Toshkent moliya instituti buxgalteriya fakulteti
Download 287.76 Kb.
|
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSALARIXARAJATLARINI REJALASHTIRSH VA MOLIYALASHTIRSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAKTABGACHA TA’LIM MUASSALARIXARAJATLARINI REJALASHTIRSH VA MOLIYALASHTIRSH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BUXGALTERIYA FAKULTETI Guruh : CMM -57 RIXSIBOYEV OQILJON XASAN O’G’LI «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSALARIXARAJATLARINI REJALASHTIRSH VA MOLIYALASHTIRSH» KURS ISHI Toshkent – 2023 MAKTABGACHA TA’LIM MUASSALARIXARAJATLARINI REJALASHTIRSH VA MOLIYALASHTIRSHMundarijaKIRISH…………………………………………………………………………….3 Maktabgacha ta`lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish o’rganish……………………..………………………………………..…5 Maktabgacha ta’lim xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi……..…....10 Maktabgacha ta’limni moliyalashtiirhsda tahliliy yondashuv……….....21 XULOSA…………………………………………………………………………30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..32 KIRISHMoliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiriladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASIda «davlat byudjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo‘naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq instrumentlardan foydalanish hisobiga pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta'minlash” masalalariga aloxida e'tibor qaratilgan. «Bu borada, avvalambor, yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish orqali kelajakda ularning o‘zligini to‘la namoyon etishiga mustahkam zamin yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q», - deb ta’kidlagan edilar muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.1 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati, mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirishning qo‘shimcha 3 zaxiralarini izlash va shu asosda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi va tendensiyalarini hisobga olgan holda soliq tushumlarining aniqlashtirilgan prognozlarini keyinchalik davlat soliq xizmati organlariga yetkazish uchun vazirlikning markaziy apparatidan malakali mutaxassislarni har oyda joylarga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliya bo’limi xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini kuchaytirsin, bunda qator vazifalarni ta’minlashga alohida e’tiborni qaratildi. Moliya bo‘limlari mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ishlab chiqishda tushumlarning aniqlangan qo‘shimcha manbalarini shu jumladan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlar bazasida hisobda turmagan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek soliq solish obyektlarini ham hisobga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish rejalashtirilgandi va bugunga kelib 2023-yilning birinchi yarmida deyarli barcha qishloq va ovullarda davlat va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etildi.2 Download 287.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling