Pul va banklar” fanidan mustaqil ish
Kredit foiziga ta’sir qiluvchi tashqi omillar
Download 106.1 Kb.
|
Pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank kredit foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi tashqi omillar.
- Markaziy bank pul-kredit siyosati va uning holati.
2. Kredit foiziga ta’sir qiluvchi tashqi omillar.
Tijorat banklarning kreditlash operatsiyalari va bu jarayonda yuzaga keladigan muammolardan biri kredit uchun foizlarni belgilash hisoblanadi. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz bir qator omillar ta’sirida yuzaga keladi va belgilanadi. Kredit uchun foizlarni shakllanishida ta’sir qiluvchi omillarni ikkita katta guruhga ajratilgan holda o‘rganiladi. Foiz stavkasining makroiqtisodiy darajada harakat qilishdagi asos bo‘lib bozor jarayonlarining rivojlanishi va kreditga to‘lov miqdorining erkin o‘zgarishi sharoitida xo‘jalikda o‘rtacha foyda normasi hisoblanadi. Foyda normasidan u yoki bu tomonga o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tashqi va ichki omillarga bo‘lamiz. Bank kredit foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi tashqi omillar. Tashqi omillar banklar va banklarning kreditlash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasdan balki, tashqi ta’sir qiluvchi omillarga bo‘linadi. Kredit foiz stavkasining o‘zgarish dinamikasi, butun iqtisodiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar kredit foiz stavkasi talab va taklif asosida shakllanadigan bo‘lsa, iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslari va moliya bozorlaridagi muvozanat ta’minlanadi. Markaziy bank pul-kredit siyosati va uning holati. Ushbu omillar ichida Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatini yuqori ta’sirga ega deb baholaymiz. Sababi, mazkur omil iqtisodiyotdagi pul massasiga ta’sir ko‘rsatadi va uning natijasida kredit resurslariga nisbatan talabb va taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Kredit uchun foiz stavkalarni shakllanishida, bevosita Markaziy bank pul-kredit siyosatining ta’siri yuqori bo‘ladi. CHunki pul bozorlaridagi ishtiroki orqali, pul-kredit siyosatini amalga oshirib pulga bo‘lgan talab va taklifga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bunda tijorat banklari va Markaziy bank o‘rtasidagi kredit auksionlarini o‘tkazish, tijorat banklarini qayta moliyalashtirish orqali mamlakatdagi pul bozorlariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi kutilayotgan inflyasiya darajasi ham kredit foiz stavkasi darajasiga ta’sir qiladi. Bunday sharoitda kreditning bahosi oshiadi, chunki ma’lum bir vaqt ichida bank krediti o‘zining oldingi qiymatini qoplamasligi mumkin. Download 106.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling