Toshkent moliya instituti “byudjet xisobi va davlat jamg’armalari” fakulteti


 Qishloq xo’jalik tarmoqlariga jalb qilingan investitsiyalarni lizing


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#205686
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
qishloq xojaligi tarmoqlarini rivojlanishida investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy yonalishlari

2.2. Qishloq xo’jalik tarmoqlariga jalb qilingan investitsiyalarni lizing 

kompaniyalari va tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish taxlili 

 



 

32 


Qishloq  xo’jaligida  faoliyat  yuritayotgan  tadbirkorlik  sub’ektlarining 

investitsiya  xarajatlarini  moliyalashtirishda  tijorat  banklarining  kreditlari  va 

lizing kompaniyalarining lizing kreditlari muhim o’rin tutadi. 

Qishloq  xo’jaligidagi  investitsiyalarni  moliyalashtirishning  muqobil  usuli 

lizingdir.  

1999 yil 14 apreldagi “Lizing to’g’risida”gi Qonunda lizingga quyidagicha 

ta’rif berilgan:  

Lizing – ijara munosabatlarining alohida turi bo’lib, bunda lizing beruvchi 

lizing  oluvchining  topshirig’iga  binoan  uchinchi  tomon,  haq  evaziga  egalik 

qilish  va  foydalanish  uchun  lizing  shartnomasida  belgilangan  shartlarda  berib 

qo’yish maqsadida mol – mulkni oladi

12



Lizingga  texnika  va  mexanizmlarni  olish  tartibi  sodda  bo’lib,  ijaraga 

oluvchi oldin zarur vositaga buyurtma beradi va shundan keyin mazkur vositalar 

uchun ma’lum bir miqdordagi haqni to’laydi. So’ng ijaraga beruvchi tomonidan 

ishlab  chiqarish  vositalari  ijaraga  oluvchiga  etkazib  beriladi  va  belgilangan 

muddat davomida ishlab chiqarish vositalari uchun ijara haqi to’lab turiladi. 

Lizingning  qishloq  xo’jaligi  korxonalari  uchun  afzalligi  quyidagilardan 

iborat: 

- lizingga  olinadigan  ob’ekt  qiymati  birdaniga  emas  balki,  bo’lib  –  bo’lib 

to’lanadi; 

- ishlab  chiqarishga  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalarni  jalb  etish 

hamda ishlab chiqarish ko’lami kengaytiriladi; 

- lizingga  beriladigan  mulk  qo’shilgan  qiymat  solig’idan  va  lizingga 

olinadigan  mulk  mol  –  mulk  ozod  etilganligi  lizing  ob’ektining  bahosini 

arzonlashtiradi. 

Tijorat  banklari  tomonidan  berilayotgan  imtiyozli  kreditlarning,  shu 

jumladan,  lizing  kreditlarining  foiz  stavkalarini  rasmiy  qayta  moliyalash 

stavkasiga bog’liq ravishda belgilanishi Markaziy bankka imtiyozli kreditlarning 

                                                 

12

 

O’zbekiston  Respublikasining  “Lizing to’g’risida”gi Qonuni. O’zbekistonning  yangi qonunlari. – Toshkent: 



Adolat, 1999. – B. 101. 

 



 

33 


foiz  stavkalariga  ta’sir  etish  imkonini  beradi.  Bu  esa,  o’z  navbatida,  foiz 

stavkalarining  barqarorligini  ta’minlash  nuqtai  –  nazaridan  muhim  ahamiyat 

kasb etadi.   

Shunisi  xarakterliki,  respublikamizdagi  lizing  kompaniyalari  tomonidan 

berilayotgan  lizing  kreditlarining  resurs  ta’minotini  shakllantirishda  xalqaro 

moliya-kredit  tashkilotlarining  moliyaviy  mablag’lari  muhim  o’rin  tutadi. 

Jumladan,  Jahon  banki  guruhi  a’zosi  bo’lgan  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi 

(XMK)  mamlakatimizdagi  investitsion  loyihalarni  moliyalashtirish,  kichik 

biznes  sub’ektlarining  faoliyatini  lizing  asosida  moliyalashtirishda  muhim  rol 

o’ynamoqda.  

  Lizing  operatsiyalarini  turkumlarga  ajratishda  amaliyot  uchun  zarur  yoki 

kerakli  bulgan  lizing  bitimlarining  turlarining  tanlashda  eng  avval,  lizingni 

ikkiyoqlama  tavsifini  etiborga  olmoq  zarur.  Uning  ikkiyoqlama  tafsifi 

qo’yidagilar bilan belgilanadi: 

-  Lizingni  tashkiliy  jihatdan  amalga  oshirishda  ijaraning  juda  ko’p 

elementlari ishtirok etadi yoki o’z tasirini ko’rsatadi; 

 - Lizing operatsiyalari moliyaviy jihatdan olib qaraganda uning mazmunida 

ko’p  jihatdan  operatsiyalar  bilan  o’xshashlik  mujassamlashgandir.  Shu  nuqtai 

nazardan  bu  jarayonga  kuzda  tutilgan  lizingni  xo’jalik  yurituvchi  subekt 

tomonidan  mablag’larni  jalb  etishning  o’ziga  xos  bo’lgan  orginal  shakli  sifatida 

talqin etish mumkin.  

Jahon amaliyotida lizingning turli xil shakllarda qo’llanilishi u bilan bog’liq 

bo’lgan  operatsiyalarning  keng  qo’llaniladigan  turlariga  asoslangandir.  Chizma 

qo’yidagicha. 

 

Lizingning asosiy turlari 



 

    


   

Moliyaviy 

Operativ 

Qaytariluvchan 




 

34 


 

 

Moliyaviy  lizing  lizingning  tarixiy  jihatida  tarkib  topgan  dastlabki  yoki 



birinchi  turi  bo’lib,  u  jahon  amaliyotida  yana  kapital  yoki  to’g’ri  lizing  nomi 

bilan ham malumdir. Bu lizinga xos bulgan tavsifiy xususiyatlar qo’yidagilardan 

iborat:  

1.  Moliyaviy  lizing  orkali  mol-mulk  ijaraga  olinganda  bu  mol  -  mulkka 

ijaraga beriluvchi tomondan hech qanday xizmat ko’rsatilmaydi. 

2. Moliyaviy lizing qo’llanilganda ijarani muddatdan oldin to’xtatishga yo’l 

qo’yiladi.  

3. Moliyaviy lizing to’liq amartizatsiyalashgan hisoblanadi. 

   Ana  shunday  tavsifiy  xususiyatlarni  moliyaviy  lizingga  xos  ekanligini, 

oqibat natija ijaraga beruvchi uchun mol-mulk sotib olish bilan bog’liq bo’lgan 

xarajatlarni  to’liq  qoplash  imkonini  beruvchi  ijara  haqqi  ijaraga  oluvchidan 

undirishga etarli iqtisodiy asos yaratadi. Moliyaviy lizing amalga oshishi uchun 

potentsial  hamkorlar  ananaviy  tarzda  malum  xarakatlarini  bajarmoqlari  lozim. 

Bajarishlari lozim bo’lgan bu xarakatlar qo’yidagilardan iborat: 

1.  Dastlab  mol  -  mulkni  ijaraga  oluvchi  xujalik  yurituvchi  subekt  o’ziga 

zarur  bulgan  texnikani  tanlaydi  va  shu  texnika  ishlab  chiqaruvchi  firma  bilan 

uning bahosi hamda uni etkazib berish muddatlari to’g’risidagi muzokaralar olib 

boradi.  Lekin  shu  o’rinda  shu  narsani  ta’kidlash    lozimki,  texnikani  sotib  olish 

bilan  bog’lik  bo’lgan  kontrakni  ijaraga  oluvchi    emas,  balki  bo’lgusi  ijaraga 

beruvchi - bank yoki lizing kompaniya imzolashi kerak.  

2.  Shundan  so’ng,  potentsial  ijaraga  oluvchi  zarur  texnikani  sotib  olish 

to’g’risidagi  mol  etkazib  beruvchi  bilan  ijaraga  beruvchi  o’rtasidagi  kelishuvni 

oxiriga etkazadi. Texnikani sotib olish bilan bir vaqtning o’zida ijaraga oluvchi 

ijaraga beruvchi bilan lizing to’g’risidagi bitimni imzolaydi.  

Har  ikkala  sub’ekt  o’rtasida  tuzilgan  bitimning  asosiy  shartiga  ko’ra 

ijarachi 

ijarador 

tomonidan 

texnikani 

sotib 


olishiga 

sarf 


etilgan 

investitsiyalarning  to’liq  amartizatsiyasi  buyicha  xarajatlarni  to’liq  qoplash 

majburiyatini  o’z  zimmasiga  oladi.  Moliyaviy  lizing  qo’yidagi  formulaga 



 

35 


asoslangan:  tezkorlik  va  moslashuvchanlik.  Xuddi  ana  shu  holat  tufayli 

moliyaviy  lizing  qo’yidagi  formulaga  eng  xilma-xil  lizingli  moliyalashtirish 

obektlariga talab taqdim etadigan o’zining keng mijozlari doirasida katta diqqat 

e’tiborga  sazovordir.  Tezkorlik  va  moslashuvchilik  bilan  bog’lik  bo’lgan 

moliyaviy  lizing  xususiyatlari  lizing  operatsiyalarining  dastlabki  bosqichdayoq 

namoyon bo’ladi. 

Lizing  operatsiyalarini  rasmiylashtirish  ishlab  chiqarish  vositalarini  sotib 

olishga mo’ljallangan o’zoq muddatli kreditni rasmiylashtirishga nisbatan ancha 

kam  xujjatlarni  talab  qilishni  alohida  takidlab  o’tish  juda  muhimdir.  Chunki 

kichik  va  o’rta  lizing  operatsiyalari  andozali  bitimlar  asosida,  yiriklari  esa 

individial kontraktlar asosida amalga oshiriladi. Xujjatlarning rasmiylashtirilishi 

tezkorligidan  tashqari  lizing  operatsiyalarining  ijobiy  tomonlaridan  yana  biri 

ijara  to’lovlarining  muddatini  investitsiyalarning  qoplanish  muddatiga 

muvofiklashtirilganligidir. 

Xalqaro  moliya  –  kredit  tashkilotlarining lizing kreditlarini  uzoq  muddatli 

ekanligi  va  imtiyozli  foiz  stavkalariga  egaligi  ularning  iqtisodiy  jozibadorligini 

oshirishga xizmat qiladi. 

Lizing xizmatlari o’zining kam chiqimliligi bilan ham ajralib turadi. Bank 

krediti  berilishida  bank  tomonidan  mijozning  kreditga  layoqatligi  chuqur  tahlil 

qilinadi. Lizing munosabatlarida esa lizingga oluvchi kompaniya faoliyatini juda 

chuqur  tahlil  qilish  shart  emas.  Asosan,  standart  shakldagi  lizing 

shartnomalaridan  foydalaniladi.  Bunday  qulayliklar  bir  vaqtning  o’zida  tahlil, 

ma’muriy  va  yuridik  xizmatlarga  chiqimni  kamaytiradi.  Shuning  uchun  ham 

unchalik  katta  bo’lmagan  kompaniyalar  uchun  lizing  nisbatan  arzon  resurs 

manbasi  bo’ladi.  Bunday  kompaniyalar  aktsiya  yoki  obligatsiya  orqali 

moliyalashtirilishiga  nisbatan  lizing  qulay,  bosqichma-bosqich  amalga 

oshiriladigan, kamchiqim vosita hisoblanadi.  

2013  yilda  asosiy  vositalar  bo’yicha  lizing  bitimlarida  qishloq  xo’jaligi 

vositalari  etakchilik  qilib,  butun  bitimlarning  37,5  foizini  tashkil  etgan. 

Avtotransport  vositalarini  lizingga  berish  bo’yicha  bitimlar  24,8  foizni, 




 

36 


ko’chmas  mulk  lizinggi  bo’yicha  bitimlar  16,3  foiz  va  texnologik  jihozlar 

bo’yicha lizing bitimlari 21,4 foizni tashkil etgan. 

2013  yil  ma’lumotlari  tahlil  qilinganda,  jami  99  ta  lizing  bozori 

ishtirokchisi  bo’lib,  shulardan  75  tasi  lizing  kompaniyalari  va  24  tasi  banklar 

ekanligini 

ko’rish 


mumkin. 

2013 


yilda 

lizing 


kompaniyalaridan 

O’zqishloqxo’jalikmashlizing kompaniyasi etakchilik qilib, 271,5 mlrd. so’mlik 

lizing bitimlarini amalga oshirgan. Banklar bo’yicha esa Asakabank 65,0 mlrd. 

so’mlik  lizing  bitimlarini  amalga  oshirib,  banklar  o’rtasida  etakchilikni  qo’lga 

kiritgan.  

2013  yilda  lizing  portfelining  YaIMdagi  ulushi  1,3  foizni  tashkil  etgan. 

Rivojlangan  davlatlarda  mazkur  ko’rsatkich  3  foizni  tashkil  etishini  inobatga 

olsak,  hali  lizing  xizmatlari  bozorini  yanada  rivojlantirish,    iqtisodiyotni 

modernizatsiyalashda  lizingning  rolini  keskin  oshirish  lozimligini  xulosa  qilish 

mumkin.  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 1997  yil 18  –  martdagi  PF-1737 

sonli  Farmoniga  asosan  respublika  Dehqon  va  qishloq  xo’jaliklari  uyushmasi 

qoshida  Dehqon  va  qishloq  xo’jaliklarini  qo’llab  –  quvvatlash  jamg’armasi 

tashkil  etilgan.  Jamg’armaning  asosiy  vazifasi  respublika  dehqon  va  qishloq 

xo’jaliklari uyushmasi a’zolarini qo’llab – quvvatlash hamda ularga imtiyozli va 

maqsadli kreditlar ajratish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatishdan iboratdir. 

Jamg’armaning  kredit  mablag’lari  dehqon  va  qishloq  xo’jaliklariga  ular 

faoliyatini 

tashkil 

etishda 


boshlang’ich 

sarmoyani 

shakllantirishga, 

dehqonchilikni, chorvachilikni rivojlantirishga, qishloq xo’jaligi  mahsulotlarini 

qayta  ishlovchi  kichik  korxonalar  tashkil  etishga,  qishloq  xo’jalik  texnikalari, 

mineral  o’g’itlar,  omixta  em,  urug’lik,  ko’chat  kabilarni  xarid  qilishga 

yo’naltiriladi. 

Qishloq xo’jaligiga boshlang’ich sarmoyaga ega bo’lishi uchun beriladigan 

kreditlar  aylanma  mablag’larni  shakllantirishga,  investitsiya  loyihalarining 

texnik  –  iqtisodiy  asoslarini  ishlab  chiqishga,  asbob  –  uskunalar  sotib  olishga 

yo’naltirilishi mumkin. 



 

37 


Moliyaviy  inqiroz  sharoitida  jahondagi  yirik  banklarning  to’lov  qobiliyati 

pasayishi,  kredit  stavkalarining  oshib  ketishi  boshqa  xo’jaligilar  kabi  qishloq 

tarmoqdagi  ishlab  chiqaruvchilarda  ham  mablag’  etishmasligi  muammosini 

keltirib  chiqarmoqda.  Mamlakatimizda  davlat  ehtiyojlari  uchun  etishtiriladigan 

asosiy qishloq xo’jalik ekinlariga ajratiladigan kreditlarning foiz stavkasi yillik 3 

foizni tashkil qiladi. Bu albatta, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. 

2007 yilning 13 – martida Moliya Vazirligi va Markaziy Bank tomonidan 

qabul qilingan 288-V sonli qarorga muvofiq “Qishloq xo’jaligi korxonalarining 

davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g’alla etishtirish xarajatlarini 

tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlangan. 

Ushbu  nizomga  ko’ra,  kreditlar  davlat  ehtiyojlari  uchun  xarid  qilinadigan 

paxta  xom  ashyosi  va  g’alla  qiymatining  60  foizigacha  (tayyorlov  korxonasi 

tomonidan bo’nak tariqasida etkazib berilgan urug’lik qiymatini inobatga olgan 

holda) miqdorida beriladi. 

Bunda  kreditlar  agrotexnik  tadbirlar  muddatidan  kelib  chiqqan  holda 

quyidagi tartibda ajratiladi: 

- paxta  xom  ashyosi  etishtirish  xarajatlarini  moliyalashtirish  uchun  hosil 

etishtirilayotgan yilning 1 yanvariga qadar paxta xom ashyosi qiymatining 10 % 

gacha,  1  apreliga  qadar  25  %  gacha,  1  iyuliga  qadar  50  %  gacha  va  1 

sentyabriga qadar 60 % gacha; 

- g’alla 

etishtirish 

xarajatlarini 

moliyalashtirish 

uchun 

hosil 


etishtirilayotgan  yilning  1  yanvariga  qadar  g’alla  qiymatining  35  %  gacha,  1 

apreliga qadar 50 % gachava 1 iyunga qadar 60 % gacha. 

Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin: 

- ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to’lash uchun; 

- mineral  o’g’it  va  o’simliklarni  kimyoviy  va  biologik  himoya  qilish 

vositalarini xarid qilish uchun; 

- yoqilg’i – moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun; 

- MTPlar,  muqobil  MTPlar  va  qishloq  xo’jalik  texnikasi  mavjud  bo’lgan 

boshqa xo’jalik sub’ektlarining xizmatlari uchun to’lovlarga; 



 

38 


- Lizingga  (moliyaviy  ijaraga)  berilgan  texnika  vositalarining  lizing 

to’lovlariga; 

- Suvdan 

foydalanuvchilar 

uyushmalari 

(SFU) 


xizmatlari 

uchun 


to’lovlarga; 

- Yagona er solig’i to’lovlariga (muddati o’tgan er solig’i). 

Shuningdek, paxta va g’alla etishtirish bilan bog’liq bo’lgan xo’jaliklarning 

boshqa  zaruriy  ehtiyojlari,  shu  jumladan,  sug’urta  mukofoti  uchun  to’lovlar 

amalga oshirilishi mumkin. 

Qishloq  xo’jalik  korxonalari  kredit  olish  uchun  ularning  asosiy  talab  qilib 

olinguncha  depozit  hisob  varag’iga  xizmat  ko’rsatayotgan  bankka  ariza  bilan 

murojaat etishadi. Arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinadi: 

- tayyorlov  tashkilotlari  bilan  tuzilgan  kontraktatsiya  shartnomalari 

nusxalari; 

- kreditga bo’lgan talabni aniqlash uchun tayyorlangan biznes – reja; 

- debitor - kreditor qarzlar to’g’risida ma’lumotnoma va moliyaviy natijalar 

to’g’risida hisobotlar va boshqalar. 

Kreditlar  qaytishini  ta’minlash  maqsadida,  bank  davlat  ehtiyojlari  uchun 

xarid  qilinadigan  paxta  xom  ashyosi  va  g’alla  etishtirishni  moliyalashtirish 

maqsadida  qishloq  xo’jalik  korxonalariga  berilgan  imtiyozli  kreditlar 

qaytarilishi bo’yicha o’zining tadbirkorlik xavfini sug’urta qilishi mumkin. 

Bank va qishloq xo’jaligi o’rtasida kredit shartnomasi imzolanib, u amalga 

kiritilgandan  keyin,  bank  qishloq  xo’jaligi  uchun  alohida  ssuda  hisob  varag’ini 

ochadi  va  undan  qarz  oluvchining  to’lov  topshiriqnomalari  asosida  faqat  naqd 

pulsiz shaklda to’lovlarni amalga oshirish yo’li bilan beriladi. 

Tijorat  banklari  tomonidan  kreditdan  foydalanishning  butun  muddati 

davomida  doimiy  monitoring  amalga  oshiriladi  va  u  qarz  oluvchi  tomonidan 

uning  loyihasi  va  kredit  shartnomasi  shartlarining  amalga  oshirilishiga  har 

tomonlama  ko’maklashishga  qaratilgan  bo’lishi  lozim.  Banklar  tomonidan 

monitoring  amalga  oshirilish  tartibi,  berilgan  kreditlar  boshqa  maqsadlarda 




 

39 


ishlatilgan  qarzdorga  nisbatan  qo’llaniladigan  javobgarlik  choralari  kredit 

shartnomasida belgilab qo’yilgan bo’lishi kerak.  

 

 



 

40 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling