Toshkent moliya instituti buxgalteriya fakulteti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Download 287.76 Kb.
|
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSALARIXARAJATLARINI REJALASHTIRSH VA MOLIYALASHTIRSH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha ta’limi bilan kengroq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida 2018-2019 yillarda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlaridan ekvivalenti 200,0 million AQSH dollari miqdoridagi kreditlar jalb qilinishi, mazkur kreditlar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va xususiy sheriklar o‘rtasida 140,1 ming o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imzolangan 1 412 ta davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlardan (keyingi o‘rinlarda – bitimlar) 992 tasi bo‘yicha imtiyozli kreditlar moliyalashtirilishi, 420 ta bitimlarning 100 dan ortig‘i bo‘yicha xususiy sheriklar tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (keyingi o‘rinlarda – maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish) ishlari hajmi 25 va undan ortiq foizi bajarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish dasturini davom ettirish maqsadida belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga qo‘shimcha mablag‘lar ajratildi va tashkil etish rejalashtirildi. 2019 yil 1 dekabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlari 25 foizdan kam bo‘lmagan hajmda bajarilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan 182 milliard so‘m mablag‘lar Moliya vazirligi tomonidan 2020 yil uchun Davlat byudjetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida 2020 yil 1 martga qadar ajratiladi. Bunda kreditlar 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli stavka bo‘yicha berila boshladi. 2018-2019 yillarda belgilangan tartibda tuzilgan 300 dan ortiq bitimlar bo‘yicha kreditlar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlarning ma’muriy markazlari hamda 1-ilovada keltirilgan viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda – 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo‘yicha, tumanlarning ma’muriy markazlarida – 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo‘yicha, tumanlarning boshqa hududlarida – 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo‘yicha berildi. 2020 yilda xalqaro moliya institutlaridan ushbu maqsadlar uchun jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar) hisobidan moliyalashtirildi, 2021 yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar bo‘yicha kreditlar tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadigan foiz stavkalarida berila boshladi, xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar), shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha xususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan moliyalashtirilishi belgilangandi. 2018-2019 yillarda belgilangan tartibda imzolanib, moliyalashtirilmagan hamda kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar bo‘yicha kreditlar ushbu bitimlarda nazarda tutilgan xususiy sherikning o‘z mablag‘lari hisobidan bajarilishi (sotib olinishi) lozim bo‘lgan ishlar (tovarlar) to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng, tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilish ko’zda tutildi. 3-bandi “a” kichik bandida ko‘zda tutilgan kreditlar bo‘yicha xususiy sherik tomonidan to‘lanadigan foizlar xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida to‘liq qoldirilishi belgilab qo’yildi. 3-bandi “b” kichik bandida ko‘zda tutilgan kreditlar bo‘yicha xususiy sherik tomonidan to‘lanadigan foiz stavkasining 2 foizi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida qoldiriladi, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadiga o‘tkazilishi ham belgilangandi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2021 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini (qarzlarini) jalb qilish choralarini ko‘rila boshlandi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ustuvor tartibda Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar, shuningdek, viloyat va tumanlarning ma’muriy markazlarida tashkil etilishiga e’tibor qaratila boshlandi, hududlarda mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati va qamrovini o‘rganib chiqsin hamda unda yashayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yangi va faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarning qo‘shimcha o‘rinlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlandi va o’rni to’ldirila boshlandi. qamiz, keyin ta’lim tizimini moliyalashtirish xususiyatlarini tadqiq qilamiz. Mamlakatimiz inson manfaatlari uning huquqlari va erkinliklari yuksak darajadagi qadriyatlardan biri bo‘lgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan dadil qadamlar tashlab borar ekan, bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan bir qator yutuqlarga erishayotganligi va barcha sohalardagi islohotlar jadalravishda olib borilayotganligi, ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan resurslarning bugungi kundagi samarasi bilan izohlanadi. Moliyalashtirish deganda tor ma’noda pul mablag‘lari, moliyaviy resurslar bilan ta’minlash tushuniladigan bo‘lsa, kengroq ma’noda belgilangan maqsadga erishish yoki faoliyatni amalga oshirish uchun moliyaviy ta’minlashni, ya’ni moliyaviy resurslar ajratishni tushunishimiz mumkin. Ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida qulay vaziyatni ta’minlash uchun ta’lim muassasalari va idoralar tomonidan moliyaviy resurslarni yaratish, taqsimlash va ulardan foydalanish shartlari, shakllari va usullari majmui moliyaviy mexanizni tashkil etadi. Ushbu mexanizmning o‘ziga xosligi ta’lim sohasida, har bir bog‘lanishda va turli o‘quv muassasalarida mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ta’lim sohasidagi zamonaviy moliyaviy mexanizm ta’lim muassasalarini byudjet tomonidan moliyalashtirishni pullik ta’lim xizmatlarini rivojlantirish va boshqa o‘zini o‘zi moliyalashtirish manbalarini rivojlantirish bilan birgalikda tavsiflanadi. Shu bilan birga, bepul xizmatlarni pullik xizmatlar bilan almashtirish mumkin emas deb hisoblanadi va asosiy e’tibor ularni oqilona uyg‘unlashtirishga qaratiladi. 2020 yil va kelgusi yillarda bitimlarning faqatgina xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) hamda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha xususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan maxsus ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar doirasida tuzilishini ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xususiy sheriklarga berilgan kreditlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratilgan byudjet subsidiyalari maqsadli va samarali ishlatilishi bo‘yicha doimiy monitoringni yo‘lga qo‘yila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.15 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritildi. Davlat ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Davlat ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatganlik uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Davlat ta’lim muassasalari pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hisobidan olingan pul mablag‘larini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov – mazkur qaror ijrosini sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi qonuniy jihatdan belgilab qo’yildi. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V.Shin –shakllangan mablag‘lar doirasida bitimlarni o‘z vaqtida tuzish va amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rsin, xususiy sheriklarga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashsin, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan bitim talablari bajarilishi ustidan doimiy monitoringni yo‘lga qo‘ysin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga topshirildi. Natijada, mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari – maktabgacha ta’lim sohasida xususiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirilishi yuklatildi. Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimida maktabgacha taʼlim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli axborotning yoʻqligi asos boʻladi. Maktabgacha, ta’limda ajratiladigan mablag‘lar summalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu mablag‘lar tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarning o‘qish joyidagi ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladi. Ta’lim tizimini moliyalashtirish mexanizmlari, jalb qilingan mablag‘larning manbalari, ularni taqsimlash usullari, boshqaruv organlari, davlat mablag‘larini ajratish shartlari va mezonlari bo‘yicha farqlanadi, bunda moliyalashtirishning bozor sxemalari va mexanizmlarini qo‘llash asos qilib olinadi. Ta’lim tizimini moliyalashtirishning aksariyat modellarida markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan moliyalashtirish usullari qo‘llaniladi. Ta’lim tizimini davlat byudjetidan moliyalashtirish mexanizmi va amaliyotini ishimizning asosidir.16 “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini xususiy biznes loyiha sifatida tashkil etishda qariyb 1,7 trillion soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Farzandlarimizning isteʼdod va qobiliyati, ezgu intilishlarini toʻliq roʻyobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib oʻrin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish bundan buyon ham bosh maqsadimiz boʻlib qoladi.”17 XULOSA Bolalarni maktabgacha yoshdanoq tabiatni asrab avaylashga oid ekologik bilimlar bilan qurollantirish va tabiat bilan yaqindan tanishib borishi, ularga ekologik tarbiya berish, shu orqali bolalarning borliq to‘g‘risidagi tasavurlarini boyitish, dunyoqarashni o‘stirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Barcha xisob-kitoblar karab chikilgandan, xar bir modda buyicha xarajatlar aniqlangandan va byudjеt xisobidan koplanadigan xarajatlar byudjеtda anik maksadlar uchun ajratilgan summaga tеng xolga kеltirilgandan kеyin maktabgacha tarbiya muassasasining smеta blankasiga jami xarajatlar (aloxida modda buyicha va xammasi), shuningdеk, byudjеt xamda ota-onalar mablagi xisobiga koplanadigan xarajatlar jami kvartallar buyicha tasdiklangan taksimotga binoan taksimlab yozib kuyiladi. Smеta yukori tashkilot tomonidan kabul kilingandan kеyin maktabgacha tarbiya muassasasi xarajatlari va ota-onalardan tushadigan mablagni kvartallar buyicha taksimlab, xisob-kitob kilib kuyadi. Xarajatlarni taksimlashda ba'zi xarajatlarning mavzumiy xaraktеrda bulishi (yokilgi tayyorlash, sabzavot jamgarish, rеmont ishlari va x.k.) xisobga olinishi shart. Boridi-yu, bolalar sonini kupaytirish kuzda tutilgan bulsa, bu bilan boglik sarflar (ish xalq, bolalarni ovkatlantirish va x.k.) tеgishli kvartallar xarajatlar mikdorida uz ifodasini topishi kеrak. Smеtaning bir nusxasi muassasaga, ikkinchi nusxasi yukori tashkilotda koladi, uchunchi nusxasi esa markazlashgan buxgaltеriyaga, kishlok Sovеtiga, moliya bulimi va boshqalarga xazola kilinadi. Smеtaning tasdiklanishi smеta blankasi yuz tomonidagi maxsus yozuvi bilan rismiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarakatlarning jami summasi xodimlarning ish xaki fondi, smеta tasdiklangan kun kursatiladi. Sungra smеtani tasdiklangan yukori tashkilot boshligi imzo chеkadi. Va uning imzosi idora muxri bilan mustakkamlanadi. Smеtani tasdiklagan tashkilot unga uzgartirish kirita oladi. Bu uzgarishlar yukori tashkilotning muassasaga yubolgan maxsus yozishmasiga asosan rasmiylashtiriladi. 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan MTTlarga subsidiyalar ajratildi, shuningdek yil hisobi bo’yicha nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining reyestrini tuzildi va tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lovni amalga oshirish uchun va yuqori turuvchi moliya organiga ma’lumot uchun taqdim etish tavsiya etildi. Download 287.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling