Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakultetida tahsil olayotgan talabalarining Abdulla Qahhor me’rosini yod etish munosabati bilan Adiblar xiyobonida o’tkazilgan madaniy va ma’rifiy tadbirga tashrifi bayonnomasi
Download 12.96 Kb.
|
ABDULLA QAHHOR MAY OYI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini: H.R.Axmedov Tyutorlar: A.M.Mavlonov
Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakultetida tahsil olayotgan talabalarining Abdulla Qahhor me’rosini yod etish munosabati bilan Adiblar xiyobonida o’tkazilgan madaniy va ma’rifiy tadbirga tashrifi BAYONNOMASI 10.05.2023 Toshkent shahri Qatnashdi : O’zbek xalqining sevimli shoiri Bobur Bobomurod, O’zbek xalq baxshisi Baxtiyor baxshi, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti tyutorlari Mavlonov Aziz Mexmonovich, Beknazarova Kamola Asqarovna, Kurbanaliyev Abduxamid Shuxrat o’g’li hamda fakultet talaba yoshlari Bugungi tezkor, ilmiy, texnikaviy moʻjizalarga boy davrda ham kitobning qadr-qimmati oshsa oshdiki, aslo kamaygani yoʻq. Ayni paytda Kitobga qaytish – mutolaa madaniyati, malakasini egallash inson shaxsining birlamchi fazilati, intellekt sifatidagi qiyofasining yetakchi belgisi ekani turli minbarlardan takror-takror taʼkidlanayotir. Bu borada Toshkent Moliya institutida ham yoshlarni kitobga qaytarish, o’zbek adabiyoti namoyondalari ijodi va faoliyati bilan talabalarni tanishtirish ishlari davomli ravishda tashkil etilgan. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, aynan bizning Toshkent Moliya institutimizga buyuk adibimiz Abdulla Qahhor biriktirilgan bo’lib, uning hayot va ijod yo’lini o’rganish ishlari talabalarimiz orasida doimiy amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2023 yil 10 may sanasida “9 may-Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Abdulla Qahhor xotirasini hamda adabiy me’rosini yod etish maqsadida Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabalari bilan birgalikda Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda so’z olgan shoir Bobur Bobomurod: “ Ming yillardan beri adabiyotimiz gumanizm — insonparvarlik, insonga muhabbat, ishonch g‘oyalarini kuylaydi. Hozirgi kunda adabiyotimiz xilma-xil va rang-barang. O’zbek adabiyotimizda o’z o’rniga ega bo’lgan adiblarimizdan biri – bu, shubxasiz Abdulla Qahhordir.” deya, buyuk adibimiz hayoti va ijodi to’g’risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar berdilar. Abdulla Qahhor serqirra iqtidor sohibi. U 1907 yil 17 sentabr kuni Qo‘qonda tug‘ilgan. Abdullaning otasi temirchi bo‘lib, oilasi qishloqdan qishloqqa vaqtincha ish qidirish ilinjida ko‘chib yurgan. Kechqurunlari otasi unga suratlar tushirilgan eskirib ketgan kitoblardan hikoyalar o‘qib berardi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, otasi Abdukahhor Jalilov va onasi Rohat o‘g‘liga boshlang‘ich ta’limni bera olishgan. 1919 yildan 1924 yilgacha Abdulla maktabda o‘qiydi, so‘ngra o‘qishini Qo‘qon texnikumida davom ettiradi. Qo‘qon pedagogika texnikumini tugatib, 1924-1926 yillar Qo‘qon davlat komsomollar qo‘mitasida ishlaydi, so‘ngra Toshkentdagi “Qizil O‘zbekiston” gazetasi tahririyatida ishlaydi. 1926-1934 yillar ishchilar fakultetida, keyin birinchi O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oladi. 1934-1938 yillar “Sovet Adabiyoti” jurnalida mas’ul kotib, 1938-1939 yillar Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatrining adabiy bo‘limiga boshchilik qiladi. 1939 yildan O‘zbekiston nashriyotlarida muharrir va tarjimon bo‘lib ishlaydi. O‘zbek SSR Qo‘shma korxonasi prezidiumi raisi (1954-1956). 1955 yil O‘zbek SSR Oliy Kengashi deputati etib saylanadi. Ilk she’ri “Oy kuyganda” nomi ostida “Mushtum” jurnalida chop etilgan. Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga ajoyib hikoyasi va ushbu janrning tengsiz ustasi bo‘lib kirib kelgan, ammo u romannafiya va dramaturg sifatida ham ishtirok etadi. Uning hikoyalarida o‘zbek xalqining eng yaxshi jihatlari — sog‘lom aqli, hajviylikka yo‘g‘rilgan hayotiy donoligi namoyon bo‘ladi. Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Abdulla Qahhorga o‘limidan so‘ng “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan. Yozuvchi «Boshsiz odam» (1929) hikoyasini e’lon kilgach, umrining oxirigacha nasrda samarali ijod qilgan. Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Olam yasharadi» (1935). Shundan so‘ng uning «Hikoyalar» (1935, 1936) to‘plamlari ketma-ket nashr etilgan. Bu davrda u «Sarob» (1935) romanini ham yozgan. «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Sinchalak» (1958), «O‘tmishdan ertaklar» (1965), «Muhabbat» (1968) qissalari o‘zbek nasri taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan. U o‘zining «Shoxi so‘zana» («Yangi yer», 1949—53), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) sahna asarlari bilan dramaturg sifatida ham tanilgan. A. S. Pushkin, L. Tolstoy, N. V. Gogol, Chexov asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Abdulla Qahhor 1968 yil 25 mayda Moskva shahrida vafot etgan. Xamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000). Tadbir davomida fakultetimizning ijodkor talabalari o’z ijod namunalaridan ijro qilib, tadbir qatnashchilarining olqishlariga sazavor bo’lishdi. Adabiyot har bir shaxsning dunyoqarashi, so‘z boyligini oshiradi. Ularni yod g‘oyalarga qarshi kurashuvchi kuch sifatida tarbiyalaydi. Shu bilan birga, kitob o‘qish insonlarni empatiyaga — faqat o‘z xohish-istaklari va manfaatlarini o‘ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yo‘lida birlashishga undaydi. Zero, kitob — qalbni yorituvchi oftob! Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini: H.R.Axmedov Tyutorlar: A.M.Mavlonov Download 12.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling