Pul va banklar” fanidan mustaqil ish


Download 106.1 Kb.
bet1/7
Sana25.04.2023
Hajmi106.1 Kb.
#1399372
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pul va banklar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI





PUL VA BANKLAR
fanidan

MUSTAQIL ISH

Bajardi: Safarov Ikrom




Toshkent-2023

Reja:


1. Pulning funksiyalari
2. Kredit foiziga ta’sir qiluvchi tashqi omillar.
3. Masala. B mijoz bankga 280 000 000 so‘m miqdoridagi mablag‘ni yillik 4 % stavka asosida 10 oy muddatga muddatli depozitga qo‘ygan bo‘lsa, B mijozning oladigan daromadi qancha bo‘ladi?


  1. Pulning funksiyalari.

Pul chig‘anoq yoki brilliant, oltin yoki qog‘oz pul ko‘rinishida bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda pul uchta funksiyani bajaradi. Pul ayirboshlash vositasi, qiymat ulchovi va jamg‘arish funksiyalarini bajaradi. Aynan ayirboshlash funksiyasi pulning boshqa aktivlar – aksiyalar, obligatsiyalar va uylardan farqini belgilab beradi.
Ayirboshlash funksiyasi.
Bizning iqtisodiyotimizdagi mavjud deyarli barcha bozor iqtisodiyoti tamoyillarida yuzaga keladigan operatsiyalarda pul naqd pullar yoki cheklar ko‘rinishida tovarlar va xizmatlar to‘lovi uchun foydalanilib ayirboshlash funksiyasini namoyon qiladi. Pulning ayirboshlash vositasi sifatida foydalanilishi ayirboshlash operatsiyalarida vaqt xarajatlarini kamaytirib iqtisodiyotning samaradorligini oshiradi. Nima uchun aynan shunday ekanligini tushunish uchun tovarlar va xizmatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa tovar va xizmatlarga ayirboshlanadigan barter iqtisodiyotni ko‘rib chiqamiz.
Misol tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya’ni iqtisodiyot bo‘yicha ma’ruza o‘qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter iqtisodiyotda nafaqat unga mos keladigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan balki uning iqtisodiyot bo‘yicha ma’ruzalariga qiziqadigan ferma topishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘rinib turibdiki, Elen faqatgina uning leksiyalariga muhtoj bo‘lgan odamlarga ma’ruza o‘qiy olishi ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Bunday holat ochlikdan o‘lishiga olib kelishi mumkinligi bois u ma’ruza o‘qishni to‘xtatib, fermerlik bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
Tovar va xizmatlarni ayirboshlashga sarflangan vaqt – operatsion xarajatlar hisoblanadi. Barter iqtisodiyotda operatsion xarajatlar juda yuqori hisoblanib, odamlar “xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish” ni qondirishlariga to‘g‘ri kelib, ular zaruriy tovar va xizmatlarga ega va bir vaqtning o‘zida ushbu tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashni xohlaydigan kishilarni topishi zarurdir.
Elenning iqtisodiyotida pullar paydo bo‘lsa, nimalar sodir bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Bunday holatda uning ma’ruzalari uchun pul to‘laydigan har bir odamning hisobini yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keyinchalik u har qanday fermer (supermarket) ga borishi yoki ma’ruza o‘qishi natijasida ishlab topilgan pullarga zaruriy ist’emol maxsulotlarini sotib olishi mumkin bo‘ladi. “Xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish” muammosi tugatilsa, Elen kuplab vaqtni tejashi orqali, o‘zining eng sevimli ishi hisoblangan dars berish bilan shug‘ullanadi.
Ko‘rib chiqilgan misoldan ko‘rishimiz mummkinki, pullar iqtisodiyotning samaradorligini oshirib, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashga ketadigan vaqtni tejash imkonini beradi. Odamlarning yuqori malaka to‘plash orqali ma’lum ishlarga ixtisoslashuvi iqtisodiyotning samaradorligini oshishiga olib keladi. O‘z navbatida, pul – iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, o‘zining xususiyatiga ko‘ra moylovchi material sifatida operatsion xarajatlarni kamaytirish, ishchi kuchini ixtisoslashuvi va taqsimlanishini chuqurlashtirish xisobiga iqtisodiyotning ancha moslashuvchanligini oshiradi.
Pulga bo‘lgan talab shu darajada yuqoriki, eng primitiv ko‘rinishidagi jamiyatdan tashqari xar qanday jamiyat pulni o‘ylab topadi. Xar qanday tovar pul sifatida samarali ishlashi uchun bir nechta talablarga javob berishi zarurdir: birinchidan, osonlik bilan uning qiymatini aniqlash uchun standartlashgan bo‘lishi; ikkinchidan, umumqabul qilingan bo‘lishi; uchinchidan, qismlarga bo‘linishi; to‘rtinchidan, bir joydan ikkinchi joyga osonlik bilan ko‘chirilishi; beshinchidan, tezda parchalanib ketmasligi lozim. Insoniyat tarixida ushbu talablarga javob beruvchi pullar sifatida ko‘plab noodatiy shakllar, ya’ni amerikalik xindular tomonidan foydalanilgan marjonlardan tortib birinchi amerikalik kolonistlar tomonidan foydalanilgan tabaka va viskilar hamda ikkinchi jahon urushida harbiy asirlar uchun lagerlarda sigaretlargacha ishlatilgan. 1
Pulning turli shakllaridan foydalanish – ishlab chiqarish vositalarining va tilning rivojlanishi kabi insoniyat topqirligining yana bir belgisidir.

Download 106.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling