Toshkent moliya instituti bitiruv ishi oldi malakaviy amaliyot hisoboti yozish bo


BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI AMALIYOTINING


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1562608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
BMI hisoboti 2-OT BHA 13.03.2023

 


BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI AMALIYOTINING 
MAQSADI VA VAZIFALARI 
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o‘tishdan asosiy maqsad talabalarda 
“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo'yicha muayyan darajada egallagan 
nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitish, talabalarda amaliy ko‘nikmalami 
hosil etish nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashdan iboratdir. 
Oliy ta'lim muassasalari talabalari nazariy bilimlardan tashqari xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarda (byudjet tashkilotlar, bank muassasalari, soliq inspeksiyalaridan tashqari) 
o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaydi hamda amaliyot ishlarini bevosita 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘tkazishlari mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarining faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan ishlarning tashkil 
etilishini hamda talabalar oliy ta'lim muassasasida olgan nazariy bilimlarni amaliyotga 
tadbiq etishni o’rganishdan hamda yakuniy kursda tayyorlanadigan bitiruv malakaviy 
ishlarga amaliy ma'lumotlar to'plash va ularni tahlil qilishdan iboratdir. Shuningdek, 
amaliyot davrida talabalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining umumiy faoliyatida va 
jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim 
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 
iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot 
sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” 
PQ-3151-son hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini 
oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda 
faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3775-
sonli qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 
30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy 
ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti haqida”gi Nizom talablariga mos 
ravishda ishlab chiqilgan hamda Toshkent moliya instituti kengashi tomonidan 
tasdiqlangan dastur asosida bitiruvoldi malakaviy amaliyot tashkil etiladi. 
Ushbu amaliyot orqali talabalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida buxgalteriya 
hisobini tashkil etilishi va yuritilishi, ularni xujjatlashtirish jarayni hamda auditni 
o‘tkazish tartiblari bilan tanishish, moliyaviy hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish 
ahamiyati bilan yaqindan tanishib bilimlarini yanada mustahkamlaydilar. 
Umuman olganda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti - ta'limning yakuniy 
bosqichi hisoblanadigan, talabalar tomonidan nazariy va amaliy o'quv dasturlari 
o'zlashtirilgandan so'ng bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo'yicha materiallar 
to'plashdan iboratdir. 
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti davomida tahlil qilingan moliyaviy 
hujjatlar hisobotga ilova qilinishi lozim. 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling