Toshkent moliya instituti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi


Chorvachilik xarajatlarining tasnifí, tarkibi va tavsifi


Download 262 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi262 Kb.
#1501971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdullayev A

1.Chorvachilik xarajatlarining tasnifí, tarkibi va tavsifi


Chorvachilik dehqonchilik singan qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq oldida turgan bosh vazifa bo‘lib aholini go‘sht, sut, tuxum, baliq vaboshqa mahsulotlar bilan ta’minlash. shuningdek ishlab chiqarish korxonalarini chorvachilikdan olinadigan xomashyo va materiallar bilan ta’minlash hisoblanadi. Chorvachilik tarmog‘i o‘z ichiga qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik, parrandachilik, yilqichilik, pillachilik, asalarichilik, baliqchilik, pillachilik va boshqalarni oladi. Chorvachilikning har bir tarmog‘i, o‘z navbatida, turli guruhlarga bo‘linadi. Chunonchi, rcspublikamizda keng tarqalgan chorvachilikning alohida tarmoqlari quyidagi guruhlarga ajratiladi.


Chorvachilik tarmoqlari va ularda xarajat obyektlari



Tarmoqlar

Xarajat obyektlari

1. Qoramolchilik

1. Sut yo'nalishida:
• asosiy poda;
• yosh va boquvdagi mollar.
2. Go'sht yo'nalishida
•asosiy poda va sakkiz oygacha bo‘lgan molar;
• sakkiz oydan katta buqalar va boquvdagi molar

2. Qo'ychilik

Go‘sht yo'nalishida
• asosiy poda va sakkiz oygacha bo'lgan qo'ylar
• sakkiz oydan katta qo'chqorlar va boquvdagi qo‘ylar

3. Cho'chqachilik

1. Asosiy poda.
2. Ikki oydan to‘rt oylikkaclia bo'lgan cho'chqalar.
3. To‘rt oylikdan kata cho'chqalar

4. Parrandachilik

1. Tuxum yo’nalishida
2. Go'sht vo'nalisliida

Chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarini xuddi dehqonchilik ishlab chiqarishdagidek turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Chunonchi, iqtisodiy mazmunigci ko 'ra chorvachilik xarajatlari quyidagi uruhlarga ajratiladi:


*moddiy xarcjullar - chorvachilik ishlab chiqarishga sarflangan barcha material xarajatlari (yem-xashak, dori-darmonlar, to‘shash materiallari, yoqilg‘i va boshqa materiallar);
*mehnat xarajatlari - chorvachilik ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan asosiy va qo‘shimcha ish haqlari;
*ijtimoiy sug ‘urtaga ajratmalar - chorvachilik ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan ish haqi fondidan Pensiya jamg‘armasigamajburiy ajratma;
*amortizatsiya - chorvachilik ishlab chiqarishga aloqador asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga hisoblangan eskirish summasi;
*boshqa xarajatlar - chorvachi lik ishlab chiqarishga tegishli barcha yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari. Kalkulyatsiya moddalari bo ‘yicha chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi moddalarga ajratilgan holda aks ettiriladi:
1. Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
2. Yem-xashak;
3. Dori-darmonlar;
4. To‘shash materiallari;
5. Ish vaxizmatlar;
6. Asosiy vositalami saqlash xarajatlari;
7. Ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari;
8. Sug‘urtato‘lovlari;
9. Boshqa xarajatlar. «Mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar» moddasida chorva mollarini o‘stirish, parvarishlash, boqish, sog‘ish, junni qirqish va shu kabi boshqa ishlar bilan band boMgan ishchilar mehnatiga haq to‘lash, mehnat ta'tillariga haq to‘lash hamda bu summalarga nisbatan hisoblangan tegishli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisobga olinadi. Bu xarajatlar boshlang‘ich hujjatlar asosida bevosita tegishli chorva mollari va ish turlariga o‘tkaziladi. «Yem-xashak» moddasida chorva mollarini boqish uchun sarflangan yem-xashaklar hisobga olinadi. «Dori-darmonlar» moddasida chorva mollarini parvarishlashda sarflangan dori-darmonpreparatlari xarajatlari hisobga olinadi. «To‘shash materiallari» moddasida chorva mollari saqlanayotgan joylarda mollar tagiga to‘shaladigan material xarajatlari kiritiladi.
«Ish va xizmatlar» moddasida chorvachilik ferrnalariga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari aks ettiriladi. «Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi. Ularga bu asosiy vositalarga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish xarajatlari, amortizatsiyasi ajratmalari va tnzatishxarajatlari kiritiladi. Asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlariga asosiy vositalaigaxizmatko‘rsatuvchi xodimlaming mehnat haqlari, ijtimoiy sug'mtaga ajratmalar, yoqilg‘i va moylash materiallari, yordamchi ishlab chiqarish, shuningdek chet tashkilotlar xizmatlari va boshqa xarajatlari kiritiladi. Tuzatish xarajatlariga eng awalo o‘zining ta’miiiash ustaxonalarining xarajatlari kiritiladi. Amortizatsiya xarajatlarini asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari tashkil qiladi. Amortizatsiya ajratmalari har oyda alohida «Chorvachilikda ishlatiladigan asosiy vositalar bo‘yicha taqsimlangan amortizatsiya» tahliliy schotida qayd etib boriladi. Yil oxirida asosiy vositalaming eskirish summasi chorva mollari guruhlari va ish turlari bo‘yicha taqsim lanadi va bu m axsus qaydnom a orqali rasmiylashtiriladi. «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schotida hisobga olingan joriy tuzatish xarajatlari amortizatsiya summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. «Ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari» moddasida chorvachilikkadoir umumishlab chiqarish xarajatlari aks ettiriladi. «Sug‘urta to‘lov!ari» moddasida chorva mollarini sug‘urta qilish xarajatlari hisobga olinadi. «Boshqa xarajatlar» moddasida chorvachilik ishlab chiqarishga bevosita daxldor, ammo yuqorida ko‘rib chiqilgan moddalaiga kiritilmagan xarajatlar aks ettiriladi.
Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Respublika kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
chorvachilik sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati korxonalari hamda chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
chorvachilikning barcha tarmoqlari va naslchilik sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilib borish hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
chorvachilik sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining chorvachilik tarmoqlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarini hamda chorvachilik bo‘yicha investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan axborotlarini muntazam tinglash;
chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mahsuldorlikni oshirish va ozuqabop ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
chorvachilik xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holatini tahlil qilinishini tashkil etish hamda chorva bosh sonidan kelib chiqib, mutanosib ravishda ekin yerlari ajratilishini nazorat qilish;
chorvachilikning barcha tarmoqlari faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish, ilmiy-tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarni mahsulot ishlab chiqarish va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish, jumladan, yangi quvvatlarni ishga tushirish va mahsulotlar turlarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish;
Chorvachilik inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida qoʻlga oʻrgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida — neolitda bundan 15—10 ming yil avval boshlanganini koʻrsatadi. Bu davrda odam takomillashgan tosh qurollarga ega boʻlgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng avval it, soʻngra choʻchqa, qoʻy va keyinchalik qoramollar va otlar (7—8 ming yillar ilgari) xonakilashtirilgan. Osiyoning jan.gʻarbiy qismi va Oʻrta dengiz atroflari hayvonlarni xonakilashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, quyon, it, parrandalardan oʻrdak va gʻozlar, Osiyoda buyvol, qoʻtos, oʻrkachli va oʻrkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa, otit, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz va tovuslar xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir oʻrkachli tuya, eshak, choʻchqa, mushuk, it, sesarka tovuqlar, qoʻy va echkilar qoʻlga oʻrgatilgan. Amerikada oʻrkachsiz tuyaning ikki turi — lama va alpaka, dengiz choʻchqasi, kurka va muskus oʻrdaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson tomonidan ularning sifat va son koʻrsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nayel olish, sekinasta mahsulot yoʻnalishlari boʻyicha zotlari chiqarilgan. Oʻrta Osiyo hududi ham Chorvachilik dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.
Chorvachilik koʻchmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boʻyi, choʻl va togʻ oldi, koʻl atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shugʻullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib borgan sayin Chorvachilik ham rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati miloddan avvalgi 4—3ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi madaniyatlaridan biri hisoblanadi.
Miloddan avvalgi 2—1asrlarda Davan (Fargʻona)da dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, sut va goʻsht beradigan qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, sut va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan soha sifatida bundan 3000-yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda koʻchmanchilik bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qoʻychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek, vohalarda qoramolchilik koʻproq rivojlandi.
Oʻzbekiston hududida 1916-yil qoramollar soni 1342 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481 ming boshni, qoʻy va echkilar 3821 ming boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan.
20-asrning 20-yillaridan boshlab Chorvachilikning ilmiy bazasini yaratish, hududlarning tabiiyiqtisodiy sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar boʻyicha rivojlantirish ishlari boshlandi. Sugʻorma dehqonchilik hududlaridagi xoʻjaliklarda sut, sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, parrandachilik va choʻchqachilik, togʻ oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi oqimi va Orol boʻyi qamishzor va toʻqayli hududlarida goʻshtdor qoramolchilik, goʻshtyogʻ qoʻychiligi, yilqichilik, choʻl yaylovlarida qorakoʻlchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni chatishtirish va respublikaga koʻplab nasldor mollarni olib kelish natijasida qoramollarning qoraola, qizil choʻl, shvits, bushuyev zotlari soni koʻpayib mahsuldor podalar guruhi shakllantirildi. Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ixtisoslashtirilgan yirik qorakoʻlchilik xoʻjaliklari katta iqtisodiy samara keltirdi. 1930—33 yillardan boshlab chorvachilikning naslchilik zdlari, xoʻjaliklari, fermalari, styalari va korxonalarining tashkil etilishi naslchilik tizimining shakllanishida muhim burilish boʻldi.
1932-yil Chorvachilik tajriba styasi va 1935—39 yillarda Butunittifoq qorakoʻlchilik, Oʻzbekiston chorvachilik va Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot intlarining tashkil etilishi Chorvachilikda ilmiy tadqiqot ishlarini oʻtkazish, Chorvachilik fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash, xoʻjaliklarda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim omil boʻldi. Chorva mollarining sermahsul podalari guruhi kengaytirildi va rnlashtirilgan zotlari takomillashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xoʻjaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xoʻjaliklari jamoa, shirkat xoʻjaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xoʻjaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xujaliklari tashkil etila boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martda "Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi, 1994-yil 23-fevralda "Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari toʻgʻrisida", 1995-yil 24-martdagi "Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida" qarorlariga koʻra, jamoa xoʻjaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi (1995). Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 25 dekabrda qabul qilingan "Naslchilik toʻgʻrisida" qonuni Chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
1990—2003-yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xoʻjaliklarida qoramollar soni 28,2% ga, sigirlar 38, qoʻy va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32,8% ga, goʻsht yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi, Chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xujaliklari hissasiga toʻgʻri keladi (Uzbekistonda mollar soni, Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish koʻrsatkichlari 1 va 2jadvallarda berilgan).
CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining 10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qoʻshimchalari, yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda. Chorvachilikda veterinariya xizmati koʻrsatish — kasalliklarning oddini olish va davolash, Chorvachilik maxsulotlari veterinariyasanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash styalari, veterinariya shifoxonalari va punktlarida, veterinariya labda olib boriladi.
Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarkand, Andijon qishloq xoʻjaligi intlarida tayyorlanadi.


Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling