Toshkent moliya instituti Budjet hisobi va g’aznachilik
-jadval SDRning valyuta savati5
Download 60.84 Kb.
|
Kurs ishi iqtisodiyot nazariyasi Aliqulov Sunnat
3-jadval
SDRning valyuta savati5
3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadi-ki, SDRning valyuta savati har 5 yilda ko‘rib chiqiladi va unda AQSH dollarining salmog‘i sezilarli darajada yuqoridir. 1976 -78 -yillarda Yamaykada Jahon valyuta tizimini yuzaga keltirish maqsadida o'tkazilgan davlatlararo kelishuvda davlatlar qarz majburiyatlarini va boshqa to'lovlarini oltin bilan qoplash huquqidan mahrum bo'ldilar. 1976 -yil 1-yanvaridan boshlab Xalqaro Valuta Fondi tomonidan oltinning qat'iy beligilangan jahon bahosi bekor qilindi. Qat'iy belgilangan valuta kursining bekor qilinishi: ■ valyutaning xavf—xatarini kuchaytiradi; ■ xalqaro savdoda kapital kreditlar harakati xavfli bo'lib qoladi. Chunki birgina valuta kursining o'zgarishi natijasida millionlab zarar ko'rish mumkin. Masalan, Germaniyada Folksvagen kompaniyasi 1985 -yilda birgina shu sabab tufayli 483 million dollarini yo'qotgan. Xalqaro valuta fondi erkin suzib yuruvchi kurslarga o'tishni tavsiya etgandan so'ng: ❖ xalqaro kreditlarni to'lash qiyinlashib qoldi; ❖ davlatlar birin —ketin to'lovga noqobilligini e'lo n qila boshladi; Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi. Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati valyuta nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, erkin valyuta kurslariga o‘tilishi bilan bu faoliyat yo‘nalishi o‘zgarib, 1978 yili XVFning Nizomi qayta ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, valyutani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat funksiyalarini kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuvlar hamda asossiz kurs nisbatlariga ta’sir o‘tkazish dastaklarini kengaytirish ko‘zda tutildi. XVF mamlakatlarning to‘lov balanslarini va tashqi qarzlarini tartibga solish maqsadida kreditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat o‘zining iqtisodiy siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan o‘zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturi ko‘rinishidagi bunday o‘zgarishlar fond bilan kelishilgan holda amalga 765 oshiriladi va bunga mamlakatning to‘lovga layoqatligi to‘g‘risidagi o‘ziga xos xalqaro guvohnoma sifatida qaraladi. 1970 yildan boshlab XVF xalqaro to‘lov va zaxira vositalari – qarz olishning maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko‘rinishida bo‘lmay, faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari ko‘rinishida amal qiladi va fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o‘rtasidagi hisoblashuvlarda foydalaniladi. Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi – EKYu muomalaga kiritildi. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u quyidagilarni taqozo etadi: -moliya bozorlarining to‘liq integratsiyalashuvi; -kapitallar harakatining to‘liq erkinlashuvi; -barcha valyutalarning to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish. Hozirgi davrda mamlakatlar o'rtasidagi valuta munosabatlari to’lov vositasi jahon puli asosida amalga oshriladi. Shunday pul tarzida asosan AQSH dollari qabul qilingan. Milliy valutalar kursi bir-biriga va AQSH dollariga qiyoslanib ularning qiymat nisbati aniqlanganda valuta munosabati paydo bo'ladi. Davlatlararo hisob -kitob yagona valutada yuritilishi uchun aniq belgilangan valuta kursi talab qilinadi. Valyuta kursi barqaror bo'lishi zarur. Shu boisdan xalqaro aloqalarda suzib yuruvchi (tebranuvchi) valyuta kursi ma'qul topilgan. Bu ma'lum chegara doirasidagina o'zgarib turadigan valuta kursi bo'lib, uni me'yoriy deb atash mum kin. Mazkur kurs uning yuqori va quyi chegarasi doirasida o'zgarib turadi. Barcha valutalar kursi AQSH dollari orqali belgilanadi. U yagona to'lov vositasi bo'lganidan hamma valutalarning kursi dollarda ifodalanadi. Ularning o'zaro kursi ham dollar orqali ifodalanadi. Milliy pul birliklarini xalqaro hisob -kitoblarda qatnashishi mamlakatning rivojlanish darajasini, uni jahon ayirboshlashdagi o 'rnini ishonchli tadbirkor, sherik sifatida ifodalaydi. O 'zbekiston 1992 -yilda xalqaro valuta fondi va Umumjahon Bankining teng huquqli a'zosi bo'ldi. Jadal sur'atlar bilan xalqaro valuta munosabatlarini kengaytirmoqda va shuning uchun milliy valutani mustahkamlash, uning xarid quvvatini oshirish respublika ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishiniing hozirgi bosqichidagi dolzarb vazifa hisoblanadi. Hozirgi paytda oltin o'zining asosiy to'lov, hisob —kitob vositasi xususiyatini yo'qotgan bo'lsa-da, u har qanday mamlakat valyuta rezervlarining asosiy qismini tashkil etadi va undan ayrim hollarda muhim tashqi savdo operatsiyalarga xizmat ko'rsatish va kreditlarni kafolatlashda foydalaniladi. Oltin birinchi marta XVIII asrning oxirida Buyuk Britaniyada (1816 —yil) monometalizm shaklida ekvivalent bo'lgan. Monometalizm — bu ham pul tizimida mustaqil unsur bo'lib, bunda bitta metallga barcha tovarlar qiym tini o'zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent roli beriladi. Muomalada metalldan zarb qilingan tangalar va o'sha metallga tenglashtiriladigan qiymat belgilari yuradi. Tarixan uzoq vaqt davomida bunday umumiy ekvivalent vazifasini oltin bajarib keldi. Oltin moneta standarti quyidagi iqtisodiy holatning namoyon bo'lishini anglatadi: Download 60.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling