Toshkent Moliya Instituti Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi hba – 75 guruh 1-kurs talabasi Qurbonov Husanboyning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 2-oraliq nazorat ishi javoblari Variant №7


Download 10.06 Kb.
bet3/3
Sana23.09.2023
Hajmi10.06 Kb.
#1686731
1   2   3
Bog'liq
Variant №7 Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi-fayllar.org

3.Absolyut va monopol renta.
Yerga bo‘lgan bu mulkchilik (shaklidan qat’iy nazar) monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’i nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi.
Ko‘pgina mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi davrda yerga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshkalar. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to‘lovlar oladilar. Mana shu to‘lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo‘lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Monopol renta — koʻchmas mulk egalarining oʻz mulkini ijaraga berishdan oladigan daromadi; ijara haqi shakli. Monopol rentani yer va boshqa koʻchmas mulk — binolar, inshootlar, turar joy va turli xoʻjaliklar beradi. Monopol rentaning asosiy manbai mulkni ishlatuvchi (ijaraga oluvchi) topadigan daromad hisoblanadi. Bu daromadga mulkni ishlatuvchiga tegadigan daromad va mulk egasiga tegadigan daromad boʻlinadi. Ammo Monopol rentani har qanday mol-mulk emas, balki noyobligi bilan boshqalardan farqlanuvchi va qoʻshimcha naf keltiruvchi mol-mulk hosil etadi. Masalan, ep hosildorligining yuqori boʻlishi; yer osti va yer ustidagi tabiiy boyliklarni qazib olishga ketadigan sarf-harajatning kamligi, kommunikatsiya bilan taʼminlanganligi, geografik qulay joylashuvi, qurilgan bino-inshootlarning ekologik toza zonada boʻlishi va boshqa Mazkur noyoblik koʻchmas mulkka boʻlgan talabni oshiradi, ijara haqini boshqalarnikidan yuqori qiladi. Bunda real ijara haqi odatdagi ijara haqiga ustama (noyoblik haqi)ni qoʻshib qisoblanadi. Koʻchmas mol-mulkning noyobligi abadiy emas, vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi. Shunga koʻra, Monopol renta bir hosil boʻlsa, bir yoʻqolib turadi. Mas, yerda boy qazilmalar topilganda Monopol renta vujudga keladi, ular ishlatib boʻlingach, yerning nafliligi qolmaydi, natijada Monopol renta yoʻqoladi.
http://fayllar.org
Download 10.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling