Toshkent moliya instituti “byudjet xisobi va davlat jamg’armalari” fakulteti


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#205686
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
qishloq xojaligi tarmoqlarini rivojlanishida investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy yonalishlari

 

 

 

 


 

18 


1.3.  Qishloq  xo’jalik  tarmoqlarini  investitsiyalash  bo’yicha  xorij 

tajribasi 

 

Iqtisodiyoti 



rivojlangan 

mamlakatlarning 

investitsiya 

bozorini 

boshqarishdagi  ko’p  tajribalari  1929  -  1932  yillarga  to’g’ri  keluvchi  Buyuk 

depressiya  davri  nomini  olgan  vaqtdan  boshlangan.  Shuningdek,  G’arbiy 

Evropaning  urushdan  keyingi  yillarda  olib  borgan  investitsiya  siyosatidagi 

tajribasi ham ahamiyatlidir. 

Qayd etish kerakki, iqtisodiyotning real tarmoqlariga, shu jumladan qishloq 

xo’jaligiga kapital qo’yilmalarni kiritishni davlat tomonidan tartibga solish usul 

va uslublari ham iqtisodiy, ham boshqaruv tabiatiga ega. Masalan, AQShda 2 – 

jahon  urushi  yillarida  qishloqlarga  qishloq  xo’jalik  texnikasi  ma’lum  normalar 

asosida  taqsimot  qilingan;  shu  yillarda  dunyoning  ko’plab  mamlakatlarida oziq 

–  ovqat  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchilarning  daromad 

ko’rsatkichlari qattiq nazorat ostiga olingan. 

Hozirgi 


vaqtda 

investitsiya 

bozori 

davlat 


tomonidan 

quyidagi 

yo’nalishlarda  tartibga  solinadi:  a)  daromadlarni  qayta  taqsimlash;  b)  YaIM 

strukturasiga  ta’sir  qilish  maqsadida  resurslar  taqsimotini  korrektirovka  qilish; 

v) iqtisodiyotni barqarorlashtirish.

10

 



Agar  daromadlarni  qayta  taqsimlash  orqali  qishloq  xo’jaligining 

investitsiya  jamg’armasini  tashkil  etuvchi  daromadlarning  minimal  darajasini 

hosil  qilish  imkoniyati  tug’ilsa,  narxlar  darajasini  ushlab  turish,  ya’ni  narx  – 

navo  siyosati  vositasida  qishloq  daromadining  oshishi  qo’llab  –  quvvatlanadi, 

shuningdek,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarining  bozordagi  taklifi  oshadi. 

Resurslar  taqsimotidagi  davlat  siyosati  qishloq  xo’jalik  mahsuloti  ishlab 

chiqaruvchilariga  kapital  bozorida  ularga  maqbul  shartlarda  ishtirok  etishning 

makroiqtisodiy  sharoitlarini  yaratib  beradi.  Davlat  ushbu  masalani  hal  etishi 

uchun katta institutsional “maydon”ga aylanishi kerak. Bunda davlat fond bozori 

                                                 

10

 Zinchenko A.P. Selskoxozyaystvennie predpriyatiya: ekonomiko-statisticheskiy analiz / A.P. Zinchenko. – M.: 



Finansi i statistika, 2002. – 160 s. 

 



 

19 


institutlarining  faoliyatini  boshqarishdan  tortib  zahira  –  ombor  masalalari  va 

boshqalar yuzasidan ish olib borishgacha bo’lgan amallarni bajaradi.  

Turli 

manbalardagi 



ma’lumotlarga  tayanib,  qishloq  xo’jaligidagi 

investitsiya faoliyatini boshqarishning quyidagi 2 ta zamonaviy modelini ajratib 

ko’rsatish mumkin: 1) AQSh modeli; 2) Evropa modeli. 

Qishloq  xo’jaligidagi  investitsiya  faoliyatini  boshqarishning  Amerika 

modeli  AQSh  va  Kanada  davlatlari  uchun  xos  bo’lib,  qishloq  xo’jalik 

mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchilarni  qo’llab  –  quvvatlashda  ular  uchun  eng 

maqbul  shart  –  sharoitlarni  ta’minlash  kontseptsiyasiga  asoslangan.  Masalan, 

AQSh  federal  byudjetidan  qishloq  xo’jaligiga  ajratiladigan  assignatsiyalar 

to’g’ridan – to’g’ri pul to’lovi ko’rinishida amalga oshiriladi: imtiyozli kreditlar, 

qishloqlarga  investitsiyalar  uchun  soliq  imtiyozlari,  kredit  qaytarish 

muddatlarini  uzaytirish  va  b.  q.  Bunda  davlat  kreditlash  sistemasi  qishloqlarga 

tijorat banklari va sug’urta kompaniyalari tomonidan berilgan jami ssudalarning 

yarmidan  ko’proq  qismini  egallaydi.  Qishloq  sektorga  yo’naltiriladigan 

moliyaviy vositalar ta’minlangan moliyaviy qo’yilmalar dasturi orqali ajratiladi.  

Amerika qishloqi davlat tomonidan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha qo’llab 

– quvvatlanadi:

11

  

1.  Mahsulot  ishlab  chiqarishga  to’g’ridan  –  to’g’ri  subsidiyalar  (bug’doy, 



soya,  kungaboqar,  qand  lavlagi  va  boshqa  mahsulotlar  etishtirish  uchun)  va 

qishloqlar daromadini ko’tarish uchun davlat xarajatlari – 25,2 mlrd.doll. 

2. Davlat sug’urtasi uchun – 17 mlrd. doll. 

3. Kichik biznes va kooperativlarni qo’llab quvvatlash dasturi uchun – 1.2 

mlrd. doll. 

AQShda qishloq xo’jaligidagi investitsiya jarayonlari soliqqa tortish tizimi 

orqali  ham  boshqariladi.  Soliq  tizimidagi  imtiyozlar  qishloq  xo’jaligidagi 

mahsulotni ishlab chiqarishni rivojlantirishga, samaradorligini oshirishga, erning 

hosildorligini  oshiruvchi  muhitni  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Masalan, 

qishloqlar  uchun  daromad  solig’i  boshqa  ishlab  chiqaruvchilarnikidan  farqli 

                                                 

11

 http://www.planetadisser.com sayti ma’lumotlari 




 

20 


o’laroq,  real  daromadlar  olingandan  keyingina  hisoblanadi,  boshqa  biznes 

turlarida  esa  moliyalashtirish  rejasidayoq  ko’zda  tutiladi.  Qishloqlar  olingan 

daromadidan  barcha  joriy  xarajatlarni,  xattoki  ular  mahsulot  ishlab  chiqarishga 

bevosita  bog’liq  bo’lmasa  ham,  chegirib  tashlash  huquqiga  ega  bo’lib,  ushbu 

yo’l  bilan  ular  haqiqiy  (sof)  daromadning  miqdorini  belgilab  oladilar. 

Qishloqlarning  soliqqa  tortiladigan  daromadlari  miqdorini  minimallashtirish 

maqsadida  ularga  ba’zi  bir  xil  turdagi  qo’yilmalarni  ishlab  chiqarish  vositalari 

sifatida  hisoblab  (chorva  mollari bosh sonini  oshirish uchun  qoramollarni sotib 

olish,  vino  mahsulotlari  olinuvchi  ekinlarni  ko’paytirish  va  tabiatni  muhofaza 

qiluvchi  tadbir  xarajatlari  uchun)  joriy  xarajatlar  tarkibiga  kiritish  va  yil 

davomida  ularni  butunlay  o’chirib  yuborishga  ruxsat  etiladi.  Melioratsiya 

xarajatlari,  er  va  suv  resurslarini  himoya  qilish  va  qoramollarni  boqish 

xarajatlari  soliqqa  tortilmaydi  hamda  daromadning  umumiy  miqdori  o’sishini 

ta’minlaydi.  Qishloq  xo’jaligidagi  investitsiya  bozorini  boshqarishning  davlat 

siyosati  ipotekali  moliyalashtirish  shakllangan  vaqtlarda,  ayniqsa  jadal 

rivojlandi. Mazkur siyosat tarkibiga quyidagilar kiradi: 

–  qishloq  xo’jaligidagi  ipoteka  kreditlarining  qaytarilmaslik  xatarini 

ta’minoti bo’lgan qimmatbaho qog’ozlarning jozibadorligini oshirish; 

–  qishloq  xo’jaligiga  institutsional  investorlarning  o’zoq  muddatli 

qo’yilmalarini kiritish; 

–  ipoteka  kreditlari  bilan  ta’minlangan  qimmatbaho  qog’ozlar 

muomalasining mexanizmi; 

–  qishloq  xo’jaligidagi  ipoteka  qog’ozlarini  emissiya  qilish  va  sotish 

vositasida  ish  olib  boruvchi  birlamchi  kreditorlarni  qayta  moliyalash,  bu 

ularning bozordagi likvidligini oshirish imkonini beradi. 

Qishloq  xo’jaligidagi  kapital  oqimlarini  boshqarish  natijalarining 

ahamiyatli  qirrasi  samarali  investitsiya  yig’imi  va  jamg’armasi  sistemasining 

vujudga  kelishi  bilan  namoyon  bo’ladi.  Investitsiya  jamg’armasi  va  moliyaviy 

resurslar transformatsiyasida, ya’ni “uzun” pullarda asosiy vazifa mamlakatning 

salohiyatidan  kelib  chiqadi.  Mamlakatdagi  investitsiya  faoliyatini  rivojlantirish 




 

21 


resurslarni  u  yoki  bu  xo’jaligiga  to’g’ri  yo’naltirish  bilan  xarakterlanadi.  Bu 

qishloq  xo’jaligini  rivojlantirishga  mo’ljallangan  turli  maxsus  fondlarni  tashkil 

qilish  va  shakllantirish  imkonini  beradi.  Masalan,  Bozorni  quvvatlash  Fondi 

orqali  AQSh  qishloqlarining  xarid  qobiliyatini  qo’llab  –  quvvatlashga  1  mlrd. 

doll. atrofida mablag’ sarf etilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, AQShda qishloq 

xo’jaligiga  aloqador  fondlar  o’z  faoliyatlarini  amaldagi  imtiyozli  soliq  tizimi 

doirasida  amalga  oshiradilar.  AQSh  hukumatining  qishloq  xo’jaligidagi 

investitsiya  faoliyatiga  oid  siyosati  ko’p  qirrali  bo’lib,  bunda  boshqaruv 

birliklari – shtatlarini boshqarish metodlari va usullarining darajasi ham alohida 

ahamiyatga  egadir.  Shtatlar  boshqaruvining  nizomida  qishloq  xo’jaligini 

iqtisodiy  jihatdan  rag’batlantirishning  moliyaviy  va  nomoliyaviy  dastaklari 

belgilangan bo’lib, ular orasida investorlarga beriladigan nomoliyaviy imtiyozlar 

katta ahamiyatga egadir: 

– er uchastkalarini tekin yoki past narxlarda taqdim etish; 

– infrastrukturaning imtiyozli ta’minoti; 

– loyihaviy – tadqiqot ishlarini olib borish uchun yordam; 

– ishchi kuchini tayyorlash; 

– xo’jaligida axborot xizmati ko’rsatishni qo’llab – quvvatlash. 

Yuqoridagi  nomoliyaviy  dastaklar  qishloq  iqtisodiyotdagi  kapital  oqimini 

to’liq barqarorlashtira olmaydi, shuning uchun qishloq biznesni olib borishning 

aniq shartlarini belgilab olish talab etiladi.  

Qishloq  xo’jaligidagi  investitsiya  faoliyatini  boshqarishning  amerika 

modeliga  xos  bo’lgan  boshqa  ba’zi  qirralarni  AQShga  qo’shni  bo’lgan  Kanada 

davlatining tajribalarida ko’rish mumkin. Kanadaning tabiiy – iqlimiy, iqtisodiy 

shart  –  sharoitlari  qishloq  xo’jaligini  boshqarishda  agrobiznesdagi  kapital 

oqimini barqarorlashtirishga qaratilgan bo’lib, bu qishloq xo’jalik mahsulotlarini 

raqobatbardoshligini  va  ichki  bozorda  xaridorgirligini  ta’minlaydi.  Yaqin 

vaqtlargacha Kanadadagi qishloq bozorni boshqarishning asosiy jihati kapital va 

mahsulotni joylashtirish chegarasining mamlakat regionlari o’rtasida o’rnatilishi 

hisoblanardi.  Hozirgi  vaqtda  Kanadada  huquqiy  –  qonuniy  asoslarning  qabul 




 

22 


qilinishi  bilan  yagona  investitsiya  muhiti  vujudga  kelib,  kapital  va  mahsulotni 

mamlakatning  barcha  regionlarida  harakatlanishining  universal  qoidalari 

o’rnatildi.  Yagona  investitsiya  muhiti  kanadalik  qishloqlarni  ularning  asosiy 

raqobatchilari  bo’lgan  AQSh  qishloqlari  bilan  raqobatbardoshligini  o’sishini 

ta’minlaydi.  Kanadaning  qishloq  xo’jaligi  xo’jaligisidagi  siyosatining  asosiy 

xususiyati  shundan  iboratki,  hukumat  oziq  –  ovqat  va  qishloq  xo’jalik 

mahsulotlari  savdosini  boshqarishni  to’g’ridan  –  to’g’ri  emas,  balki  bevosita 

ishlab  chiqaruvchilar  assotsiatsiyasi  va  kooperativ  uyushmalari  orqali  amalga 

oshirganligidadir. O’z navbatida ular orqali davlat subsidiya va dotatsiya berish 

bilan, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining kreditlarini davlat 

kafilligi bilan ta’minlagan.  


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling