Toshkent moliya instituti “byudjet xisobi va davlat jamg’armalari” fakulteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#205686
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi tarmoqlarini rivojlanishida investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy yonalishlari

9,0

8,1

8,5

8,3

8,2

8

7,5


8,0

8,5


9,0

2008 yil

2009 yil

2010 yil

2011 yil

2012 yil

2013 yil

2

O



’ZBEKISTONDA 2008-2013 YILLARDA YALPI ICHKI 

MAHSULOTNING O

’SISHI DINAMIKASI, foizda

 

1-diagramma. 



O’zbekistonda  2008-2013  yillarda  yalpi  ichki 

mahsulotning o’sishi dinamikasi, foizda. 

 



 

24 


Sanoat,  ijtimoiy,  yo‘l-transport  va  kommunikatsiya  infratuzilmasini  jadal 

rivojlantirish  va  texnologik  jihatdan  modernizatsiyalash  bo‘yicha  faol 

investitsiya siyosati amalga oshirilishi asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 

11,3  foizga  o‘sishini  ta’minladi.  Xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlar  hajmi  3 

milliard  AQSh  dollaridan  oshdi,  ularning  72  foizdan  ortig‘i  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

investitsiyalardir.  Investitsiya  dasturi  doirasida  umumiy  qiymati  2,7  milliard 

AQSh  dollariga  yaqin  bo‘lgan  150  ta  ishlab  chiqarish  loyihalarini  amalga 

oshirish tugallandi. 

Qishloq  xo’jalik  tarmoqlariga  jalb  qilinayotgan  investitsiyalarning 

miqdorini  va  dinamikasini  o’sishida  banklarning  roli  muhim  hisoblanadi  shu 

maqsadda bank  faoliyatini  yanada  barqarorlashtirish va  samaradorligini  yanada 

oshirish lozim bo’ladi. 

Mamlakatimiz qishloq xo’jaligini moliyalashtirishda banklarning faolligini 

oshirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 

1.  Qishloq  xo’jaligi  korxonalarini  banklar  tomonidan  kreditlash  hajmini 

oshirish  maqsadida  tijorat  banklarining  resurs  bazasini  mustahkamlash 

tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Buning uchun quyidagi aniq tadbirlarni amalga 

oshirish maqsadga muvofiqdir: 

a)  qishloq  xo’jaligini  kreditlash  bilan  shug’ullanayotgan  tijorat 

banklarining muddatli va jamg’arma depozitlarini majburiy zahira ajratmasidan 

ozod qilish yoki ularga nisbatan imtiyozli zahira stavkalarini joriy qilish lozim. 

Rivojlangan  xorijiy  davlatlar  bank  amaliyotida  majburiy  zahira  stavkalari 

depozitlarning  muddati  va  so’mmasiga  bog’liq  ravishda  tabaqalashtirilgan. 

Depozitlarning  so’mmasi  qanchalik  katta  va  muddati  qanchalik  qisqa  bo’lsa, 

ularga  nisbatan  shunchalik  yuqori  foiz  stavkasi  belgilanadi.  Masalan,  AQShda 

36,7  mln.  dollargacha  so’mmadagi  transaktsion  depozitlar  uchun  majburiy 

zahira  stavkasi  3%  qilib  belgilangan  bo’lsa,  36,7  mln.  dollardan  ortiq 

so’mmadagi  transaktsion  depozitlar  uchun  zahira  stavkasi  12%  qilib 

belgilangan.  Buning  natijasida,  tijorat  banklari  «qisqa  pullar»ni  balansda  yirik 

miqdorda saqlab turishdan manfaatdor bo’lmaydilar. Bu esa, «qisqa pullar» ning 




 

25 


tijorat  banklarining  likvidliligiga  nisbatan  favqulodda  yuzaga  keladigan  salbiy 

ta’sirini kamaytiradi.  

2.  Respublikamizning  yirik  tijorat  banklari  tomonidan  qishloq  xo’jalik 

korxonalariga beradigan faktoring kreditlarining hajmini oshirish lozim. 

Buning  natijasida  qishloq  xo’jalik  korxonalarining  debitor-kreditor 

qarzdorligini  sezilarli  darajada  qisqartirish,  ularning  pul  mablag’lariga  bo’lgan 

ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi.  

Xalqaro amaliyotda faktoring operatsiyalarining uch turi mavjud:  

1.    Debitor hisob raqamlarini ma’lum diskont asosida sotib olish.  

2.  Bank  tomonidan  korxonaning  sotish  hisobi  bo’yicha  barcha 

operatsiyalarning yuritilishi.  

3.  Tovar so’mmasini to’lovchining to’lovga qobilligidan qat’iy nazar to’liq 

to’lab berishga kafolat berish.  

Odatda, tijorat banklari tomonidan faktoring xizmati katta savdo oborotiga 

ega  bo’lgan  yirik  mijozlarga  ko’rsatiladi.  Faktoring  xizmati  uchun  banklar 

oladigan  komission  stavka  1,5  foizdan  2,5  foizgacha  bo’lgan  miqdorni  tashkil 

qiladi.  

Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan mijozlarga ko’rsatiladigan 

faktoring  operatsiyalari  moliyalashtirish  asosiga  ega  bo’lishi  yoki  bo’lmasligi 

mumkin.  

Moliyalashtirish asosiga ega bo’lgan faktoring operatsiyalarida tijorat banki 

mijozdan  tovarlar  bilan  bog’liq  hujjatlarni  tovar  so’mmasining  80-90  foizini 

birdan  to’lash  yo’li  bilan  sotib  oladi.  Tovarlarning  qolgan  10-20  foizi  alohida 

hisob  raqamida  deponentlanadi.  Ushbu  so’mma  sotib  oluvchi  tomonidan 

tovarning  sifati  yoki  bahoci  yuzasidan  norozilik  holatlari  yuzaga  kelganda 

ishlatilishi mumkin.  

Moliyalashtirish asosiga ega bo’lmagan faktoring operatsiyalarida sotuvchi 

bank orqali sotib oluvchiga to’lov hujjatlarini jo’natadi.  




 

26 


Bankning  mijozlari  uchun  moliyalashtirish  asosiga  ega  bu  faktoring 

operatsiyalari  katta  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki,  bunda  tovarlar  uchun 

to’lov so’mmasining asosiy qismini birdan undirish imkoni yuzaga keladi.  

Tijorat banki debitor qarzni diskontlagani uchun mijozdan quyidagi turdagi 

to’lovlarni undiradi:  

a) komission to’lov;  

b) kredit uchun foiz;  

Kredit  uchun  foiz  so’mmasi  kredit  berilgan  vaqtdan  boshlab  to  xaridor 

tomonidan  to’lov  so’mmasini  kelib  tushguniga  qadar  bo’lgan  davrga 

hisoblanadi.  

Hozirgi  vaqtda,  rivojlangan  xorijiy  davlatlarda,  xususan,  AQSh  va 

Yaponiyada  yirik  tijorat  banklari  nafaqat  o’z  mijozlari  bo’lgan  korxonalarga, 

balki  korrespondent  banklariga  ham  keng  ko’lamda  faktoring  xizmatlarini 

ko’rsatmoqda.  Bu  esa,  faktoring  operatsiyalarining  yirik  banklar  uchun  yuqori 

daromad keltiruvchi operatsiya ekanligidan dalolat beradi.  

Tijorat banklari ham, o’z navbatida, mol etkazib beruvchi va sotib oluvchi 

korxonalarni  bitta bankda bo’lishidan  manfaatdordirlar.  Buning  boisi  shundaki, 

birinchidan,  bank  sotib  oluvchining  to’lovga  layoqatliligini  baholash  uchun 

zarur ma’lumotlarga ega bo’ladi. Agar sotib oluvchi boshqa bankda bo’lsa, mol 

etkazib  beruvchining  banki  zarur  ma’lumotlarning  tegishli  qismini  sotib 

oluvchining  bankidan  olishga  majbur  bo’ladi.  Lekin  amaliyotdan  ma’lumki, 

ayrim  hollarda  boshqa  bankdan  olingan  ma’lumotlar  real  voqelikni  aks 

ettirmaydi  yoki  to’liq  bo’lmaydi.  Ikkinchidan,  bank  uchun  hisob-kitob  riskini 

kamaytirish imkonini beradi. Buning boisi shundaki, bank sotib oluvchining pul 

oqimi  to’g’risida  etarli  ma’lumotlarga  ega  bo’lgan  taqdirdagina  to’lovni  o’z 

vaqtida  amalga  oshirilishini  rejalashtirishi  mumkin.  Amaliyotda  shunday 

holatlar bo’ladiki, to’lovga qobil korxonada ham ma’lum davriy oraliqlarda pul 

oqimining zaiflashuvi kuzatilishi mumkin. Bu esa, soliq siyosatining o’zgarishi, 

ba’zi  kreditlarining  foiz  stavkalarining  oshishi  yoki  korxona  sotib  olayotgan 

tovarlar  va  xom-ashyolar  bahosining  ko’tarilishi  natijasi  bo’lishi  mumkin. 




 

27 


Natijada,  pullik  talablarni  o’z  vaqtida  undirilmaslik  holatlari  yuzaga  kelishi 

mumkin. Chunki, mazkur mamlakatlarda to’lovlarning maqsadli ketma-ketligini 

qo’llanilishi  korxonalarning  pul  oqimini  barqarorligiga  salbiy  ta’sir  qiladi. 

Bunda birinchi navbatda ish haqi va davlat byudjeti oldidagi to’lovlar to’lanadi. 

Demak,  korxonalarda  ish  haqi  siyosatining  o’zgarishi  va  hukumat  soliq 

siyosatining  o’zgarishi  korxonalardagi  pul  oqimining  o’zgarishiga  va  pul 

oqimini  prognozlash  jarayoniga  bevosita  ta’sir  qiladi.  Rivojlangan  xorijiy 

mamlakatlarning  xo’jalik  amaliyotida  esa,  to’lovlarning  kalendar  ketma-ketligi 

qo’llaniladi. Bunda bankka birinchi kelib tushgan to’lov hujjati bo’yicha to’lov 

amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  ham,  bank  to’lovlar  darajasini  prognozlash 

imkoniga  ega  bo’ladi.  Ana  shu  prognoz  asosida  faktoring  kreditlarini  va  pullik 

talablarni qaytarish davri aniqlanadi.  

3. 

Tijorat 


banklari 

tomonidan 

qishloq 

xo’jalik  korxonalarini 

moliyalashtirishda kreditlash shakllaridan to’liq foydalanishni ta’minlash lozim. 

Kreditlash  shakllaridan  to’liq  foydalanish  bank  kreditlaridan  qishloq 

xo’jalik  korxonalarining  faoliyatida  foydalanish  samaradorligini  oshirish 

imkonini beradi. 

4.  Qishloq  xo’jalik  korxonalariga  tijorat  banklari  tomonidan  hisob-kitob 

xizmati ko’rsatishni takomillashtirish lozim. 

Buning  uchun,  avvalo,  qishloq  xo’jaligi  korxonalarining  to’lov 

operatsiyalarini  amalga oshirish  jarayoniga  banklarning orderli  cheklarini  joriy 

qilish  lozim.  Banklarning  orderli  cheklari  qishloq  xo’jalik  korxonalarining 

kreditor  qarzdorligini  sezilarli  darajada  qisqartirish,  aylanma  mablag’larni 

to’ldirish  maqsadida  jalb  qilinadigan  bank  kreditlari  miqdorini  kamayirish 

imkonini beradi. Shu bilan birga, islohotlarni amalga oshirish jarayonida paydo 

bo’layotgan  bir  qator  muammolar  ham  mavjudki,  ularni  bartaraf  etish, 

paxtachilik  xo’jaliklarining  iqtisodiy  baquvvat  xo’jalik  yuritish  sub’ektlariga 

aylanishiga imkon yaratadi.  

Qishloq  xo’jaliklarini  investitsiyalash  quyidagi  asosiy  manbalar  hisobidan 

amalga oshiriladi: 



 

28 


- respublika byudjeti; 

- korxona va aholining mablag’lari; 

- bank kreditlari; 

- xorijiy investitsiyalar va kreditlar; 

- byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari va boshqalardan iborat. 

Endi    “Baxromov  Sherbek”  fermer  xo’jaligi  iqtisodiy  faoliyati  to’g’risida 

ma’lumotlarga e’tibor qaratamiz. 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling