Toshkent moliya instituti buxgalteriya fakulteti
Download 287.76 Kb.
|
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSALARIXARAJATLARINI REJALASHTIRSH VA MOLIYALASHTIRSH
1. Maktabgacha ta`lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganishMaktabgacha ta‘lim sohasi uzliksiz ta`limning ilk bo`g`ini hisoblanadi va butun ta‘lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo`lgan barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta‘limning maqsadi – bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlash, sog`lom, har tomonlama yetuk, erkin shaxsni tarbiyalash, bolalarning qobiliyatini ochish, ularda o‘qishga, muntazam ta‘lim olishga havas uyg`otishdan iborat. Maktabgacha ta‘lim bolalarda o`qishga havas uyg`otish, ularni tizimli ravishda o`qishga tayyorlash, sog`lom va barkamol shaxs bo`lib shakllanishiga xizmat qiladi. Bu ta‘lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat‘i nazar boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi “Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5198-sonli farmoni bilan uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo`g`ini bo`lgan maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog`ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, maktabgacha ta‘lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:3 O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta‘lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta‘lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo`limlari tashkil etildi respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o`ringa mo`ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta‘limmuassasalarini qo`shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan bosqichma-bosqich to`liq qamrab olish, bolalarga maktabgacha ta‘lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks dasturlar ishlab chiqildi. 2018-yil boshiga kelib respublikada 4 911 ta davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi (MTM) faoliyat olib borayotgan bo`lib, 2 mln. 450 mingga yaqin bog`cha yoshidagi (3-7 yosh) bolalarning 739 ming 600 nafari (30,2 foizi) MTM bilan qamrab olingan183. Ushbu sohada sog`lom va har tomonlama rivojlangan o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo`shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda4 Maktabgacha ta‘lim, shakli va usullaridan qat‘i nazar, quyidagi vazifalarni bajaradi: – bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash; – bolalarda xalqimizning yuksak ma‘naviyati va insonparvarlik an‘analariga sadoqat tuyg`ularini shakllantirish; – bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang`ich ta‘limni olishga tayyorlash; – ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish; – bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko`rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish. Maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyat xususiyatlariga ko`ra quyidagi tiplarga bo`linadi: umumiy tipdagi maktabgacha ta‘lim muassasalari; ixtisoslashtirilgan (jismoniy va ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlari mavjud bo`lgan bolalar uchun) maktabgacha ta‘lim muassasalari; sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo`lgan bolalar uchun) maktabgacha ta‘lim muassasalari. Muassasaning qanday tipga mansubligi uning xarajatlarini rejalashtirishda hisobga olinadi. Maktabgacha ta‘lim muassasasi o`z moliyaviy-xo`jalik faoliyatini byudjet mablag`lari va byudjetdan tashqari mablag`lar doirasida amalga oshiradi. Umumiy tipdagi davlat MTMlarini saqlash bilan bog`liq xarajatlar MTMlarining bo`ysinuviga ko`ra tumanlar va shaharlarning mahalliy byudjetlaridan mablag` bilan ta‘minlanadi. Ixtisoslashtirilgan va sanatoriy tipidagi MTMlari, odatda, viloyatlar byudjetlaridan yoki respublika byudjetidan mablag` bilan ta‘minlanadi. 5 Download 287.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling