Pul va banklar” fanidan mustaqil ish
Pul bozoridagi talab va taklif nisbati
Download 106.1 Kb.
|
Pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyasiya va bandlik darajasi.
Pul bozoridagi talab va taklif nisbati. Mamlakatdagi pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, iqtisodiyot sub’ektlari pul bozorda kreditga bo‘lgan talab va unga nisbatan tijorat banklari tomonidan taklif qilinadigan kreditlar taklifi nisbati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Kredit resurslariga bo‘lgan talab oshsa kredit foiz stavkasi ortadi, aksincha taklif oshib borsa, uholda bank kredit foiz stavkalari pasayadi.
Inflyasiya sharoitida milliy valyuta jamg‘arish funksiyasini xorijiy valyutalarga o‘tkazadi va natijada valyuta bozorida xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab oshadi. Bunday sharoitda ularni tartibga solishda foiz stavkasi asosiy ahamiyatga ega. Agar foiz me’yori iqtisodiyotdagi baholar o‘sishini qoplasa, mijozlarda banklarga nisbatan ishonch hosil bo‘ladi. Buning natijasida bank depozit bazasi oshadi hamda valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab qisqaradi. Inflyasiya va bandlik darajasi. Mamlakatdagi inflyasiya darajasi keyingi ta’sir qiluvchi omillardan hisoblanadi. Inflyasiya darajasi yuqori sharoitda qarzga berilgan pul egasiga qaytib kelgunicha o‘z qadrini to‘liq yoki qisman yo‘qotishi mumkin. Ushbu sharoitda kredit tashkilotlarining aktivlari qadrsizlinishi ro‘y beradi. Bugungi kundagi kreditning qiymati berilgan vaqtdagi qiymatini qoplamaydi yoki boshqacha so‘z bilan ifoda etganda kredit tashkilotlari yutqazadi. SHu sababdan, kredit foiz stavkalarini shakllantirishda inflyasiya darajasini hisobga olish lozim. Bandlik darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish barqaror rivojlanishidan dalolat beradi. Bunday sharoitda kreditga bo‘lgan talab mavjud va doimiy o‘sib borishi mumkin. Bu esa kreditlar foiz stavkasi darajasini yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Aks holda ishsizlik darajasi oshib borishi, ishlab chiqarish qisqarishi va resurslarga bo‘lgan ehtiyoj kamayishi mumkin. Iqtisodiyotda kutilayotgan inflyasiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit taklifi kam bo‘ladi. Kredit taklifi kamayishi natijasida uning bahosi oshadi. Markaziy bankning ekspansionistik monetar siyosati (qayta moliyalash stavkasini tushirish, pul massasini ko‘paytirish) pul massasining o‘sishiga, shuningdek, kredit taklifining ko‘payishiga olib keladi. Buning natijasida esa bank aktivlari tarkibida sezilarli o‘zgarishlar kuzatiladi. Ayniqsa qisqa muddatli kreditlarning kredit portfelidagi ulushi keskin oshib boradi va uzoq muddatli kreditlar hajmi qisqaradi. Download 106.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling