Toshkent moliya instituti Budjet hisobi va g’aznachilik


-jadval Valyutalarning xalqaro amaliyotda belgilanishi


Download 60.84 Kb.
bet7/9
Sana21.04.2023
Hajmi60.84 Kb.
#1376214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi iqtisodiyot nazariyasi Aliqulov Sunnat

4-jadval
Valyutalarning xalqaro amaliyotda belgilanishi





Davlatlar

Pul birligi



Davlatlar

Pul birligi

1

Avstraliya

AUD(dollar)

11

Qozog’iston

KZT(tenge)

2

Braziliya

BRL(reali)

12

Meksika

MXP(peso)

3

Kanada

CAD(dollar)

13

Yangi Zellandiya

NZD(dollar)

4

Belorussiya

BYR(rubl)

14

Rossiya

RUB(rubl)

5

Shvetsariya

CHF(framk)

15

Singapur

SGD(dollar)

6

Xitoy

CYN(yuan)

16

Turkiya

TRL(lira)

7

Angliya

GBP(funt )

17

Ukraina

UAH(grivna)

8

Isroil

ILS(shekeli)

18

AQSH

USD(dollar)

9

Hindiston

INR(rupiya)

19

O`zbekiston

UZS(so`m)

10

Yaponiya

JPY(iena)

20

Janubiy Afrika

ZAR(rendi)



Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir qismi xalqaro valyuta munosabatlari hisoblanadi. Valyuta – bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so‘m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o‘zining milliy valyuta tizimiga ega bo‘ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qilish shaklini ifodalaydi. Valyuta munosabatlarinig elеmеntlari qadimiy antik davrga borib taqalgan bo‘lib, qadimiy Grеtsiya va Rimda vеksеl ko‘rinishida va pulni maydalash hamda ayirboshlash ko‘rinishida bo‘lgan . Valyuta munosabatlarining kеyingi rivojlanish davri o‘rta asrlarga to‘g‘ri kеladi. Bu davrda g‘arbiy Yevropada o‘tkazma vеksеllari bo‘yicha savdo markazlari tashkil qilingan, Shular jumlasiga Liondagi vеksеl yarmarkasini kiritishimiz mumkin. Fеodal ishlab chiqarishdan kapitalistik ishlab chiqarishga o‘tilishi natijasida xalqaro hisob-kitoblarning banklar orqali amalga oshirilishi juda tеz rivojlandi.Valyuta munosabatlari – tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog`liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan,valyuta bilan bog`liq munosabatlardir.
Xalqaro valyuta tizimi - xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli7.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:
- asosiy xalqaro to‘lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro
valyuta birliklari - SDR, Yevro);
- valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;
- xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish tartibi;
- valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;
- xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;
- valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Bundan ko‘rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlarideyarli bir xil bo‘lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibgasolinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.Jahon valyuta tizimi o‘zining rivojlanishida uchta bosqichdano‘tdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkilqilishning o‘z tiplari mos keladi. Birinchi bosqich 1879-1934-yillami o‘z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi valyuta tizimiustunlikka ega bo‘lgan. Ikkinchi bosqich 1944-1971-yillami o‘zi chiga olib, bunda oltin-devizli (Breton-Vuds tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo‘lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. Uchinchi bosqich, ya’ni hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971-yilda tashkil topgan bo`lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko‘pincha o‘z valyutalarining xalqaro qiymatini o‘zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi. Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud boiishini ko‘zda tutadi. Banklar o‘zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Oltinni erkin chiqarish va kiritish Xalqaro to`lovlami muvofiqlashtirish vositasi boiib, xizmat qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya’ni:
a) o‘z pul birligining ma’lum oltin mazmunini o‘matadi;
b) o‘ziningoltin zaxirasi va pulning ichki taklifi o‘rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi;
v) oltinning erkin eksport va importiga to‘sqinlik qilmaydi.
Oltin strandart pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi. Oltin standart sharoitida, turli mamlakatlar pul birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo‘yicha o‘matiladi. Oltin standart barbod bo`lgandan keyin, valyuta sohasini tartibga solishning o‘zaro maqbul yo`liini topishga harakat qilindi. Yangi
jahon valyuta tizimi asoslarini ishlab chiqish maqsadida, 1944-yil Bretton-Vuds(AQSH) ittifoqchi davlatlarning xalqaro konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiyada o‘zaro bogiiq valyuta kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va bu ko‘pincha Bretton-Vuds tizimi deb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin standartdan keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valyuta standard (AQSH dollari) yotadi va bu yerda rezervlar sifatida oltin va dollar chiqadi.Dollarning oltinga almashinishi rasman to‘xtagandan keyin, valyutaning qayd qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga o‘rin bo‘shatadi. Xalqaro valyuta tizimidagi bu o‘zgarish 1976-yil Kingston (Yamayka)dagi kelishuvga binoan huquqiy jihatdan mustahkamlanadi. Qog‘oz pul tizimiga o‘tish bilan, qog‘oz pullar oltinga almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valyuta kursi ham har qanday boshqa narxlar kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi. Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi bahosidir.
Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ichidan quyidagilami ajratib ko‘rsatish mumkin:
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
- milliy iste’molchilaming real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi to'lov balansi
holati;
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida amalga oshiriladi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat iste’mol tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar 0 ‘zbekistonda bunday «savat», aytaylik 120 ming so‘m, AQSHda esa 100 dollar tursa, 120 mingni 100 ga bo‘lib, 1 dollarning narxini hosil qilamiz, bu 1200 so‘mga teng. Agar boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda mamlakatimizdagi tovarlaming narxi oshsa, dollaming so‘mga nisbatan almashuv kursi ham oshadi. Bunday bog`liqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

Download 60.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling