Toshkent moliya instituti banklarda buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi banklarda buxgalteriya hisobi fanidan


Plastik kartochkalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi


Download 89 Kb.
bet2/12
Sana01.03.2023
Hajmi89 Kb.
#1239064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BI-60 Nishonov Ibrohim Kurs ishi(1)

1. Plastik kartochkalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi

Plastik kartochkalar foydalanilgan xolda hisob-kitoblarni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning 2020-yil 13-apreldagi 3229-sonli «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob kitoblar to‘g‘risida»gi «Nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi.


Bankning korporativ kartochkalaridan foydalanish tartibi «Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2019 yil 10 yanvardagi ; 1470-3-sonli Nizomi asoslab berilgan. Korporativ bank kartalarining emissiyasi «Tijorat banklari tomonidan bank kartochkalarini chiqarish va ularni O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi markaziy bankning 2019 yil 4 iyuldagi № 1344 sonli Nizomiga muvofiq olib boriladi.
Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan personifitsirlangan to‘lov vositasi bo‘lib kartochka egasining tegishli bankdagi schyoti mablag‘ borligiga guvohlik beriuvchi va naqd pul to‘lanmasdan tovarlar, ish va hizmatlarni sotib olish huquqini o‘zida aks ettiradi. Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomonidan va mahsulotni realizatsiya qiluvchi, ishni bajaruvchi yoki xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ikkichi tomondan turib o‘zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shaxobchalardan va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishda ko‘llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni muomilaga chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatishlari mumkin, bunda ular xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq operatsiyalarni o‘tkazish qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasi naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida nizomga amal qilishlari kerak bo‘ladi.
Plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan sharnoma quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
a)tomonlarining nomi;
b) shartnoma predmeti;
v) tomonlarining xuquqlari va majburiyatlari;
g) tomonlarning javobgarligi;
d) hisob-kitoblarning o‘tkazish shartlari;
e) sharnomani amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
j) nizolarni echish tartibi;
z) tomonlarning yuridik manzili.
Tegishliligiga ko‘ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ xillariga bo‘linadi:

  • SHaxsiy kartochka – bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;

  • Oilaviy kartochka - bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ushlovchining ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;

  • Korparativ kartochka – bu yuridik shaxslar va yuridik shaxsni tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga berilgan plastik kartochka. Korporativ kartochkalardan ish haqi va boshqa ijtimoiy tusdagi to‘lovlarni to‘lash, shuningdek naqd pul mablag‘larini to‘lashda foydalanish mann

Harakatlanish rejimiga ko‘ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga bo‘linadi:



  • Debit – ulardan foydalanish uni ushlovchiga emitent va mijoz o‘rtasidagi shartnoma shartlariga binoan uning kartochka schyotida mavjud bo‘lgan pul vositalaridan tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga haq to‘lashda

  • foydalanish va yoki naqd pul vositalarini (korparativ kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini beradigan kartochka;

  • Kredit – undan foydalanish uni ushlovchi emitent bilan tuzilgan shartnomaga asosan, tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to‘lash va yoki naqd pul vositalarini olish uchun (korparativ kartochkalardan tashqari) emitent tomonidan berilgan kredit liniyasi hajmida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan kartochka;

  • Elektron xamyon - jismoniy shaxsning kartochkasi bo‘lib, undan foydalanish uni ushlovchi tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to‘lash va yoki plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘lari chegarasida naqd pul mablag‘larini olishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Bita kartochkadan bir necha «elektron xamyonlar» joylashishi mumkin. Personalizatsiya qilingan plastik kartochkaga quyidagi rekvizitlar yozilishi kerak:





  • Identifikatsiyalovchi ma’lumotlar (kartochkaning tartib raqami, seriyasi va boshqalar);

  • Bank-emitentning (plastik kartochkalari muomilaga chiqaruvchi bankning) xos raqami;

  • Schyotning tartib raqami va kartochka ushlovchining familiyasi, ismi, sharifi (tashkilotning nomi);

  • Kartochkaning amal qilish muddati.

Agar plastik kartochkalar bir necha hamyon mavjud bo‘lsa birxillashtiruvchi ma’lumotlar har bir hamyonni bir xil ma’noda birxillashtirishi kerak bo‘ladi. Ko‘rsatilgan rekvizitlardan tashqari, kartochkaga operatsiyani amalga oshirish va hisob olib borish uchun zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar ham kiritish mumkin.
Qaytadan personalizatsiya qilish uchun qaytarilgan plastik kartochkalarning hisobi 93609-sonli «Saqlanadigan boyliklar» nomi ko‘zda tutilmagan holatlar schyotining alohida shaxsiy schyotida yuritiladi. Plastik kartochkalardan foydalanilgan holda o‘tkaziladigan operatsiyalar qog‘ozda ifoda etiluvchi (slip, elektron daftaridan xujjat), shuningdek hisob-kitob ishtirokchilari o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa xujjatlarni (bankomat kvitansiyalari va boshqlar) tuzishni ko‘zda tutadi.
Hujjatlar hisob-kitobda ishtirok etuvchi tomonlarga etarli bo‘lgan nusxalarda tuziladi.
Kvitansiyalar o‘tkazilgan operatsiyalarni qo‘lda tiklash uchun etarli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Plastik kartochkalardan foydalanilgan holda o‘tkazilgan operatsiyalar davomida tuzilgan xujjatlarning rekvizitlari o‘z ichiga plastik kartochkalar rekvizitlari bilan plastik kartochkalarni ushlovchilarning bankdagi schyotlari rekvizitlari o‘rtasidagi, shuningdek korxonalarni tenglashtiruvchi, PVN, bankomatlar va bank schyotlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ishonchli tarzda belgilashga imkon beruvchi belgilarga ega bo‘lishi shart.
Elektron xujjatlar bank-ekvayerga (savdo yoki servis xizmati ko‘rsatuchi bank), bank-emitentga yoki shartnomada qayd etilgan Davriy kliring markaziga jo‘natiladi.
Bitta bankning bo‘linmalari o‘rtasida plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar texnologiyasi, ishlatiladigan plastik kartochkalarning turi va o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Bosh bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Plastik kartochkalar bo‘yicha banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblar quyidagi variantlarni ko‘zda tutadi:
a) hisob-kitoblarni amaldagi elektron to‘lovlar tizimi (ETT)orqali umumiy asosida o‘tkaziladi;
b) kun davomida o‘zaro majburiyatlarni yakuniy majburiy hisob-kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini tijorat banklarining korrespondent schyotlari hisobiga o‘tkazish yordamida hisob-kitoblar ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markaziy orqali hisob-kitoblarni o‘tkazish.
ETT orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha umumiy hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) bank-emitent tomonidan o‘tkazilgan avtorizatsiya hisob-kitoblarda:
a) plastik kartochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko‘rsatilgan savdo yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron xujjatlar asosida bank-ekvayer uning schyotiga mablag‘larni o‘tkazadi, bunda avtomatik tarzda debetli elektron memorial order shakllanadi va elektron to‘lovlar tizimi orqali bank-emitentga jo‘natiladi;

  • bank-emitentda debetli elektron memorial order asosida dasturiy tarzda kartochka schyotida mablag‘lar hisobidan chiqariladi. Debetli elektron memorial order qog‘ozga chiqariladi va kunlik xujjatlar yig‘imasiga tikiladi;

2) bank-emitent tomonidan majburiy ravishda oldindan avtorizatsiya qilingan hisob-kitoblarda:

  • texnologiyalardan foydalanish qoidalariga muvofiq plastik kartochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko‘rsatilayotgan savdo yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron xujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik tarzda elektron xabarnoma shakllanadi va provodkalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun ETT orqali bank-emitentga jo‘natiladi; bank-emitent olingan elektron xabarnoma asosida tranziaksiyani avtorizatsiya qiladi, elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha savdo va servis xizmati korxonalarning talab olinuvchi depozit schyotiga mablag‘larni o‘tkazish uchun bank-ekvayerga elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha yuboriladigan, mijozning kartochka schyotidan mablag‘larni hisobdan chiqarish uchun elektron memorial orderni avtomatlashgan xolda shakllantiradi;




  • bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida bank-ekvayerga savdo va servis xizmati korxonalarning talab olinuvchi depozit schyotiga mablag‘larni amalga oshiriladi. Memorial order qog‘ozda chiqariladi va bankning kunlik xujjatlari yig‘masiga tikiladi.

Protsessing markazlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi (1-chizmaga qarang).


1-chizma



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling