Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi


Soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana29.11.2020
Hajmi2 Mb.
#155719
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
soliq hisoboti


Soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi. Soliq belgilangan faoliyat turini 
tavsiflovchi fizik ko‘rsatkich soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi. 
Soliq  solinadigan  baza  fizik  ko‘rsatkichlarning  sonidan  kelib  chiqqan  holda 
belgilanadi. 
2012 yil uchun soliq va majburiy to‘lovlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qarori bilan belgilangan. 
     
 
 Yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik 
faoliyati ayrim turlari bo‘yicha olinadigan 
qat’iy belgilangan soliq stavkalari 

 
121 
(eng kam ish haqi miqdorida) (%da) 
 
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash  
(yuridik shaxslar, 1 kv.metr egallagan maydoni uchun) 
0,1 
Bolalar o‘yin avtomatlari (yuridik va jismoniy shaxslar, 
jihozlangan o‘rinlar soni uchun) 

 
Soliq  summasi  soliq  to‘lovchining  kalendar  oyida  ishlagan  kunlari  sonidan  qat’i 
nazar, soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.  
Soliq davri - bir oy. 
Soliq  hisob-kitobi  soliq  bo‘yicha  hisobga  olish  joyidagi  davlat  soliq  xizmati 
organlariga: 

 yangi  tashkil  qilinayotgan  (boshlovchi)  soliq  to‘lovchilar  tomonidan  -  davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay; 

 faoliyat  yuritayotgan  soliq  to‘lovchilar  tomonidan  -  hisobot  yilining  15 
yanvarigacha taqdim etiladi. 
Soliq solish ob’ekti va EKIH miqdori o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchilar aniqlik 
kiritilgan  hisob-kitobni  navbatdagi  to‘lovni  to‘lash  muddatidan  kechiktirmay  taqdim 
etishlari shart. 
Soliqni to‘lash: 
yuridik  shaxslar  tomonidan  -  har  oyda  hisobot  oyidan  keyingi  oyning  25-kunidan 
kechiktirmay; 
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - Soliq kodeksi 375-moddasining to‘rtinchi 
qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi. 
 
2-MISOL. Yakka tartibdagi tadbirkorning zalida 10 ta o‘yin avtomati mavjud. 2012 
yilning yanvar oyi uchun Soliq qanday hisoblanadi? 
Har  bir  dastgoh  soliq  solish  ob’ekti  hisoblanadi  va  ushbu  holatda  u  10  taga  teng, 
ya’ni 10 ta o‘yin avtomati mavjud. 
Soliq turi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
Qs = Fk x S  
Bu erda, 
Qs - Soliq summasi; 
Fk - fizik ko‘rsatkich (maydondagi uskunalar soni); 
S - Soliq stavkasi. 
2012  yil  uchun  soliq  stavkasi  Prezidentning  30.12.2011  yildagi  PQ-1675-son 
qaroriga  (keyingi  o‘rinlarda  -  PQ-1675-son  Qaror)  10-ilovada  keltirilgan.  Unda 
TOSHKENT  shahri  uchun  oyiga  har  bir  o‘yin  avtomatiga  EKIHning  3  baravari 
miqdorida belgilangan. 
Ushbu  holda  soliqning  yanvar  oyi  uchun  to‘lanishi  kerak  bo‘lgan  summasi  (EKIH 
miqdori 62 920 so‘m) quyidagicha bo‘ladi: 
62 920 x 3 x 10 = 1 887 600 so‘m 
Soliqni  hisoblab  chiqarish  va  to‘lash  tartibi.  Soliq  to‘lovchining  kalendar  oyida 
ishlagan  kunlari  sonidan  qat’i  nazar,  Soliq  tadbirkorlik  faoliyatining  turi  va  soliq 
to‘lovchining  faoliyatni  amalga  oshirish  joyiga  qarab  belgilangan  stavkalar  bo‘yicha 
to‘lanadi.  

 
122 
Faoliyatning  bir  necha  turi  bilan  shug‘ullanuvchi  soliq  to‘lovchilar  soliqni 
faoliyatning  har  bir  turi  uchun  mazkur  turdagi  faoliyatga  nisbatan  belgilangan  stavkalar 
bo‘yicha alohida-alohida to‘laydilar. 
Soliqni hisoblab chiqarish soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
 
NAZORAT UChUN SAVOLLAR. 
1. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi deganda nima tushuniladi ? 
2. 
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanadi ? 
3. 
Yagona soliq to‘lovi kimlarga tadbiq etilmaydi ? 
4. 
Yagona soliq to‘lovining soliq solish bazasi qanday aniqlanadi ? 
5. 
Qanday holatlarda yalpi tushumga tuzatishlar kiritiladi ?  
6. 
Yagona soliq to‘lovining hisob kitobi qanday amalga oshiriladi ? 
7. 
Yagona er solig‘i to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanadi ? 
8. 
Yagona  er  solig‘i  to‘lovchilari  qanday  holatda  alohida  hisob  yuritishi  shart 
bo‘ladi? 
9. 
Yagona er solig‘i bo‘yicha hisob kitoblarni taqdim etish  tartibi qanday ?   
10. 
 Kimlar qat’iy belgilangan  soliq to‘lovchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ayting? 
 

 
123 
Mavzu: Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga majburiy   
to‘lovlar hisobi va hisoboti. 
Reja: 
1.  Byudjetdan  tashqari  pensiya  jamg‘armasiga  to‘lovlar  hisobi  hisobi  va 
hisoboti. 
2. Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori hisobi va hisoboti. 
3. Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar hisobi hisobi va hisoboti. 
4.  Ta’lim  va  tibbiyot  muassasalarini  rekonstruktsiya  qilish,  mukammal 
ta’mirlash  va  jihozlash  maqsadli  davlat  jamg‘armalariga  to‘lovlar  hisobi  va 
hisoboti. 
Tayanch so‘zlar: 
Jamg‘arma,  iqtisodiy  jamg‘arma,  ijtioiy  jamg‘arma,  byudjet,  maqsadli 
jamg‘armalar,  majburiy  ajratma,  sug‘urta,  sug‘urta  badali,  yig‘im,  soddalashtirilgan 
hisobot, soliq hisobi, soliq hisoboti. 
 
1. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar hisobi. 
 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalari markaziy yoki mahalliy hokimiyat organlarining 
ixtiyorida  bo‘lgan  moliyviy  resurslar  yig‘indisi  bo‘lib,  ular  ma’lum  maqsadga 
yo‘naltiriladi.  Byudjetdan  tashqari  jamg‘armalar  moliyaning  muhim  tarkibiy  qismi 
hisoblanib, ularning shakllanishi va ishlatilish tartibi moliyviy qonunchilik orqali tartibga 
solinadi. 
Davlat  va  mahalliy  maqsadli  pul  jamg‘armalari  moliya  tizimida  yaqinda  paydo 
bo‘lgan  bo‘lib,  ilk  ko‘rinishi  davlat  byudjetdan  tashqari  jamg‘armalari  sifatida  tashkil 
etilgan byudjetdan tashqari jamg‘armalarning yuzaga kelishi 1990 yillarga to‘g‘ri keladi. 
Byudjetdan tashqari jamg‘arma sifatida ilk  bor  pensiya jamg‘armalari tashkil etildi. 
Davlat  byudjetdan  tashqari  jamg‘armalarni  tashkil  etish  orqali  o‘zining  moliyviy 
mablag‘laridan  samarali  foydalanishni  ta’minlaydi.  Amaliyotdan  ma’lumki,  faqatgina 
byudjet  mablag‘lari  yordamida  u  yoki  bu  ijtimoiy-iqtisodiy  dasturlarni  hayotga  tatbiq 
etish mushkuldir. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar moliya tizimining‘ o‘ziga xos elementlaridan biri 
hisoblanadi.  Davlat  byudjetidan  farq  qilgan  holda,  davlat  maqsadli  jamg‘armalari  ijro 
etuvchi  organlar  ixtiyorida  yoki  boshqa  maxsus  organlar  ixtiyorida  bo‘ladi.  Shu  sababli 
mablag‘larni  byudjetdan  tashqari  jamg‘armalar  o‘rtasida  qayta  taqsimlash  yoki  ulardan 
foydalanish  operativ  holda  amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari  davlat  maqsadli 
jamg‘armalari  uzoq  yoki  qisqa  muddatli  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  tashkil 
qilinadi.  Bu  maqsadlarg‘a  erishish  bilan  byudjetdan  tashqari  jamg‘armalar  qayta  tashkil 
qilinadi. 
Maqsadli jamg‘armalarning uch turi mavjud: 
1.  Davlat va mahalliy byudjetdan tashqari pul mablag‘lari jamg‘armalari; 
2. Maqsadli byudjet pul mablag‘lari jamg‘armasi; 
3.  O‘zbekistan Respublikasi Hukumatining davlat maqsadli jamg‘armalari. 

 
124 
Davlat  va  mahalliy  maqsadli  pul  mablag‘lari  jamg‘armalarining‘  o‘ziga  xos 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
- jamg‘armalar vakolatli organlar tomonidan aniq maqsadlar uchun tashkil etiladi; 
- jamg‘armalar faqatgina maqsadga muvofiq foydalaniladi; 
- maqsadli  jamg‘armalarning  huquqiy  maqomi  vakolatli  organ  tomonidan 
tasdikdanadigan nizomlar asosida belgilanadi. 
- Davlat  va  mahalliy  byudjetdan  tashqari  jamg‘armalar  turli  asoslarga  ko‘ra 
tavsiflanadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan jamg‘armalar ikkiga bo‘linadi: 
- Ijtimoiy  jamg‘armalar  -  Pensiya  jamg‘armasi,  Bandlikka  ko‘maklashish 
jamg‘armasi, «Kamolot», «Ijod» va boshqalar; 
- Iqtisodiy jamg‘armalar  - Yo‘l  jamg‘armasi va boshqalar. 
- Byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari ikki xil yo‘l bilan shakllanadi: 
- maxsus soliq va yig‘imlar; 
- byudjet mablag‘lari va qarzlar. 
Maxsus soliq va yig‘imlar orqali davlat maqsadli jamg‘armalarining‘ mablag‘larini 
shakllantirish asosiy usul hisoblanadi. Ularning miqdori davlat tomonidan o‘rnatiladi. 
Byudjet  mablag‘lariga  beg‘araz  subsidiyalar  va  soliq  daromadlaridan  aniq 
ajratmalar shaklida bo‘ladi. Shuningdek qarz mablag‘lari ham bo‘lishi mumkin. 
Davlat  maqsadli  jamg‘armalari,  xususan,  Respublika  yo‘l  jamg‘armasi    ajratmalar 
majburiy  tusda  undirilishini  inobatga  olgan  holda,  bu  jamg‘armalarga  ajratmalar 
hisoblash va to‘lash tartibini soliq hisobida aks ettirish lozim hisoblanadi. 
  Aholining  nochor,  moddiy  yordamga  muhtoj  qatlamini  ijtimoiy  himoya  qilish 
maqsadida yagona ijtimoiy to‘lov   joriy  etilgan.  
Byudjetdan tashqari jamg‘armalari markaziy yoki mahalliy hokimiyat organlarining 
ixtiyorida  bo‘lgan  Moliyviy  resurslar  yig‘indisi  bo‘lib,  ular  ma’lum  maqsadga 
yo‘naltiriladi.  Byudjetdan  tashqari  jamg‘armalar  moliyaning  muhim  tarkibiy  qismi 
hisoblanib, ularning shakllanishi va ishlatilish tartibi Moliyviy qonunchilik orqali tartibga 
solinadi. 
Davlat  byudjetdan  tashqari  jamg‘armalarni  tashkil  etish  orqali  o‘zining  moliyviy 
mablag‘laridan  samarali  foydalanishni  ta’minlaydi.  Amaliyotdan  ma’lumki,  faqatgina 
byudjet  mablag‘lari  yordamida  u  yoki  bu  ijtimoiy-iqtisodiy  dasturlarni  hayotga  tatbiq 
etish mushkuldir. 
Yagona  ijtimoiy  to‘lov  va  sug‘urta  badallarini  hisoblab  chiqarish  va  to‘lash  tartibi 
Soliq  kodeksining  (SK)  51-bobi  bilan  tartibga  solinadi.  Yuridik  shaxslar  -  O‘zbekiston 
Respublikasi  rezidentlari  YaIT  to‘lovchilaridir.  Sug‘urta  badallarini  hisoblab  yozish  va 
ushlash  majburiyati,  shuningdek  ularni  to‘g‘ri  hisoblab  yozish  uchun  javobgarlik  ish 
beruvchi zimmasiga yuklanadi.  
Yagona  ijtimoiy  to‘lov  va  sug‘urta  badallari  solish  ob’ekti  bo‘lib  SKning  172-
moddasida ko‘rsatilgan quyidagi mehnat haqi tarzidagi daromadlar hisoblanadi:  
mehnatga  haq  to‘lashning  qabul  qilingan  shakllari  va  tizimlariga  muvofiq  ishbay 
narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan 
ish uchun hisoblangan ish haqi; 

 
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar (SKning 173-moddasi); 

  kompensatsiya to‘lovlari (SKning 174-moddasi); 

  ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash (SKning 175-moddasi). 
YaIT va sug‘urta badallarini hisoblab  yozish  uchun soliq solinadigan baza SKning 
308-moddasiga  ko‘ra  imtiyozlar  chegirilgan  holda  mehnat  haqi  tarzidagi  daromadlar 

 
125 
summasi  sifatida  belgilanadi.  Yuridik  shaxslarga  jismoniy  shaxs  manfaatlarida  tovarlar 
(ishlar, xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to‘lash, shu jumladan: 

  sanatoriy-kurortlarda davolanish  yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va 
ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash; 

  yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlari; 

  soliq to‘lovchining manfaatlarini ko‘zlab tekinga, shu jumladan hadya shartnomasi 
asosida  berilgan  mol-mulk,  bajarilgan  ishlar  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  qiymati  -  soliq 
to‘lovchi  yuridik  shaxsdan  olgan,  YaIT  va  sug‘urta  badallari  solinadigan  ob’ekt  bo‘lib 
hisoblanmaydigan moddiy naf tarzidagi daromadlar hisoblanadi.  
Yagona  ijtimoiy  to‘lov  (YaIT),  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i 
(JShDS),  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasiga  fuqarolarning  sug‘urta  badallari 
(sug‘urta  badallari)  mehnatga  haq  to‘lash  jamg‘armasidan  kelib  chiqib  hisoblanadi. 
Ko‘pincha  korxonalarning  rahbarlari  soliq  yukini  kamaytirish  maqsadida  ta’til  berish, 
umumdavlat  bayramlari  chog‘ida  xodimlarni  rag‘batlantiradilar,  biroq  buyruqda  ushbu 
to‘lovlar  «moddiy  yordam»  deb  nomlanadi.  Soliq  kodeksi  (bundan  keyin  -  SK)  178-
moddasining 16-bandiga ko‘ra jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga: 
- vafot etgan xodimning oila a’zolariga  yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati 
bilan xodimga beriladigan
- mehnatda mayib bo‘lish, kasb kasalligi bilan kasallanish yoki sog‘liqqa boshqacha 
shikast etishi munosabati bilan xodimga beriladigan
- favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan
-  maqsadli  tusda  bo‘lgan  va  xodimlar  bilan  yuz  bergan,  shaxsiy  tusdagi  voqealar, 
hollar  va  tadbirlar  taqozo  etmagan  va  bajariladigan  ish  natijalari  bilan  bog‘lanmagan 
to‘lov tarzidagi; 
-  qishloq  xo‘jaligi  mahsuloti  yoki  uni  xarid  qilishga  mablag‘lar  berish  tarzidagi 
moddiy yordam kiradi. 
Ta’til,  umumdavlat  bayramlariga  pul  mablag‘lari  to‘lanishi  maqsadli  tusga  ega 
emas  va  xodimlar  bilan  yuz  bergan,  shaxsiy  tusdagi  voqealar,  hollar  va  tadbirlar  taqozo 
etmagan  hamda  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  rag‘batlantiruvchi  to‘lovlarga  kiradi.  Tegishincha, 
ularga YaIT solinadi va ulardan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari ushlanadi. 
 
MISOL.  MChJ  rahbariyati  2011  yil  8  martga  o‘z  xodimlarini  taqdirlashga  qaror 
qilib,  ularga  12  000  ming  so‘m  moddiy  yordam  to‘lash  to‘g‘risida  buyruq  chiqardi. 
Ushbu  summadan  YaIT  hisoblanmadi  va  sug‘urta  badallari  ushlanmadi.  Mazkur  holda 
25%lik stavka bo‘yicha 3 000 ming so‘m YaITni qo‘shimcha hisoblash va fuqarolardan 
540 ming so‘m badal (4,5%) ushlab qolish lozim. 
Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganida ham ta’tildan foydalanmaganlik 
uchun kompensatsiya to‘loviga YaIT va sug‘urta badallarini hisoblamaslik  yana  bir tez-
tez uchraydigan xatodir.  
Ba’zi korxonalar pensionerlarga qo‘shimcha haq to‘laydilar va ushbu summalardan 
YaIT  hamda  sug‘urta  badallarini  to‘lamaydilar.  Agar  pensioner  mazkur  korxonada  endi 
ishlamayotgan  bo‘lsa,  bu  to‘g‘ri  (SK  178-moddasining  18-bandi).  Biroq  agar  pensioner 
ishlasa,  vaziyat  boshqacha  tus  oladi.  Pensiya  va  nafaqalarga  qo‘shimcha  haqlar,  yuridik 
shaxs  mablag‘i  hisobidan  to‘lanadigan  stipendiyalar  mehnat  haqi  tarzidagi  daromad 
hisoblanadi  (SK 175-moddasining 15-bandi), shu bois ularga YaIT  va sug‘urta badallari 
hisoblanmaydi.  
2012  yil  1  yanvardan  boshlab  ish  beruvchi  bilan  mehnat  munosabatlarida  bo‘lgan 
va  mehnat  shartnomasi  bo‘yicha  ish  bajaradigan  jismoniy  shaxslarga  yoki  fuqarolik-

 
126 
huquqiy  tusdagi  shartnomalar  bo‘yicha  jismoniy  shaxslarga  to‘lanadigan  oziq-ovqat  va 
yo‘l  chiptalarining  qiymati  yoki  oziq-ovqat  va  yo‘l  chiptalarining  qiymatini  qoplash 
kompensatsiya  to‘lovlariga  kiritiladi  (SKning  174-moddasi),  ularga  YaIT  va  sug‘urta 
badallari  solinadi  (30.12.2011  yildagi  O‘RQ-313-son  Qonun  to‘rtinchi  moddasining  14, 
15-bandlari).  
Korxonangiz  xodimlari  va  ularning  oila  a’zolariga  profilaktoriy,  pansionat,  dam 
olish  zonasida,  shuningdek  xodimlarning  bolalariga  sog‘lomlashtirish  oromgohlarida 
berilgan  oziq-ovqat  ularning  qiymatiga  kirsa  ham,  yo‘llanmalar  moddiy  naf  tarzidagi 
daromadlarga kiradi hamda ularga YaIT va sug‘urta badallari solinmaydi.  
Xodimlarning davolanishga va sportchilarning yig‘inlar yoki musobaqalar o‘tkazish 
jo-yiga borishlariga to‘lanadigan yo‘l haqi ham moddiy naf tarzidagi daromadlarga kiradi 
hamda  ularga  YaIT  va  sug‘urta  badallari  solinmaydi,  chunki  mazkur  to‘lovlar  yo‘l 
chiptasi ham, ularning qiymatini qoplash ham hisoblanmaydi.  
Bolalarning  sog‘lomlashtirish  oromgohlarida  ishlaydigan  xodimlaringizning 
ovqatlanish  qiymatiga  haq  to‘lashga,  xodimlaringiz  bo‘lgan  sportchilarning  ovqatlanish 
qiymatini  qoplashga  esa  2012  yil  1  yanvardan  boshlab  YaIT  va  sug‘urta  badallari 
solinadi.  
Bundan  tashqari,  Soliq  kodeksining  179-moddasida  xodimlarning  siz  sanab  o‘tgan 
ba’zi  daromadlari  bo‘yicha  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘iga  doir 
imtiyozlar nazarda tutilgan.  
Sug‘urtalangan xodimlar (mehnat bitimlari bo‘yicha ishlayotganlarning hammasi 
shunday  xodimlardir),  tegishli  hollarda  esa  ularning  oilalari  ham  DIS  mablag‘lari 
hisobiga quyidagilar bilan ta’minlanadilar: 
nogiron  bolasini  tarbiyalayotgan  ishlovchi  ota-onaning  biriga  (vasiyga,  homiyga) 
bola  16  yoshga  to‘lgunga  qadar  qo‘shimcha  dam  olish  kuni  uchun  nafaqa  (1136-son 
Nizomning 85-bandi); 

 bola tug‘ilgandagi nafaqa; 

 yoshga  doir,  nogironlik  bo‘yicha  va  boquvchisini  yo‘qotgan  taqdirda  davlat 
pensiyasi; 

 dafn etishga nafaqa
Vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  hamda  homiladorlik  va  tug‘ish  nafaqalarining 
davlat  ijtimoiy  kafolatlari  sifatida  to‘lanishi  saqlanadi.  Biroq  2007  yil  1  yanvardan  ular 
DIS  mablag‘lari hisobiga  emas,  byudjet  tashkilotlari  tomonidan  -  mehnatga  haq  to‘lash 
jamg‘armasiga byudjet ajratmalari doirasida va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan - 
o‘z  mablag‘lari  hisobiga,  ko‘rsatilgan  xarajatlarni  foyda  solig‘ini  hisoblashda  soliq 
solinadigan  bazadan  chegirgan  holda  amalga  oshiriladi  (Soliq  kodeksining  141,  145-
moddalari). 
Nafaqalar quyidagilarga beriladi: 

 xodimlarga  -  ularning  ish  beruvchi  bilan  mehnat  munosabatlari  davrida  (bunga 
sinov vaqti va ishdan bo‘shatish kuni ham kiradi); 

 yuridik  shaxsni  tashkil  etmasdan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi 
jismoniy shaxslarga - ular sug‘urta badallari to‘laydigan davrda; 

 dehqon xo‘jaliklari a’zolariga - ular sug‘urta badallari to‘laydigan davrda. 
Pensiya jamg‘armasi shakllanishining boshqa elementlari ham bor: 
«Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi 
qonunining‘  15-  moddasiga  muvofiq  tayinlangan    mehnatda  jarohatlanganlik  yoki    kasb  

 
127 
kasalligi    oqibatida  nogiron  bo‘lganlarga  pensiya  to‘lash  xarajatlarini  qoplash  uchun 
regress  talablar  (da’volar)  bo‘yicha  ish  beruvchilar  va  fuqarolardan  undiriladigan 
mablag‘lar; 
«Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi 
qonunining    14-  moddasiga  muvofiq  muddatidan  oldin  tayinlangan  pensiyalarni  to‘lash 
xarajatlarini  qoplash  uchun  o‘tkaziladigan  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  va  aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi 
mablag‘lari; 
«Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi 
qonunining  12-moddasiga  muvofiq  tayinlangan    imtiyozli  pensiyalarni  to‘lash 
xarajatlarini  qoplash  uchun  o‘tkaziladigan  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar 
mablag‘lari; 
Hisoblangan  jarimalar  summalari,  qonun  hujjatlariga  muvofiq  soliq  organlarini 
rivojlantirish  jamg‘armasiga  undirilgan  summalaridan  tashqari,  sug‘urta  badallari  va 
ajratmalarning o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun penyalar; 
Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari
Pensiya  jamg‘armasiga  ajratmalarni  hisobga  olishda  quyidagi  schyotlardan 
foydalaniladi: 
4520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari»; 
6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar». 
4520-«Davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  bo‘nak  to‘lovlari»  schyotida  korxona  va 
tashkilotlar  tomonidan  Pensiya  jamg‘armasiga  hisobot  davrida  o‘tkazib  berilgan  bo‘nak 
to‘lovlari hisobga olinadi. 
Bu muomalaga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari» 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»; 
6520-«Davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  to‘lovlar»  schyotida  korxona  va 
tashkilotlar  tomonidan  Pensiya  jamg‘armasiga  to‘lanadigan  ajratmalar  haqidagi 
ma’lumotlar  umumlashtiriladi.  Pensiya  jamg‘armasiga  ajratmalar  hisoblanganida 
quyidagicha provodkalar beriladi: 
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari hisoblandi: 
D-t  0810-0890; 
K-t    6520-«Davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  to‘lovlar».  Xarajatlarga  tegishli 
sug‘urta to‘lovlari hisoblandi: 
D-t  2010, 2310, 2510, 9420; 
K-t  6520- «Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar». 
Xodimning ish haqidan ushlanadigan sug‘urta to‘lovlari hisoblandi: 
D-t 6710-«Xodimlar bilan mehnat haqi hisobidan hisoblashishlar»; 
K-t 6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar». 
Hisobot  davri  yakunida  Pensiya  jamg‘armasiga  ilgari  to‘langan  bo‘nak  to‘lovlari 
yakuniy  hisob-kitob  qilish  uchun  6520-»Davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  to‘lovlar» 
schyotiga o‘tkaziladi: 
D-t 6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar» 
K-t 4520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari». 
Shundan so‘ng Pensiya jamg‘armasiga bo‘lgan qarz to‘lovlari o‘tkazib beriladi: 
D-t 6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar»; 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». 

 
128 
Yagona  ijtimoiy  to‘lovni  va  sug‘urta  badallarini  hisoblab  chiqarish  hamda 
to‘lash  tartibi.  Yagona  ijtimoiy  to‘lov va  sug‘urta  badallari  har  oyda  soliq  solinadigan 
bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
Yagona  ijtimoiy  to‘lov  yuridik  shaxslarning  mablag‘lari  hisobidan  to‘lanadi, 
sug‘urta  badallari  esa  xodimlarning  ish  haqidan  ushlab  qolinadi  va  soliq  agentlari 
tomonidan o‘tkaziladi. 
Yagona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat 
soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan: 

 mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida hisobot 
davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik 
Moliyviy hisobot topshiriladigan muddatda; 

 mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar 
tomonidan - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil 
yakunlari bo‘yicha esa yillik Moliyviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. 
Bundan  tashqari,  2013  yil  1  yanvardan  boshlab,  soliq  organlariga  taqdim 
etiladagan soliq hisobotlari va boshqa ma’lumotlarni birlashtirildi. 
Jumladan,  yagona  ijtimoiy  to‘lov  bilan  fuqarolarning  byudjetdan  tashqari  Pensiya 
jamg‘armasiga  sug‘urta  badali,  shuningdek  byudjetdan  tashqari  Pensiya,  Yo‘l  hamda 
Ta’lim  va  tibbiyot  muassasalarini  rekonstruktsiya  qilish,  mukammal  ta’mirlash  va 
jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisobot shakllari birlashtirildi. 
Sug‘urta  badallarining  hisob-kitobi  soliq  bo‘yicha  hisobga  olish  joyidagi  davlat 
soliq  xizmati  organlariga  soliq  to‘lovchi  tomonidan  ortib  boruvchi  yakun  bilan  yilning 
har  choragida  hisobot  davridan  keyingi  oyning  25-kunidan  kechiktirmay,  yil  yakunlari 
bo‘yicha  esa  yillik  Moliyviy  hisobot  topshiriladigan  muddatda  taqdim  etiladi.  Yagona 
ijtimoiy  to‘lov  va  sug‘urta  badallarini  to‘lash  har  oyda,  keyingi  oyning  10-kunidan 
kechiktirmay amalga oshiriladi.  
 
 

 
129 
Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling