‘ldirish summasiga pul o‘tkazish bajariladi, bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: D-t 10101 «Kassadagi naqd pul» K-t 22618 «Jismoniy shaxslarning plastik kartlar bo‘yicha majburiyatlari»; Operatsion kun oxirida shu operatsion kun mobaynida plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimida pul mablag‘larini o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilgan barcha operatsiyalar to‘lov hujjatlari sifatida avtomatlashtirilgan bank tizimiga uzatiladi. So‘mdagi maxsus karta hisobvarag‘i boshqa so‘mdagi maxsus kart hisob varag‘idan naqd pulsiz to‘ldirilishi ham mumkin. Ushbu operatsiya summani beruvchi plastik kart egasi arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bunda «DUET” dasturida maxsus tranzit hisob raqami ochilib, shu hisob raqam orqali operatsiya amalga oshiriladi. Naqd pulsiz to‘ldirish (ish xaqini o‘tkazilishi) «DUET» dasturida maxsus kontragent hisobvarag‘i ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu kontragent hisobvarag‘i orqali ish haqi har bir xodimning hisobvarag‘iga tashlanadi. «So‘mdagi plastik kart» omonatlari bo‘yicha foiz stavkasining miqdori va turi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining qayta moliyalash stavkasiga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin. Plastik kartlar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimida egalik qiluvchilarning so‘mdagi maxsus kart hisob varaqlari bo‘yicha foizlar avtomatik tarzda hisoblanadi va oyda bir marta foizlar egalik qiluvchi hisobvarag‘iga tashlanadi. Bank filiallarida bankomatlarni joylashtirish va kassir tomonidan bankomatga pul qo‘yish tartibi kuyidagicha amalga oshiriladi.Plastik kartlar bilan ishlash bo‘limi kassiri bankomatni doimiy tarzda ishlashini ta’minlaydi. Buning uchun u bankomatga pul qo‘yadi va boshqa operatsiyalarni bajaradi. SHu bilan birgalikda kassir bankomatga pul qo‘yishda va olishda bankomat tomonidan chiqariladigan cheklarni yig‘adi. Kassir bankomatdagi naqd pul uchun javobgar hisoblanadi. Bank binosida joylashgan bankomatlarga naqd pul plastik kartochkalar bilan ishlash bo‘limi kassiri tomonidan kuyiladi. Buning uchun kassir chiqim orderi yozadi va uni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi. Kassir kassa chiqim orderi orkali naqd pulni bank kassasidan olib bankomatga qo‘yadi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: K-t 10101 «Kassadagi naqd pullar»; D-t 10107 «Bankomatlardagi naqd pullar»; Bankomat kassiri naqd pulni bankomatga qo‘yish uchun kassadan olingan naqd pullarni bankomat kassetalariga ularda ko‘rsatilgan banknot nominaliga muvofiq ravishda joylaydi. Bankomat kassiri banknotlarni kassetalarga joylashda ularni diqqat bilan belgilangan tartibda joylashtirishi zarur. Banknotlarni kassetalarga to‘g‘ri qo‘yilishi bo‘yicha javobgar shaxs kassir bo‘lib hisoblanadi. Pullar bankomat kassetalariga joylangandan so‘ng kassetalar yopiladi, kassetalar kaliti esa seyfda qoldiriladi. Bankomat kassetalari almashtirilishidan oldin bankomatning xizmat ko‘rsatish davri yopiladi va bu haqda bankomatdan chek olinadi. Kassetalar almashtiriladi va kassetalardagi banknotlar soni o‘rnatiladi. Bankomatning xizmat ko‘rsatish davri ochiladi va bu haqda bankomatdan chek olinadi. Olingan cheklar hisobot uchun saqlanadi. Plastik kartochkalar bilan ishlash bo‘limining kassiri kassetalarni yopilganligini tekshirib ko‘rgandan so‘ng kassetalardagi qoldiq summani amaliyot kirim kassasiga kassa kirim orderi bilan topshiradi. Kassa kirim orderi belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va quyidagicha buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: K-t 10107 “Bankomatlardagi naqd pullar”; D-t 10101 “Kassadagi naqd pullar”; Bankdan tashqarida joylashgan bankomatlarga naqd pul qo‘yish plastik kartochkalar bilan ishlash bo‘limi kassiri tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun amaliyot kassiri chiqim orderi yozadi va uni belgilangan tarzda rasmiylashtiradi. Bankomat kassiri pulni olgandan so‘ng kassa chiqim orderini imzolaydi va birinchi nusxasini amaliyot kassiriga qoldiradi ikkinchi nusxasini hisobot uchun o‘zida qoldiradi. Kassa chiqim orderi belgilangan tartibda kassa chiqim reestrida qayd qilinadi va quyidagicha buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: K-t 10101 «Kassadagi naqd pullar»; D-t 10107 «Bankomatlardagi naqd pullar». Bankomat kassiri bankdan tashqaridagi bankomatga qo‘yish uchun olingan naqd pullarni bankomat kassetalariga ularda ko‘rsatilgan banknot nominaliga muvofiq ravishda joylaydi. Pullar bankomat kassetalariga joylangandan so‘ng kassetalar yopiladi, kassetalar kaliti esa seyfda qoldiriladi. Kassetalarni bankdan tashqaridagi bankomatlarga olib borib joylashtirish uchun Ishlar bo‘limidan navbatchi mashina olinadi, plastik kartochkalar bilan ishlash bo‘limi kassiri bilan qo‘riqlash xizmati xodimi nazoratchi sifatida birga boradi va pullar bankdan tashqaridagi bankomatga belgilangan tartibda joylashtiriladi. Pullarni to‘g‘ri qo‘yilishi bo‘yicha javobgar kassir hisoblanadi. Bankdan tashqaridagi bankomatlardagi almashtirilgan kassetalar bankka olib kelinadi. Plastik kartochkalar bilan ishlash bo‘limi kassiri qoldiq summani amaliyot kirim kassasiga kassa kirim orderi bilan topshiradi. Kassa kirim orderi belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va quyidagicha buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: K-t 10107 “Bankomatlardagi naqd pullar”; D-t 10101 “Kassadagi naqd pullar”. Bankomatga tegishli kalitlar plastik kartochkalar bilan ishlash bo‘limi kassirining seyfida saqlanadi va moddiy javobgarlik kassirning zimmasiga yuklatiladi. Plastik kartochkalar bo‘limi boshlig‘i bankomatlarga naqd pul qo‘yilishi va hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilayotganligini oyida kamida bir marta tekshirish o‘tkazish orqali nazorat qilib boradi va tekshirish to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma belgilangan tartibda saqlanadi. So‘mdagi maxsus plastik kart hisobvarag‘idan naqd pul mablag‘larini bank kassasida terminal orqali olishda bank plastik karti egasi bankning filiallari kassalaridan naqd pul mablag‘larini olishlari mumkin. Ushbu kassa nazoratchisi shaxsiy kompьyuter va terminal bilan yoki faqat terminalni o‘zi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Plastik kartochka orqali naqd pul berish operatsiyasi (kassir) nazoratchining 10107- «Bankomatlardagi naqd pullar» hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi. Bank filiallaridan naqd pul olish uchun egalik qiluvchi o‘zining plastik kartini ko‘rsatishi lozim. Egalik qiluvchi plastik kartochkasidan, egalik qiluvchi tomonidan aytilgan mablag‘ni olinishini nazoratchi egalik qiluvchi tasdig‘i bilan amalga oshiradi. Kassa terminalidan naqd pul mablag‘i olish operatsiyasi amalga oshirilganidan so‘ng chek 2 nusxada chop etilib, saqlovchiga 1 nusxasi beriladi, 2 nusxasi kassirda kunlik imzolanib tikilib boriladi. Agar chek oxirigacha chop etilmasa yoki egalik qiluvchi (derjatelь) ushbu operatsiyani tasdiqlamasa, operatsiya amalga oshirilgan deb hisoblanmaydi. CHek rekvizitlari: a)plastik kart tartib raqami; b)olinayotgan summa; v)naqd mablag‘ olish vaqti va kuni; g)mijoz plastik kartini amal qilish muddati. Naqd pul mablag‘larini berish bo‘yicha operatsiyalarning amalga oshirilishiga qarab terminal plastik kartida elektron ko‘rinishda so‘mdagi plastik kart egalariga naqd pul mablag‘larini berish yuzasidagi o‘tkazilgan barcha operatsiyalar to‘g‘risida axborot to‘planadi. Plastik kart to‘liq to‘lganda yoki kun oxirida operatsionist tomonidan terminal plastik karti DUET tizimida inkassatsiya qilinadi. Bank filiallarida bankomat va kassa terminali uchun 10107- «Bankomatlardagi naqd pullar» hisobvarag‘i ochilishi lozim. Egalik qiluvchi (derjatelь) plastik kart bilan kassadagi terminal orqali naqd pul olganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: D-t 22618 «Jismoniy shaxslarning plastik kartlar bo‘yicha majburiyatlari» K-t 10107 «Bankomatlardagi naqd pul». Agar boshqa bank mijozlari naqd pul olsa unda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: D-t 19997 “Boshqa aktivlar” K-t 10107 «Bankomatlardagi naqd pul». Terminalga naqd pul olish Paxta Bank filiallarida plastik kart bo‘limi kassiri tomonidan amalga oshiriladi. Naqd pul Paxta Bank filiallarida 3 kun muddatgacha saqlanishi mumkin. Naqd pul kun oxirida amaliyot kechki kassiriga belgilangan tartibda topshiriladi va keyingi kun boshida belgilangan tartibda qaytarib olinadi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki Respublikamizda plastik kartochkalar orqali operatsiyalarni amalga oshirish, amalda mavjud bo‘lna qonunlar me’yoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi va nazorat qilinadi. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling