Toshkent moliya instituti buxgalteriya fakulteti


-rasm. Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari12


Download 287.76 Kb.
bet5/9
Sana04.11.2023
Hajmi287.76 Kb.
#1748166
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSALARIXARAJATLARINI REJALASHTIRSH VA MOLIYALASHTIRSH

2-rasm. Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari12
Umumta‘lim muassasasida o`quvchilarga davlat ta‘lim standartlari doirasida bepul umumiy o`rta ta‘lim berilishidan tashqari, qo`shimcha (shu jumladan pulli) ta‘lim xizmatlari ko`rsatilishi, jumladan, ota-onalarning istaklariga ko`ra, umumta‘lim muassasalarida pulli xizmat asosida 5-6 yoshli bolalarni umumiy o`rta ta‘limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin. Davlat umumta‘lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish. Yuqorida ta‘kidlanganidek, mamlakatimizda davlat byudjetidan mablag` bilan ta‘minlanadigan umumta‘lim muassasalari byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartiblari joriy etilgan bo`lib, bu tartib-qoidalarga ko`ra, umumta‘lim maktablari byudjeti bazaviy xarajatlar me‘yorlari asosida formula bo`yicha hisoblanadi. Formula asosida umumta‘lim muassasasi byudjetini aniqlash maqsadida har moliya yili uchun ―Bazaviy xarajatlar me‘yorlari hamda ularga tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qo`llash asosida umumta‘lim maktablari byudjetini hisoblash bo`yicha Nizom‖ ishlab chiqiladi hamda Moliya vazirligi va Xalq ta‘limi vazirligining qo`shma buyruqlari bilan tasdiqlanadi. Formulaning asosini umumta‘lim muassasasidagi o`quvchilarning o`rtacha yillik soni (sinf pog`onalari bo`yicha), bir o`quvchiga to`g`ri keladigan bazaviy xarajatlar me‘yorlari va muassasaning ayrim xususiyatlarini inobatga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyentlar tashkil qiladi.
Umumta‘lim maktablarida bir o`quvchiga bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajat turlari kiritilgan:
 O`zbekiston Respublikasining amaldagi me‘yoriy hujjatlariga muvofiq, pedagogik xodimlar, boshqaruv va o`quvyordamchi xodimlar mehnatiga haq to`lash bilan bog`liq xarajatlar, xodimlarni moddiy rag`batlantirish Direktor jamg`armasi, yagona ijtimoiy to`lov;
 asosiy faoliyatidan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog xodimlarning o`rniga ishlovchi pedagoglarga haq to`lash bilan bog`liq xarajatlar;
 umumta‘lim muassasalarini saqlash bilan bog`liq boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlarni to`lash, joriy ta‘mirlash, materiallar solib olish va b.). Ayrim turdagi xarajatlar bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga kiritilmasdan muassasa byudjetida alohida ko`zda tutilishi mumkin. Masalan, turli yillarda bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritilmagan:
 ko`mir sotib olish va tashib keltirish;
―Ziyo-net ta‘lim tarmog`iga ulanish va undan foydalanganlik uchun oylik abonentnik to`lovi;
 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 25-yanvardagi 33-sonli ―Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo`naltirilgan tarzda qo`llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo`ljallangan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi qaroriga muvofiq markaziy davriy nashrlarga obuna bo`lish xarajatlari;
 o`quv-laboratoriya sinflari uchun materiallar sotib olish;
 barcha turdagi kommunal xizmatlar iste‘moli hisoblagichlarini sotib olish va o`rnatish; 395  kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz ishlashni ta‘minlash bilan bog`liq ta‘mirlash ishlari, shu jumladan, isitish qozonlarini almashtirish va o`rnatish. Yuqorida sanab o`tilgan xarajatlar muassasalarga manzilli ro`yxatlar asosida har bir ta‘lim muassasasining ehtiyojiga ko`ra, xalq ta‘limi hududiy organlari va moliya organlari tomonidan tasdiqlanadigan ro`yxat asosida ajratiladi. Bundan tashqari, qonun tomonidan alohida iqlim sharoitlari uchun ish haqiga hududiy koeffitsiyentlar o`rnatilgan hududlarda joylashgan umumta‘lim maktablari smetalarida bazaviy xarajatlar me‘yorlari bo`yicha aniqlangan mablag`larga qo`shimcha ravishda bu to`lovlarni o`rnatilgan tartibda to`lash uchun mablag`lar ko`zda tutiladi.
Bir o`quvchiga moliyalashtirish me‘yorini hisoblashda viloyatlar bo`yicha, har bir viloyatda – maktablarning masshtabi (ulardagi o`quvchilar soniga ko`ra katta-kichikligi) va maktabni isitish tizimiga ko`ra bir-biridan farq qiladigan quyidagi tuzatuvchi koeffitsiyentlar ishlatiladi:
 maktab masshtabi koeffitsiyenti;
 markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun koeffitsiyent.
Kuni uzaytirilgan guruhlar(KUG)ni saqlash xarajatlari bunday guruhlar (bunda KUGdagi o`quvchilar soni 25 tadan kam bo`lmasligi kerak) mavjud bo`lgandagina hisob-kitob qilinadi. KUGdagi bir o`quvchiga bazaviy xarajat me‘yoriga KUGga qatnaydigan kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan o`quvchilarni ovqatlantirish xarajatlari kiritilgan bo`lib, ularning soni KUGga qatnovchi o`quvchilar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Nogiron bolalarga uyda dars beruvchi o`qituvchilarga ish haqi to`lash (yagona ijtimoiy to`lovni ham hisobga olgan holda) va yo`l haqi qiymatiga oylik kompensatsiya to`lash xarajatlari ushbu maktabda bu toifadagi o`quvchilar bo`lgan taqdirda ularning o`rtacha yillik sonini uyda o`qitish bazaviy xarajat me‘yoriga ko`paytirish yo`li bilan hisoblanadi.
Maktab qoshidagi internatda yashaydigan bir o`quvchiga bazaviy xarajat me‘yori maktabdan ancha uzoqda yashagani uchun umumta‘lim maktabi qoshida yashovchi bolalarning yashashi uchun mo`ljallangan internat mavjud bo`lganda qo`llaniladi. Bunda maktab qoshidagi internatda yashovchi bir o`quvchiga bazaviy xarajat me‘yori maktab-internatdagi bolalarni saqlash uchun qonun bilan o`rnatilgan to`lov miqdorini va maktab-internatda yashovchi o`quvchilar kontingentining 15 foizdan ko`p bo`lmagan qismini ushbu to`lovdan ozod qilishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini tuzish va pedagogik xodimlarni tarifikatsiyalash umumta‘lim maktabining rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) bilan birga qat‘iy o`rnatilgan tartibda va hajmlari bazaviy xarajat me‘yorlari asosida aniqlangan mablag`lar doirasida amalga oshiriladi.13
Ish haqi xarajatlarini rejalashtirish. Ta‘lim tizimida jon boshiga moliyalashtirish amaliyoti umumta‘lim muassasalari faoliyatining so`nggi natijalariga qaratilgan bo`lib, mamlakat miqyosida milliy darajada amalga oshirilayotgan boshqa tashabbuslar (masalan, ta‘lim tizimi xodimlari ish haqlarini oshirish, ularni rag`batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish) bilan uyg`unlikda ta‘lim xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishga turtki bo`lmoqda.
Byudjet amaliyotida xalq ta‘limi muassasalari, shu jumladan, umumta‘lim maktablari xodimlari mehnatiga haq to`lash xodimlarni tarifikatsiya qilish asosida amalga oshirilib, uning natijasiga ko`ra tarifikatsiya ro`yxati tuziladi. Tarifikatsiya ro`yxati quyidagi ko`rsatkichlarni aks ettiradi:
 o`qituvchilarning nasl-nomasi;
 malaka toifasi;
 ma‘lumoti va u haqidagi hujjat ma‘lumotlari;
dars beradigan fanlari;
 qaysi sinflarda dars berishi (boshlang`ich, yuqori);
 oylik lavozim okladi (bazaviy tarif stavkasi);
 o`quv va pedagogik soatlar soni;
 asosiy ish haqiga qo`shimcha va ustamalar.
O`qituvchilar tarifikatsiya ro`yxati Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvar 03, 01/23-sonli qo`shma buyrug`i bilan qabul qilingan ―Umumta‘lim muassasalari o`qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo`yicha metodik ko`rsatmalar asosida tuziladi. O`qituvchining umumiy yuklamasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta‘limi xodimlariga haq to`lash to`g`risidagi Nizom‖ asosida aniqlanadi. Umumiy yuklama o`quv va pedagogik yuklamalardan iborat bo`lib, bir yilga 1548 soatni tashkil etadi.
Byudjet amaliyotida xalq ta‘limi muassasalari, shu jumladan, umumta‘lim maktablari xodimlari mehnatiga haq to`lash xodimlarni tarifikatsiya qilish asosida amalga oshirilib, uning natijasiga ko`ra tarifikatsiya ro`yxati tuziladi. Tarifikatsiya ro`yxati quyidagi ko`rsatkichlarni aks ettiradi:
 o`qituvchilarning nasl-nomasi;
 malaka toifasi;
 ma‘lumoti va u haqidagi hujjat ma‘lumotlari;
 dars beradigan fanlari;
 qaysi sinflarda dars berishi (boshlang`ich, yuqori);
 oylik lavozim okladi (bazaviy tarif stavkasi);
 o`quv va pedagogik soatlar soni;
 asosiy ish haqiga qo`shimcha va ustamalar.
O`qituvchilar tarifikatsiya ro`yxati Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvar 03, 01/23-sonli qo`shma buyrug`i bilan qabul qilingan “Umumta‘lim muassasalari o`qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo`yicha metodik ko`rsatmalar” asosida tuziladi.
Pedagog xodimlar tarif stavkasiga qonun bilan o`rnatilgan doimiy ustama va qo`shimchalar quyidagilardan iborat:
 sinfga rahbarlik qilganligi uchun;
 daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta‘limi xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida”gi 2005-yil 21-dekabr 275-sonli qaroriga muvofiq mazkur ustamalar miqdori: sinf rahbarligi uchun – eng kam ish haqining 100 foizi hajmida, daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun – eng kam ish haqining 50 foizi hajmida belgilangan edi. Lekin O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2013-yil uchun O`zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida‖gi PQ-1887-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qaroriga bu borada tegishli o`zgarishlar kiritildi. Ushbu o`zgarishlarga ko`ra umumta‘lim muassasalari o`qituvchilariga eng kam ish haqiga nisbatan o`rnatiladigan quyidagi qo`shimchalar belgilanadigan bo`ldi:14
a) sinf rahbarligi uchun sinfdagi o`quvchilar soniga ko`ra:
 15 nafargacha bo`lsa – 50 foiz;
 16 dan 20 nafargacha bo`lsa – 60 foiz;
 21 dan 25 nafargacha bo`lsa – 70 foiz;
 26 dan 30 nafargacha bo`lsa – 80 foiz;
 31 va undan yuqori bo`lsa – 100 foiz;
b) daftar va yozma ishlarni tekshirganligi uchun – 50 foiz, sinflarda o`quvchilar soni 15 nafargacha bo`lsa – 25 foiz. Bu to`lovlar shu maqsadlar uchun maxsus ajratiladigan byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshiririladi.




  1. Download 287.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling